MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali
Fizika. Yadro tibbiyoti
Dastur haqida
Dasturning maqsad va vazifalari:
Ushbu ta'lim dasturining maqsadi — talabalarda tibbiyot fizikasi sohasida fundamental fizik bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va qurilmalarning ishlash asosida yotgan asosiy fizik prinsiplarni chuqur tushunadigan, sog‘liqni saqlash muassasalarida yuqori texnologiyali tibbiyot uskunalari bilan ishlashga qodir yuqori malakali mutaxassis sifatida tayyorlashdan iborat. Bakalavriat dasturi bitiruvchisi fundamental bilim va professional kompetensiyalarga ega bo‘lib, mehnat bozorida barqaror va raqobatbardosh bo‘ladi.
Kasbiy faoliyat sohasi:
Tibbiyot fizikasi, yadro tibbiyoti, radiatsiya xavfsizligi, ionlashtiruvchi nurlanishlarning biologik ob'ektlar bilan o‘zaro ta'sirini tadqiq etish, tibbiy asbob-uskunalar va diagnostika hamda terapiya uskunalarini ishlab chiqish, joriy etish va qo‘llash, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyat.
Kasbiy faoliyat ob'ektlari:
Turli darajadagi biologik ob'ektlar, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari, tibbiy asbob-uskunalar (nur terapiyasi, gamma- va proton terapiya, PET/KT, MRT, rentgen diagnostikasi uskunalari), detektorlar va dozimetrik tizimlar, shuningdek, fizik jarayonlarni modellashtirish va ma'lumotlarni qayta ishlash uchun dasturiy komplekslar.
O‘quv dasturining xususiyatlari:
O‘quv jarayoni fundamental fizik-matematik tayyorgarlikka asoslangan bo‘lib, talabalarda chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Asosiy fanlar qatoriga tibbiyot fizikasi, yadro tibbiyoti, radiatsiya xavfsizligi va dozimetriya, nur terapiyasi va diagnostikasi, tibbiy tasvirlarni vizuallashtirish usullari, shuningdek, radiobiologiya kiradi. Dastur doirasida zamonaviy tibbiy uskunalarda ishlash, analitik trenajyorlar va VR-trenajyorlardan foydalanishga alohida e'tibor qaratiladi. Bitiruvchilar O‘zbekiston va xorijdagi yetakchi klinikalar, ilmiy-tadqiqot markazlarida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega.
O'xshash dasturlar
Termiz davlat universiteti
Kimyo (turlari bo'yicha)
8 140 000 so'm
yiliga · ≈ $678
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Kimyo
12 380 000 so'm
yiliga · ≈ $1,031
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti
Biotexnologiya
17 834 925 so'm
yiliga · ≈ $1,486
MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali
Elektr muhandisligi
25 000 000 so'm
yiliga · ≈ $2,083
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Kimyo muhandisligi
11 990 260 so'm
yiliga · ≈ $999
Buxoro davlat universiteti
Neft va gaz kimyosi
9 620 000 so'm
yiliga · ≈ $801