WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

О программе

70410801-Menejment magistratura dasturi talabalarda zamonaviy boshqaruv, iqtisodiyot va xalqaro biznes sohalarida amaliy va tahliliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Dastur doirasida talabalar:

  • xalqaro iqtisodiy jarayonlar va ularning mamlakatlar rivojiga ta’sirini tahlil qilish;
  • tashkilot va korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish;
  • zamonaviy boshqaruv va strategik qarorlar qabul qilish;
  • tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish va inson resurslarini samarali boshqarish;
  • bank, moliya va xizmat ko‘rsatish sohalarida menejment tamoyillarini qo‘llash;
  • boshqaruvning turli darajalarida vakolat va mas’uliyatni samarali taqsimlash;
  • raqamli va innovatsion yondashuvlar asosida biznes jarayonlarini takomillashtirish;
  • tadbirkorlik loyihalarini ishlab chiqish va boshqarish;
  • ilmiy-tadqiqot va axborot-tahliliy faoliyat olib borish

bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Kasbiy faoliyat turlari

Dastur bitiruvchilari quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritishlari mumkin:

  • Tashkiliy va boshqaruv faoliyati
  • Biznes, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
  • Axborot-tahliliy faoliyat
  • Ilmiy-tadqiqot faoliyati
  • Tadbirkorlik va innovatsion faoliyat

Dastur xorijiy talabalar uchun xalqaro biznes, zamonaviy menejment, moliya va tadbirkorlik muhitida ishlash hamda global iqtisodiy jarayonlarni tushunishga yo‘naltirilgan.

Похожие программы