Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiya
Menejment
Dastur haqida
70410801-Menejment magistratura dasturi talabalarda zamonaviy boshqaruv, iqtisodiyot va xalqaro biznes sohalarida amaliy va tahliliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Dastur doirasida talabalar:
- xalqaro iqtisodiy jarayonlar va ularning mamlakatlar rivojiga ta’sirini tahlil qilish;
- tashkilot va korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish;
- zamonaviy boshqaruv va strategik qarorlar qabul qilish;
- tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish va inson resurslarini samarali boshqarish;
- bank, moliya va xizmat ko‘rsatish sohalarida menejment tamoyillarini qo‘llash;
- boshqaruvning turli darajalarida vakolat va mas’uliyatni samarali taqsimlash;
- raqamli va innovatsion yondashuvlar asosida biznes jarayonlarini takomillashtirish;
- tadbirkorlik loyihalarini ishlab chiqish va boshqarish;
- ilmiy-tadqiqot va axborot-tahliliy faoliyat olib borish
bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Kasbiy faoliyat turlari
Dastur bitiruvchilari quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritishlari mumkin:
- Tashkiliy va boshqaruv faoliyati
- Biznes, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
- Axborot-tahliliy faoliyat
- Ilmiy-tadqiqot faoliyati
- Tadbirkorlik va innovatsion faoliyat
Dastur xorijiy talabalar uchun xalqaro biznes, zamonaviy menejment, moliya va tadbirkorlik muhitida ishlash hamda global iqtisodiy jarayonlarni tushunishga yo‘naltirilgan.
O'xshash dasturlar
Farg'ona davlat universiteti
Adabiyotshunoslik (o'zbek adabiyoti)
9 480 949 so'm
yiliga · ≈ $790
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Lingvistika (Rus tili)
29 556 400 so'm
yiliga · ≈ $2,462
Buxoro davlat pedagogika instituti
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o`qitish metodikasi(ma'naviyat asoslari)
—
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: o'zbek tili
19 023 920 so'm
yiliga · ≈ $1,585
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiya
Diplomatik va konsullik xizmati
$3,500
yiliga · ≈ 42 016 000 so'm
Qarshi davlat universiteti
Lingvistika (rus tili)
—