“O‘zbekneftgaz” AJ “Boshqaruv raisi stipendiyasi”
Filiale der Staatlichen Russischen Gubkin-Universität für Erdöl und Erdgas (Nationale Forschungsuniversität) namens Iwan Michailowitsch Gubkin in TaschkentFür wen
Очное
“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisining stipendiyasi kunduzgi bo‘lim talabalariga fuqaroligidan qat’i nazar, ta’lim, ilmiy va ijtimoiy faoliyatdagi muvaffaqiyatli natijalari, O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi hisobga olingan holda beriladi.
Ushbu stipendiya O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida belgilanadi va oxirgi ikki sessiyani a’lo baholarga topshirgan talabalarga uchinchi kursdan boshlab boshqa stipendiyalar olishidan qat’i nazar to‘lanadi.
“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisining stipendiyalari har bir o‘quv yili uchun har bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 1-sentabrdan boshlab 1 yil muddatga har oyda uch nafar talabagacha bo‘lgan miqdorda to‘lanadi.