Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
Dastur haqida
60711400 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xo‘jaligida) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi fan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, suvni yig‘ish, suv oqimlarini boshqarish, sug‘orishda va suv tarqatishda suv resurslaridan ratsional foydalanishda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, shu jumladan suv xo‘jaligida avtomatlashtirishning vositalarini texnik ekspluatatsiyasi va ulardan effektiv foydalanishni ta’minlash uchun inson faoliyati vositalari, usullari, metodlari bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xo‘jaligida) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari: suv xo‘jaligi ishlab chiqarishida yuqori unumdorlikka ega texnologik jarayonlar, apparatlar va jihozlarni nazorat qilish, rostlash va boshqarish tizimlari, ularni sozlash, ekspluatatsiya qilish usullari va vositalari, shuningdek nazorat, rostlash va boshqarish tizimlarining loyiha hujjatlari, ta’lim jarayonida mos kasb-hunar kollejlaridagi o‘quv-tarbiya jarayoni. Shuningdek, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgandan so‘ng o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni o‘qitishi mumkin.
O'xshash dasturlar
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (qurilish)
18 980 000 so'm
yiliga · ≈ $1,611
Qarshi davlat texnika universiteti
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish
9 600 000 so'm
yiliga · ≈ $815
Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish
12 600 000 so'm
yiliga · ≈ $1,070
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish
18 980 000 so'm
yiliga · ≈ $1,611
Guliston davlat universiteti
Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik
7 400 000 so'm
yiliga · ≈ $628
Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Suv xo‘jaligi va melioratsiya
12 600 000 so'm
yiliga · ≈ $1,070