Dastur haqida
1.2.1. 60110700 - Fizika va astronomiya ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:
- umumiy o'rta ta'lim maktab o'qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o'rta ta'limda fizika va astronomiya fani o'qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
- o'rta maxsus va professional ta'limda fizika va astronomiya fani o'qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
-ishlab chiqarish sohasida fizik, astronom, muhandis-tadqiqotchi;
-turli tadbirkorlik sub'ektlarida, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida hamda boshqa muassasalarda ishlash;
-O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug'ullanish;
- umumiy o'rta ta'lim maktabi hamda akademik litsey, kasb-hunar maktablari direktori kasb standartiga muvofiq ta'lim muassasasini boshqarish;
- umumiy o'rta ta'lim maktabi, professional ta'lim muassasalari, oliy ta'limda laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.
1.2.2. 60110700 - Fizika va astronomiya ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob'ektlari:
- umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalarida;
- Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
-O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot
institutlarida;
- ishlab chiqarish korxonalari laboratoriyalarida;
davlat boshqaruv organlari, o'rta, o'rta maxsus kasbiy ta'limning davlat va nodavlat muassasalarida;
-ommaviy axborot vositalari; davlat boshqaruvi organlari;
-ishlab chiqarish korxonalari;
60110700 Fizika va astronomiya ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavriat bitiruvchilari o'qishni tamomlagandan so'ng, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida
fizika va astronomiya fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, fizika va astronomiya muammolari bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarda, ishlab chiqarish korxonalari laboratoriyalarda kompleks masalalarni yechish huquqiga ega bo'ladi
O'xshash dasturlar
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Tarjimashunoslik (xitoy, ingliz tillari)
$2,000
yiliga · ≈ 24 009 000 so'm
Guliston davlat pedagogika instituti
Jismoniy madaniyat
$1,000
yiliga · ≈ 12 004 000 so'm
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
O'zbek tili va adabiyoti
10 792 920 so'm
yiliga · ≈ $899
Guliston davlat pedagogika instituti
Jismoniy madaniyat
$1,000
yiliga · ≈ 12 004 000 so'm
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti
Filologiya va tillarni o'qitish: Ingliz tili
16 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,333
Urganch davlat pedagogika instituti
Fizika va astranomiya
12 640 000 so'm
yiliga · ≈ $1,053