专业介绍
TA’LIM DASTURI HAQIDA
Ta`lim yo`nalish nomi: 7011101-“Ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi ”
Ta`lim yo`nalishi tavsifi:
Ushbu ta’lim dasturi orqali pedagogik fikrlar taraqqiyotida ma’naviyat va tarbiyaning ahamiyati, ma’naviy va ma’rifiy sohaning shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini, o‘zbek va jahonda olimlarining ta’lim va davlatchilik haqidagi qarashlarini tahlil qilish, sharq va g‘arb ma’naviy qarashlarining shakllanishi va rivojlanishi hamda falsafiy ahamiyatini o‘rganish, pedagogik metodologiyani o‘zlashtirish: ilmiy tadqiqot olib borish metodlari, tarixiy manbalar va bugungi zamon pedagogikasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlay olish, zamonaviy ta’lim konsepsiyalarini o‘rganish: ta’limda innovatsion yondashuvlar, ilg‘or texnologiyalar va kompetensiyaviy yondashuvlar haqida va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqish malakasini shakllantiradilar.
Siz 2 yil davomida “Ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)” ta’lim yo’nalishi bo’yicha ko’plab nazariv va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lasiz. Eng yangi va zarur bo’lgan fanlarni o’zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko’zlagan maqsadingizga erishing.
Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida jami: 120 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan
Jami auditoriya soati: 1800 soat
Ilmiy faoliyat: 1800 soat
|
Haftalar soni |
Semestrlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
|
Nazariy va ilmiy faoliyat |
82 |
1 – 4 |
Magistrlik dissertatsiya ishini himoya qilish |
|
Malakaviy amaliyot |
4 |
2 |
|
|
MD tayyorlash |
10 |
1-4 |
|
|
Attestatsiya |
8 |
1 – 4 |
|
|
Ta’tillar |
18 |
1 – 4 |
|
|
Jami |
122 |
|
|
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- Magistrant bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
7011101-Ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari) ta’lim sohasidagi muttaxasislik bo‘lib, oliy ta’lim muassasalarida mutaxassisikka oid fanlarni o‘qitish, ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug’ullanish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazlari, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish, shuningdek pedagoglarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari, bilim va malakalarni baholash agentligi, ta’lim markazlari kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
|
№ |
Fan nomi |
|
1-bosqich |
|
|
1 |
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi |
|
2 |
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta’lim tizimidagi islohotlar |
|
3 |
Oliy va professional ta’limda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi |
|
2-bosqich |
|
|
4 |
Sharq va g‘arb ma’naviyati |
|
5 |
Kasbiy ma’naviyat |
|
6 |
Ma’naviyat va din |
相似专业
Samarqand state pedagogical institute
研究领域:应用数学
12 052 240 so'm
每年 · ≈ $1,021
俄罗斯国立赫尔岑师范大学塔什干分校 (Èluósī guólì hè'ěrcén shīfàn dàxué tǎshígàn fēnxiào)
44.04.01 — 教师教育。小学教育过程质量管理
20 000 000 so'm
每年 · ≈ $1,694
以尼扎米命名的乌兹别克斯坦国立教育学院
外语与文学:英语
—
新时代大学
教育中的信息技术
21 000 000 so'm
每年 · ≈ $1,778
新时代大学
教育学理论与历史 (Jiàoyùxué lǐlùn yǔ lìshǐ)
21 000 000 so'm
每年 · ≈ $1,778
奇尔奇克国立师范大学
精确与自然科学教学法(数学)
12 062 720 so'm
每年 · ≈ $1,021