Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
Dastur haqida
70811101 – Dorivor o‘simliklarni yetishtrish va qayta ishlash texnologiyasi magistratura mutaxassisligida ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi zarur. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib,talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to‘lashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi
70811101- Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy tadqiqot institutlari hamda farmasevtik korxonalar, jumladan, “SHANAZ” MCHJ, “RADIKS” MCHJ, “ZUMA-PHARMA” MCHJ, “Dentafill”, O‘R Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti”, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi akad. F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i bilan o‘zaro mustahkam aloqalar o‘rnatilgan bo‘lib, ilmiy tadqiqotlar davomida dorivor o‘simliklarning hujayra, to‘qima va organlari (vegetativ, generativ) tuzilishi, fiziologik funksiyalari, tarqalish areali, sistematik o‘rni, chegaralanish tamoyillari, hamda o‘simliklar tarkibidagi ikkilamchi metabolitlar, ularning biosintezi, klassifikatsiyasi, yetishtirish, yig‘ish, quritish, qayta ishlash (standartlashtirish, sertifikatlash), faol qo‘shimchalar hom ashyosi bazasini shakllantirishning zamonaviy jihozlardan foydalangan holda ishlab chiqarishga yo‘naltirish bo‘yicha profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakani hosil qilishdan iborat.
O'xshash dasturlar
Samarqand davlat texnika universiteti
Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji
10 800 000 so'm
yiliga · ≈ $916
Namangan davlat texnika universiteti
Mashinashunoslik
13 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,103
Qarshi davlat texnika universiteti
Gidroenergetika
9 600 000 so'm
yiliga · ≈ $814
Namangan davlat texnika universiteti
Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish
14 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,187
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti
Qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari
18 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,527
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish
11 586 540 so'm
yiliga · ≈ $983