Jizzax davlat pedagogika universiteti
Aniq va tabiiy fanlar o'qitish metodikasi (biologiya)
Dastur haqida
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (biologiya) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan magistrant bir semestr davomida 30 kredit, bir o‘quv yili davomida esa 60 kredit to‘plashi lozim. O‘qish muddati 2 yilni tashkil etadi va magistrlik dasturi yakunlanguniga qadar 120 kreditni o‘zlashtirishi zarur.
Magistratura bosqichida 1 ECTS kredit 30 akademik soatga teng bo‘lib, magistrantning bir yillik o‘quv yuklamasi 60 kreditni, ya’ni 1800 akademik soatni tashkil etadi. Ushbu yuklamaning 50 foizi auditoriya mashg‘ulotlariga, qolgan 50 foizi mustaqil ta’limga to‘g‘ri keladi. Magistrant semestr davomida o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida belgilangan majburiy va tanlov fanlari asosida shakllantiriladi.
70110801 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (biologiya) yo‘nalishi — umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi magistratura mutaxassisligidir. Ushbu yo‘nalish doirasida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari va metodlari zamonaviy talablarga mos shakllantirilgan.
Bitiruvchilar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida yoki mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladilar.
O'xshash dasturlar
Samarqand davlat pedagogika instituti
Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo)
12 052 240 so'm
yiliga · ≈ $1,021
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.04.01 — Pedagogik ta’lim. Boshlang‘ich maktabda ta’lim jarayoni sifatini boshqarish
20 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,694
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
—
Yangi asr universiteti
Ta’limda axborot texnologiyalari
21 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,778
Yangi asr universiteti
Pedagogika nazariyasi va tarixi
21 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,778
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
12 062 720 so'm
yiliga · ≈ $1,021