Dastur haqida
Ta’lim shakllari: kunduzgi
Ta’lim tillari: ingliz
Dastur davomiyligi: 4 yil
Beriladigan daraja: bakalavr
60110900-Xorijiy til va adabiyoti - umumiy o'rta ta'lim maktab o'qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o'rta ta'limda xorijiy til va adabiyoti fani o'qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish, o'rta maxsus va professional ta'limda xorijiy til va adabiyoti fani o'qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish, nashriyot va ommaviy axborot vositalarida muharrir va korrektor sifatida ishlash, maktabdan tashqari ta'limda uslubchi, to'garak rahbari sifatida pedagogik faoliyat olib borish, umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta'lim muassusasini boshqarish, umumiy o'rta ta'lim maktabi, professional ta'lim muassasalari, oliy ta'lim muassasalarida kabinet mudiri, tyutor, metodist, arxiv xodimi, axborot-resurs markazi xodimi sifatida faoliyat yuritish, nashriyot va ommaviy axborot vositalarida muharrir va korrektor sifatida ishlash kabi kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
60110900-Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining kasbiy faoliyat turlari:
• Ilmiy va ilmiy-tadqiqot;
• Pedagogik;
• Ma’naviy-ma’rifiy;
• Tashkiliy-boshqaruv;
60110900-Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim jarayonlari bakalavrlar tayyorlovchi oliy ta’limning dasturi asosida amalga oshiriladi, uning nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxsga «bakalavr» malakasi (darajasi) hamda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat(lar) beriladi.
60110900-Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo’nalishi ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o’quv yilida 60 kredit to’plashi zarur. O’qish muddati 4 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 240 kredit to’plashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.
O'xshash dasturlar
Oʻzbekiston–Koreya Xalqaro Universiteti
Koreys tili filologiyasi
23 750 000 so'm
yiliga · ≈ $2,016
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga · ≈ $5,343
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim
18 959 766 so'm
yiliga · ≈ $1,610
Termiz davlat pedagogika instituti
O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili
14 542 740 so'm
yiliga · ≈ $1,235
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—
Buxoro davlat pedagogika instituti
Biologiya
12 627 170 so'm
yiliga · ≈ $1,072