Dastur haqida
| 60230100 ─ “Filologiya va til oʻqitish: rus tili” yoʻnalishi filologlar tayyorlaydi. Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlash kredit ─ modul tizimi asosida amalga oshiriladi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining meyoriy muddati 4 yil. O‘quv jarayonida ular matnlarni o‘qish ─ badiiy adabiyot (klassik rus va chet el adabiyoti), ilmiy, publitsistik matnlar yozish, tarjima, tahrir va korrektoriya kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Bitiruvchilar nashriyot ishi, ommaviy axborot vositalari va jurnalistika sohasida, milliy va xalqaro madaniy loyihalar sohasida, ta’lim sohasida (maktab, litseylar), madaniyat muassasalarida, xalqaro va ilmiy lingvistik aloqalarga oid davlat muassasalarida ishlashi mumkin; muzeylar va arxivlarda Filologiya sohasidagi fundamental tayyorgarlik bitiruvchilarga filolog, muharrir, jurnalist yoki yozuvchi sifatida yorqin martaba qilish imkonini beradi. 60230100 ─ “Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr fundamental, umumiy kasbiy va ijtimoiy tayyorgarlikka muvofiq quyidagi kasbiy faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin: Tadqiqot: gumanitar fanlar ilmiy ─ tadqiqot institutlarida kichik ilmiy xodim sifatida ishlash. Axborot ─ bibliografik: kutubxonalar, tahririyatlar, nashriyotlar va boshqa muassasalarda muharrir, bibliograf, tarjimon va boshqa shunga o‘xshash lavozimlarda ishlash. Yo‘naltiruvchi ish: fan va madaniyatning turli sohalarida, xalqaro faoliyat bilan bog‘liq jamoat va davlat tuzilmalarida ishlash. Arxiv va muzey ishi: muzey va arxiv xodimlari sifatida ishlash. Badiiy ─ tanqidiy: tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohasidagi adabiyot asarlari va ilmiy maqolalarni ko‘rib chiqish. Tarjimоnlik. Sohada kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish maqsadida, |
O'xshash dasturlar
Innovatsion texnologiyalar universiteti
Tarix
14 400 000 so'm
yiliga · ≈ $1,223
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Soliqlar va soliqqa tortish
16 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,359
Oʻzbekiston–Koreya Xalqaro Universiteti
Ingliz filologiyasi
23 750 000 so'm
yiliga · ≈ $2,017
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti
14 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,189
Is'hoqhon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Fransuz tili
10 462 000 so'm
yiliga · ≈ $889
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Xitoy tili
18 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,529