Dastur haqida
Har bir sohada raqamlashtirish jarayoni jadal rivojlanishi va internet tarmog'ining keng tarqalishi biznes boshqaruvi tizimini tubdan o'zgartirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
Ushbu yangi talablarni qoniqtirish maqsadida IT Business ta'lim yo'nalishini tashkil etish ehtiyoji tug'ildi va unda asosiy e'tiborni biznes boshqaruvidagi mavjud an'anaviy tamoyillarni ilg'or axborot texnologiyalari bilan integratsiyalashuviga qaratiladi.
IT Business fakulteti axborot texnologiyalari va biznes boshqaruvining nazariy va amaliy tomonlarini o'z ichiga olgan mukammal o'quv dasturini taqdim etadi.
Mazkur dastur an'anaviy biznes boshqaruvining asoslari - moliya, buxgalteriya hisobi, inson resurslari va ishlab chiqarishni tashkil etish fanlarini raqamlashtirish bilan uyg'unlashtirilgan holda o'qitiladi.
Shu bilan birga, IT biznes boshqaruvi ko'nikmalarini chuqur o'zlashtirish uchun talab qilinadigan axborot texnologiyalarining asosiy fanlari ham o'rgatiladi.
IT Business fakulteti Biznes Аdministratsiya, IT Business va Аxborot Texnologiya ta'lim yo'nalishlarining asoslarini umumlashtirgan o'quvdasturini tatbiq qiladi. Shuningdek, fakultet Janubiy Koreyaning Аdju universiteti ko'magida xalqaro ta'lim standartlari asosida tayyorlangan, axborot texnologiyalarni mukammal egallagan yetuk kadrlarni shaklantiradi.
O'xshash dasturlar
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Arxitektura
$2,000
yiliga · ≈ 24 006 000 so'm
Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti
Arxitektura
15 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,250
Buxoro innovatsiyalar universiteti
Qurilish muhandisligi
16 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,333
Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti
Arxitektura
17 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,416
Andijon davlat texnika instituti
Shahar qurilishi va loyihalash
8 150 000 so'm
yiliga · ≈ $679
Turkiya Iqtisodiyot va Texnologiyalar Universitetining Toshkent filiali
Qurilish muhandisligi
39 000 000 so'm
yiliga · ≈ $3,249