WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent shahri Nodavlat Tashkil etilgan: 2022

Alfraganus universiteti

Yunusobod tumani, Yuqori Qoraqamish ko'chasi, 2A uy

$2,083

Eng arzon kontrakt, yiliga

24,000

Talabalar

214

Xorijiy talabalar

1,000

O'qituvchilar

8

Fakultetlar

22

Kafedralar

Dasturlar

58
Barcha dasturlar

1 USD = 12 002.93 so'm

Universitet haqida

Alfraganus universiteti 2022-yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Uning Iqtisod, Filologiya, Ijtimoiy fanlar, Raqamli texnologiyalar, Jismoniy tarbiya va sport, Turizm, Davolash ishi va pediatriya hamda Stomatologiya va farmatsiya fakultetlari va ular tarkibida 46 ta yo‘nalishlari mavjud. Universitetda magistratura bosqichi ham mavjud bo‘lib, 11 ta yo‘nalishlarda talabalarni qabul qiladi.
Alfraganus universiteti o‘zbek qomusiy olimi Ahmad Al-Farg‘oniy nomiga Alfraganus deb nomlangan. Al-Farg‘oniy Yevropada aynan shu nom bilan mashhur bo‘lgan va oydagi kraterlarning biri ham olim sharafiga  shunday atalgan.
Universitetning o‘z klinikasi mavjud. Shuningdek, universitet xalqaro ilmiy jurnali va talabalar gazetasiga ega. Universitetda tajribali professor-o‘qituvchilar dars beradi.
Alfraganus universiteti dunyoning 100 ga yaqin oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, ayni kunlarda Amerika, Kanada, Germaniya, Turkiya, Yaponiya, Xitoy, Koreya bilan hamkorlikda samarali faoliyat olib bormoqda.

Grantlar va moliyaviy yordam
Alfraganus University turli yo‘nalishlardagi talabalarga quyidagi stipendiya va moliyaviy yordam dasturlarini taklif etadi:
Yutuqlarga asoslangan mukofotlar
Rektor stipendiyasi:
Barcha fakultetlar bo‘yicha birinchi bosqich talabalaridan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalarni bir martalik mukofot bilan taqdirlaydi.
Al-Farg‘oniy innovatsion stipendiyasi va universitet nishoni:
Innovatsion loyihalar orqali ijodkorlik, tashabbuskorlik va jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan talabalarni rag‘batlantiradi. Akademik yuqori natijalar uchun kontrakt to‘lovidan ozod qilish: keyingi o‘quv yili uchun yuqori akademik natijalarga erishgan talabalar kontrakt to‘lovidan to‘liq ozod etiladi.
“Gravitatsional Idrok” stipendiyasi:
Milliy teleko‘rsatuv g‘olibiga beriladigan nufuzli to‘liq stipendiya bo‘lib, yuqori intellekt, tanqidiy fikrlash va yetakchilik qobiliyatini namoyon etgan maktab o‘quvchilarini rag‘batlantiradi.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tashabbuslari
Rektorning maxsus stipendiyasi:
Barcha bakalavriat talabalari orasida yuqori natijalarni e’tirof etadi. Shuningdek, 1- va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar uchun to‘liq kontrakt to‘lovi qoplanadi.
Faol talaba stipendiyasi:
Har chorakda beriladigan pul mukofoti bo‘lib, akademik yutuqlar bilan birga universitet hayotidagi faol ishtirok (tadbirlar tashkil etish, xalqaro nashrlar va boshqalar) uchun taqdim etiladi.
Yutuqlar va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash grantlari:
Har yili “Namunali talaba” grantlari hamda iqtisodiy jihatdan muhtoj talabalarga maqsadli moliyaviy yordam ajratiladi.
Global nigoh va zamonaviy infratuzilma
Alfraganus University talabalarning global ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi:
- Ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlarini birlashtirgan zamonaviy universitet klinikasi
- Ilmiy tadqiqot va nashrlarni rivojlantiruvchi xalqaro ilmiy jurnal
- 25+ davlat bilan strategik hamkorliklar: xalqaro almashinuv, qo‘shma tadqiqotlar va madaniy almashinuv dasturlari

Xorijiy talabalar uchun

Alfraganus Universiteti dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan talabalar uchun zamonaviy va xalqaro talablarga mos ta'lim muhitini taqdim etadi.
Ta'lim dasturlari tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan interaktiv o‘qitish usullari asosida olib boriladi hamda zamonaviy laboratoriyalar, simulyatsiya markazlari, raqamli kutubxonalar va ilg‘or ta'lim texnologiyalari bilan qo‘llab-quvvatlanadi.
Talabalar amaliyot, ilmiy-tadqiqot faoliyati va dunyoning yetakchi universitetlari hamda tashkilotlari bilan yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik dasturlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Universitet xalqaro talabalar uchun barcha qulayliklarga ega xavfsiz yotoqxona, hamyonbop yashash sharoitlari hamda universitet hayotiga tez moslashish uchun zarur yordam xizmatlarini taqdim etadi.
Ko‘p millatli muhit, faol talabalik hayoti hamda akademik mukammallik va innovatsiyalarga sodiqligi bilan Alfraganus Universiteti talabalarga muvaffaqiyatli kasbiy faoliyat va uzluksiz ta'lim uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va global dunyoqarashni shakllantiradi.

