Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti
Metrologiya va standartlashtirish
Dastur haqida
Tо‘qimachilik muhandisligi fakulteti (TMF) institutimiz bilan tengdosh bо‘lib, 1932 yilda tashkil topgan. 2005-2006 о‘quv yilida “Mexanikaviy texnologiya” fakulteti "Muhandislik pedagogika" fakulteti bilan birlashib “Tо‘qimachilik sanoati texnologiyasi” fakulteti, 2024 yildan “Tо‘qimachilik muhandisligi” fakultetiga aylandi. Fakultetga turli yillarda dotsentlar I.I. Solovyov, M.A. Polikovskiy, F.K. Potapov, L.Y. Efros, S.S. Ibragimov, professor Sh.R. Marasulov, dotsent I.T. Abduraximova, akademik H.H. Usmonxoʻjayev, professor M.M. Muxamedov, professor M.M. Muqimov, dotsent T.B. Murodov, t.f.d., professor A.E.Gulamovlar rahbarlik qilgan. Fakultet tarkibida “Tо‘qimachilik matolari texnologiyasi”, “Ipak va yigirish texnologiyasi” ,“Materialshunoslik va standartlashtirish”, “Kimyo va matbaa muhandisligi” kafedralari faoliyat olib boradilar.
Fakultetning 91 nafar professor-о‘qituvchilari, jumladan, 18 nafar fan doktorlari, 55 nafar fan nomzodlari, 6 nafar katta о‘qituvchilar va 12 nafar assistentlar institut talabalariga samarali ta’lim berib kelishmoqda. Fakultet ilmiy salohiyati 80% ni tashkil etadi. Fakultet Xalqaro Toʻqimachilik Akademiyasiga (1995-yil); Xalqaro Ipak Assotsiatsiyasiga (1997-yil) a’zo boʻlib kirdi. Xorijdagi koʻplab oliy oʻquv yurtlari, xususan, Buyuk Britaniyaning Manchester universiteti, Xitoyning Sichuan yengil sanoat va qogʻoz texnologiyasi instituti, Gent universitetining toʻqimachilik Departamenti (Belgiya), Pirey texnologiya instituti (Gretsiya), Ivanovo Davlat toʻqimachilik universiteti (Rossiya), Moskva toʻqimachilik universiteti (Rossiya), Kostroma texnologiya universiteti (Rossiya), Ozarbayjon texnologiya instituti bilan hamkorlik yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Fakultet «Bozor iqtisodiyoti sharoitida toʻqimachilik oliy ta’limini modernizatsiyalash» - «Modern-teksted» loyihasi boʻyicha TASIS-TEMPUS dasturi grantiga sazovor boʻldi. Unga koʻra fakultetning qator professor-oʻqituvchilari va talabalari Belgiyaning Gent universitetida va Gretsiyaning Pirey texnologiya institutida tajriba almashib qaytgan. Fakultet 2001-yilda Respublikadagi Oliy ta’lim muasssasalarining 900 dan ortiq fakultetlari oʻrtasida oʻtkazilgan koʻrik-tanlovda faxrli 2-oʻrinni egallagan.
O'xshash dasturlar
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Konchilik ishi
8 838 000 so'm
yiliga · ≈ $748
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Materialshunoslik
9 469 000 so'm
yiliga · ≈ $802
Guliston davlat universiteti
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha)
7 400 000 so'm
yiliga · ≈ $627
Andijon davlat texnika instituti
Mexatronika va robototexnika
7 400 000 so'm
yiliga · ≈ $627
Guliston davlat universiteti
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)
7 400 000 so'm
yiliga · ≈ $627
Guliston davlat universiteti
Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (xomashyo va jarayon turlari bo‘yicha)
7 400 000 so'm
yiliga · ≈ $627