WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farg‘ona davlat universiteti

Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili

Bakalavr Kechki 4.5 yil

Dastur haqida

60230100 — Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kechki ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi.

60230100 — Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavrlarning kasbiy faoliyat sohasi filologiya va tillarni o‘qitish bo‘yicha fanlarni tashkil etish, ularni ta’lim muassasalarida joriy etish, ingliz tilini o‘rgatish va o‘rganish, o‘rganilayotgan tilni kundalik va kasbiy faoliyatda qo‘llash, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasini o‘zlashtirish va amaliyotga joriy etish, talabalarda chet tili bo‘yicha kommunikativ va lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy ishlar yozish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ilmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bilan bog‘liq kasbiy faoliyatlar majmuasini qamrab oladi.

O'xshash dasturlar