Xalqaro hamkorlik

Alfraganus universitetining xalqaro hamkorlari soni kundan kunga ortmoqda. Jumladan, Turkiya, Hindiston, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Belgiya, Bolgariya, Chexiya, Janubiy Koreya, Latviya, AQSh hamda xalqaro, xorijiy tashkilotlar va turli ta‘lim muassasalari bilan shartnoma hamda memorandumlar imzolandi.
Memorandumlarning umumiy soni 97 taga yetgan bo‘lsa, shundan,
— Yevropa davlatlari bilan - 53 ta;
— Osiyo davlatlari bilan - 11 ta;
— Sharq mamlakatlaridagi OTM hamda tashkilotlar bilan - 9 ta;
— Qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlar bilan - 23 taga to’g’ri keladi.
Universitetimizning 185 nafar professor-o’qituvchilari xorijdagi hamkorlarimiz taklifiga binoan 35 ta xorijiy universitetlarning seminar, simpozium, xalqaro konferensiyalarida ishtirok etib, malaka oshirib qaytdilar. 62 nafar talabalarimiz esa jami 11 marotaba yevropa va osiyoning eng nufuzli hamkor universitetlarida o'rganish va amaliyotda bo’ldilar.
Har yili xalqaro "Bir makon-Bir yo'l" konferensiyasi tashkil etiladi. 2024 -yilda UNESCO tomonidan tashkil etiladigan "10-TA'LIMDA TADBIRKORLIK UNESCO-APEID" konferensiyasiga Alfraganus universiteti mezbonlik qilgan.

Til kurslari

Ayni paytda Alfraganus universitetida koreys tilini o'qitish Namseul K-markazi faoliyat yuritmoqda.

Video va rasmlar

10

Fakultetlar

8

Davolash ishi va Pediatriya fakulteti

Davolash ishi va Pediatriya fakulteti zamonaviy tibbiy ta’lim standartlari asosida malakali shifokorlarni tayyorlaydi. Ta’lim jarayoni fundamental tibbiy fanlar, klinik mashg‘ulotlar va amaliyotning uyg‘unligi asosida tashkil etilgan.

Talabalar universitetning o‘z klinikasi, shuningdek hamkor shifoxonalar va tibbiyot markazlarida klinik amaliyot o‘tash, simulyatsion mashg‘ulotlarda ishtirok etish hamda tajribali professor-o‘qituvchilar rahbarligida tahsil olish imkoniyatiga ega.

Fakultetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud:

  • 60910200 – Davolash ishi
  • 60910300 – Pediatriya ishi

Fakultetning asosiy maqsadi – xalqaro standartlarga mos nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh shifokorlarni tayyorlashdir.

Stomatologiya va Farmatsiya fakulteti

Stomatologiya va Farmatsiya fakulteti zamonaviy tibbiyot va farmatsevtika standartlari asosida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. Ta’lim jarayoni nazariy bilim, laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliyotning uyg‘unligi asosida tashkil etilgan.

Talabalar universitetning zamonaviy o‘quv laboratoriyalari, universitet klinikasi, shuningdek hamkor stomatologiya klinikalari, farmatsevtika korxonalari va tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega.

Fakultetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud:

  • 60910100 – Stomatologiya
  • 60910800 – Sanoat farmatsiyasi

Fakultetning asosiy maqsadi – xalqaro standartlarga mos nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, zamonaviy sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalarida faoliyat yurita oladigan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdir.

Raqamli texnologiyalar fakulteti

Raqamli texnologiyalar fakulteti axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, xalqaro mehnat bozori talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. Ta’lim jarayoni nazariy bilim, laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliyotning uyg‘unligi asosida tashkil etilgan.

Talabalar zamonaviy kompyuter laboratoriyalari va innovatsion o‘quv xonalarida tahsil oladi hamda IT kompaniyalari, texnologik startaplar va davlat hamda xususiy tashkilotlarning axborot texnologiyalari bo‘limlarida malakaviy amaliyot o‘taydilar.

Fakultetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud:

  • 60610400 – Dasturiy injiniring
  • 60610300 – Kompyuter injiniringi
  • 60611200 – Kiberxavfsizlik injiniringi
  • 60540100 – Matematika
  • 60610500 – Sun’iy intellekt

Fakultetda quyidagi magistratura ta’lim yo‘nalishlari mavjud:

  • 70610401 – Dasturiy injiniring
  • 70610501 – Sun’iy intellekt
  • 70610301 – Kompyuter injiniringi

Fakultetning asosiy maqsadi – dasturlash, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, kompyuter texnologiyalari va matematika yo‘nalishlarida chuqur nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega, innovatsion fikrlaydigan va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdir.

Filologiya fakulteti

Filologiya fakulteti zamonaviy til ta’limi, adabiyot va ommaviy axborot kommunikatsiyalari sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. Ta’lim jarayoni nazariy bilim, amaliy mashg‘ulotlar va zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilgan.

Talabalar malakali professor-o‘qituvchilar rahbarligida tahsil olib, ta’lim muassasalari, tarjima markazlari, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar hamda davlat va xususiy tashkilotlarda malakaviy amaliyot o‘taydilar.

Fakultetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud:

  • 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)
  • 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)
  • 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (koreys tili)
  • 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)
  • 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy tili)
  • 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (turk tili)
  • 60110700 – O‘zbek tili va adabiyoti
  • 60320100 – Jurnalistika

Fakultetda quyidagi magistratura ta’lim yo‘nalishlari mavjud:

  • 70110701 – O‘zbek tili va adabiyoti
  • 70230101 – Lingvistika (ingliz tili)
  • 70230101 – Lingvistika (rus tili)

Fakultetning asosiy maqsadi – xorijiy va milliy tillarni puxta egallagan, adabiyot, tarjimashunoslik, ta’lim va ommaviy axborot vositalari sohalarida faoliyat yurita oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlashdir.

Ijtimoiy fanlar fakulteti

Ijtimoiy fanlar fakulteti ta’lim, ijtimoiy-gumanitar fanlar, psixologiya va xalqaro munosabatlar yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy bilim va kasbiy kompetensiyalarga ega mutaxassislarni tayyorlaydi. O‘quv jarayoni nazariy ta’limni amaliy mashg‘ulotlar, ilmiy izlanishlar va kasbiy amaliyot bilan uyg‘unlashtirgan holda tashkil etilgan.

Talabalar maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, psixologik markazlar, davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy muassasalar va boshqa hamkor tashkilotlarda amaliyot o‘tash orqali kasbiy tajriba orttiradilar.

Fakultetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud:

  • 60110400 – Boshlang‘ich ta’lim
  • 60111100 – Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
  • 60110300 – Maxsus pedagogika (logopediya)
  • 60110200 – Maktabgacha ta’lim
  • 60110100 – Pedagogika
  • 60310300 – Psixologiya
  • 60220300 – Tarix
  • 60310200 – Xalqaro munosabatlar

Fakultetda quyidagi magistratura ta’lim yo‘nalishlari mavjud:

  • 70220501 – Falsafa
  • 70110102 – Pedagogika

Fakultetning asosiy maqsadi – ta’lim, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi uchun yuksak kasbiy mahoratga, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalariga, yetakchilik salohiyatiga hamda zamonaviy ijtimoiy jarayonlarni tahlil qila olish kompetensiyalariga ega mutaxassislarni tayyorlashdir.

Iqtisodiyot fakulteti

Iqtisodiyot fakulteti iqtisodiyot, moliya, bank ishi, menejment va biznes boshqaruvi yo‘nalishlarida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlaydi. Ta’lim jarayoni iqtisodiy nazariya, tahliliy yondashuv, raqamli texnologiyalar va amaliy mashg‘ulotlarning uyg‘unligi asosida tashkil etilgan.

Talabalar banklar, moliya va sug‘urta tashkilotlari, logistika kompaniyalari, soliq organlari, korxonalar, davlat idoralari hamda xususiy sektor tashkilotlarida malakaviy amaliyot o‘tash orqali kasbiy tajriba orttiradilar.

Fakultetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud:

  • 60410100 – Iqtisodiyot
  • 60411100 – Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
  • 60410500 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar
  • 60410300 – Soliqlar va soliqqa tortish
  • 60410200 – Buxgalteriya hisobi
  • 61010400 – Logistika
  • 60410600 – Bank ishi
  • 60410800 – Menejment
  • 60411200 – Marketing

Fakultetda quyidagi magistratura ta’lim yo‘nalishi mavjud:

  • 70410102 – Iqtisodiyot

Fakultetning asosiy maqsadi – zamonaviy iqtisodiy jarayonlarni tahlil qila oladigan, strategik qarorlar qabul qilish, biznesni boshqarish, moliyaviy tahlil va xalqaro iqtisodiy faoliyat sohalarida samarali ishlay oladigan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdir.

