WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
O'zbekiston davlat sport akademiyasi

Sport faoliyati

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha) magistratura mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. “Xizmat ko‘rsatish sohasi”ga oid mutaxassislik bo‘lib, u barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda professional ta’limi muassasalari; sport maktablari; ixtisoslashgan sport maktablari; Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari; sport klublari; O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi va uning bo‘limlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasi va uning tegishli bo‘limlari; sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari; sport tashkilotlari va “Sport” erkin iqtisodiy zonalarining sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarida kompleks masalalarni yechish usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi, shu sababdan mazkur mutaxassislik hozirgi davrda eng zarur bo'lgan sohalardan biri hisoblanadi.

Siz 2 yil davomida “Sport faoliyati (faoliyat turi bo'yicha)” mutaxassisligi bo'yicha ko'plab nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lasiz. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi eng yangi va zarur bo'lgan amaliy fanlarni o'zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko'zlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida jami: 120 kredit to'plashingiz zarur bo'ladi. Jumladan,

Jami auditoriya soati: 900 soat

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash: 1110 soat

Ilmiy pedagogik ish: 240 soat

Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish): 450 soatni tashkil etadi.

O'quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestrlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy ta’lim va ilmiy faoliyat

45

1 – 3

Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish

Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish)

15

4

Attestatsiyalar

9

1 – 3

Fanlarni tanlash uchun ro'yxatdan o'tish

2

1, 3

Ta’tillar

22

1 – 4

GPA ko'rsatgichini hisoblash

1

2

Davlat attestatsiyasi

6

4

Jami

100

 

Qo'shimcha izohlar:

1) 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

2) Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish ham kiradi.

3) Ilmiy amaliyot va tajriba orttirish uchun oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot muassasalari hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi. Dastlabki 5 haftasi kadrlar buyurtmachisi bo'lgan tashkilotlarda, keyingi 10 haftasi esa mutaxassislik kafedralarida tashkil etiladi.

4) Mazkur ta’lim yo'nalishi xususiyatidan kelib chiqib, shuningdek, qo'shimcha sport tayyorgarligi mashg'ulotlari mavjudligini inobatga olgan holda nazariy ta’lim jarayoni onlayn tarzda yoki masofaviy shaklda amalga oshirilishi mumkin.

O'xshash dasturlar