Dastur haqida
Matematika magistratura mutaxassisligi – “Tabiiy fanlar” ta’lim sohasiga oid mutaxassislik bo‘lib, u oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish hamda professional ta’lim muassasalarida matematika fanlariga oid mutaxassislik fanlarini o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari va ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish, shuningdek davlat va nodavlat tashkilotlarida, ta’lim va ilmiy markazlarda, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, muhandislik va boshqa sohalarda matematik modellashtirish va tahlil bilan bog‘liq kompleks masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni nazarda tutadi. Mazkur mutaxassislik matematik jarayonlarni ilmiy asosda tahlil qilish, modellar ishlab chiqish, muammolarni algoritmik yechish hamda amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Tarkib va o‘quv rejasi
O‘quv dasturi davomida magistrlar matematik analiz, algebra, geometriya, differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, sonli usullar, matematik modellashtirish, optimallashtirish, diskret matematika hamda zamonaviy hisoblash matematikasi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar. Shuningdek, matematik masalalarni yechish, algoritmlar ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar olib borish va murakkab tizimlarni matematik modellashtirish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni egallaydilar.
Dasturni o‘rganish natijalari
Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng bitiruvchilar:
- oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish hamda professional ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borish;
- Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida hamda oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish;
- matematik jarayonlar va modellarning ilmiy tahlilini amalga oshirish;
- iqtisodiyot, texnika va texnologiya sohalarida matematik modellashtirish va optimallashtirish usullarini qo‘llash;
- algoritmlar va hisoblash usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
- ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish va amalga oshirish;
- statistik va matematik ma’lumotlarni tahlil qilish va tizimlashtirish;
- murakkab tizimlarning matematik modellarini ishlab chiqish va ularni tahlil qilish;
- amaliy muammolarni matematik yondashuv asosida yechish va ilmiy asoslangan xulosalar berish;
- matematik bilimlarni turli sohalarda qo‘llash bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
O'xshash dasturlar
Farg'ona davlat universiteti
Amaliy matematika (sohalar bo'yicha)
9 480 949 so'm
yiliga · ≈ $790
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Matematika
14 388 312 so'm
yiliga · ≈ $1,199
Termiz davlat universiteti
Amaliy matematika (sohalar bo'yicha)
6 165 500 so'm
yiliga · ≈ $514
Yangi O'zbekiston universiteti
Moliyaviy matematika
265 294 470 so'm
yiliga · ≈ $22,100
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Aktuar va moliyaviy matematika
14 388 312 so'm
yiliga · ≈ $1,199
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti
Amaliy matematika (sohalar bo'yicha)
18 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,499