Dastur haqida
“ Pedagogika” ta'limi dasturi
Ushbu ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi, sirtqi hamda kechki bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida amalga oshiriladi. Mazkur bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fan, texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda o‘quv reja va fan dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas’ul oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari asosiy foydalanuvchilaridir. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriyat dasturining meyoriy muddati 4-yil. Bir o‘quv yili uchun bakalavriyat ta’lim dasturining hajmi 60 kreditni tashkil etadi.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan:
-
Majburiy fanlar: 4320 soat
-
Tanlov fanlar: 1800 soat
-
Malakaviy amaliyot: 1080 soat
Jami: 7 200 soat
Qo‘shimcha izohlar:
- 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- 3-8 semestrda 4+2, ya’ni haftaning 4 kuni nazariy va amaliy, 2 kuni pedagogik amaliyot tartibida o‘qitiladi.
- Nazariy va amaliy yaxlitlikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotni talabalar umumta’lim maktablarda va boshqa turli tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.
O'xshash dasturlar
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim
18 959 766 so'm
yiliga · ≈ $1,606
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga · ≈ $5,330
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—
Buxoro davlat pedagogika instituti
Biologiya
12 627 170 so'm
yiliga · ≈ $1,069
Yangi Oʻzbekiston universiteti
STEM ta’limi (Pedagogika)
66 323 675 so'm
yiliga · ≈ $5,616
Farg‘ona davlat universiteti
Psixologiya
8 973 800 so'm
yiliga · ≈ $760