Bakalavriat va magistratura
Bakalavriat
Bakalavriat — bu to'rt yil davom etadigan oliy ta'limning birinchi bosqichi bo'lib, talabalarga tanlangan yo'nalish bo'yicha nazariy va amaliy bilim berishga qaratilgan. Bakalavr dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar davlat attestatsiyasi natijasiga ko'ra “bakalavr” darajasiga ega bo'ladilar hamda davlat namunasidagi diplom bilan taqdirlanadilar.
Bakalavr darajasiga ega bo'lgan bitiruvchilar o'z mutaxassisligi bo'yicha ishlash yoki ta'limni keyingi bosqichda – magistraturada davom ettirish imkoniyatiga ega.
Magistratura
Magistratura – bakalavr bosqichidan keyingi ikki yil davom etadigan oliy ta'lim bosqichi bo'lib, tanlangan yo'nalish bo'yicha chuqurlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlar berishga mo'ljallangan. Ushbu bosqichga faqat bakalavr diplomiga ega bo'lgan shaxslar tanlov asosida qabul qilinadi.
Magistratura o'qishini tamomlagan talabalar davlat attestatsiyasi komissiyasining yakuniy xulosasiga asosan, aniq mutaxassisligi ko'rsatilgan “magistr”lik darajasi va davlat namunasidagi diplom bilan taqdirlanadilar.
Diplom va Imkoniyatlar
Davlat namunasidagi bakalavr va magistr diplomlari egalariga:
✅ Mutaxassislik bo'yicha ishlash
✅ Ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug'ullanish
✅ O'qishni keyingi bosqichda (PhD) davom ettirish
✅ Xalqaro va mahalliy tashkilotlarda ishlash imkoniyatini beradi.
O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari xorijiy talabalar uchun ham keng imkoniyatlar taqdim etadi. Ta'lim jarayoni xalqaro standartlarga moslashtirilgan bo'lib, xalqaro diplomlar bilan integratsiyalashgan dasturlar mavjud.