Dastur haqida
Yo'nalish to'g'risida ma'lumot
Mazkur yo‘nalish O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Bu yo‘nalishda tahsil olganlar dunyo dinlari tarixi, ular bilan bog‘liq jarayonlar, dinning inson hayotining turli jabhalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvi, jahon dinshunosligi, dinlardagi oqimlar va sektalar, kibermakondagi diniy jarayonlar, diniy-falsafiy ta’limotlar kabi sohalar bo‘yicha akademik bilimga ega bo‘ladilar.
Dinshunoslik yo‘nalishi dinlarning paydo bo‘lishi tarixi, yozma manbalarni o‘rganishga va ta’lim muassasalarida dars berishga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
|
Kredit |
Jami soat |
Auditoriya soati |
Kurs ishi |
Malakaviy amaliyot |
Mustaqil ta’lim |
||||
|
Jami |
Ma’ruza |
Amaliy |
Laboratoriya |
Seminar |
|||||
|
240 |
7200 |
3180 |
780 |
660 |
30 |
750 |
3 |
450 |
4020 |
1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
GPA ko‘rsatkichi har yili avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.
Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablari, moslanuvchanligi va harakatchanligini ta’minlovchi fanlar majmuasidan belgilanadi.
O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 % gacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.
O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta'lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta’lim soatlari hisobidan I kredit asosida bajariladi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestr |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
120 |
1-8 |
|
Attestatsiyalar |
15 |
2, 4, 6, 7 |
|
Fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish |
16 |
1-8 |
|
Amaliyot |
5 |
8 |
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
5 |
1, 2, 4, 6 |
|
Ta’til haftalari |
3 |
2, 4, 6 |
|
GPA ko‘rsatkichini hisoblash |
40 |
1-8 |
|
Jami |
204 |
|
TA’TIL VAQTI:

O'xshash dasturlar
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili
19 023 920 so'm
yiliga · ≈ $1,615
Innovatsion texnologiyalar universiteti
Tarix
14 400 000 so'm
yiliga · ≈ $1,223
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Soliqlar va soliqqa tortish
16 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,358
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti
14 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,189
Is'hoqhon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Fransuz tili
10 462 000 so'm
yiliga · ≈ $888
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Xitoy tili
18 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,528