Jismoniy tarbiya va sport fakulteti

Jismoniy tarbiya va sport fakulteti sport nazariyasi, jismoniy tarbiya va professional sport yo‘nalishlarida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. Ta’lim jarayoni nazariy bilim, amaliy mashg‘ulotlar, sport musobaqalari va murabbiylik faoliyatini uyg‘unlashtirgan holda tashkil etilgan.

Talabalar zamonaviy sport inshootlari va mashg‘ulot bazalarida tahsil olib, sport maktablari, sport klublari, federatsiyalar hamda boshqa sport tashkilotlarida malakaviy amaliyot o‘tash orqali kasbiy tajriba orttiradilar.

Fakultetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud:

  • 61010200 – Sport faoliyati (Boks)
  • 61010200 – Sport faoliyati (Dzyudo)
  • 61010200 – Sport faoliyati (Futbol)
  • 61010200 – Sport faoliyati (Karate)
  • 61010200 – Sport faoliyati (Kikboksing)
  • 61010200 – Sport faoliyati (Kurash)
  • 61010200 – Sport faoliyati (Qo‘l jangi)
  • 61010200 – Sport faoliyati (Yengil atletika)

Fakultetda quyidagi magistratura ta’lim yo‘nalishlari mavjud:

  • 71010201 – Sport faoliyati

Fakultetning asosiy maqsadi – jismoniy tarbiya va sport sohasida zamonaviy bilim, murabbiylik mahorati hamda amaliy ko‘nikmalarga ega, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi va sportning milliy hamda xalqaro maydonlarida samarali faoliyat yurita oladigan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdir.

Turizm fakulteti

Turizm fakulteti turizm, mehmondo‘stlik, arxitektura, kadastr va dizayn sohalari uchun zamonaviy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlaydi. Ta’lim jarayoni innovatsion yondashuvlar, loyiha ishlari, amaliy mashg‘ulotlar va ishlab chiqarish amaliyoti asosida tashkil etilgan.

Talabalar mehmonxonalar, turistik kompaniyalar, arxitektura va loyiha tashkilotlari, kadastr organlari, dizayn studiyalari hamda boshqa hamkor korxona va muassasalarda malakaviy amaliyot o‘tash orqali kasbiy tajriba orttiradilar.

Fakultetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud:

  • 61010100 – Turizm va mehmondo‘stlik
  • 60730100 – Arxitektura
  • 60721700 – Kadastr
  • 60210400 – Dizayn

Fakultetda quyidagi magistratura ta’lim yo‘nalishi mavjud:

  • 71010101 – Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)

Fakultetning asosiy maqsadi – turizm, mehmondo‘stlik, arxitektura, kadastr va dizayn sohalarida zamonaviy kasbiy bilim, ijodiy yondashuv hamda amaliy ko‘nikmalarga ega, xalqaro standartlar asosida faoliyat yurita oladigan mutaxassislarni tayyorlashdir.

Ta'lim yo'nalishlari

63
  • Arxitektura 60730100
    Bakalavr
  • Bank ishi 60410600
    Bakalavr
  • Boshlang'ich ta'lim 60110400
    Bakalavr
  • Buxgalteriya hisobi 60410200
    Bakalavr
  • Dasturiy injiniring 60610400
    Bakalavr
  • Dasturiy injiniring 70610401
    Magistr
  • Davolash ishi 60910200
    Bakalavr
  • Dizayn 60210400
    Bakalavr
  • Falsafa 70220501
    Magistr
  • Falsafa 70220501
    Magistr
  • Filologiya va tillarni o'qitish: Arab tili 60230100
    Bakalavr
  • Filologiya va tillarni o'qitish: Ingliz tili 60230100
    Bakalavr
  • Filologiya va tillarni o'qitish: Koreys tili 60230100
    Bakalavr
  • Filologiya va tillarni o'qitish: Rus tili 60230100
    Bakalavr
  • Filologiya va tillarni o'qitish: Turk tili 60230100
    Bakalavr
  • Filologiya va tillarni o'qitish: Xitoy tili 60230100
    Bakalavr
  • Iqtisodiyot 60410100
    Bakalavr
  • Iqtisodiyot 70410102
    Magistr
  • Iqtisodiyot va yo'nalishlari 60410100
    Bakalavr
  • Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 60411100
    Bakalavr
  • Jurnalistika 60320100
    Bakalavr
  • Kadastr 60721700
    Bakalavr
  • Kiberxavfsizlik injiniringi 60611200
    Bakalavr
  • Kompyuter injiniringi 70610301
    Magistr
  • Kompyuter injiniringi 60610300
    Bakalavr
  • Lingvistika (Ingliz tili) 70230101
    Magistr
  • Lingvistika (Rus tili) 70230101
    Magistr
  • Logistika 61010400
    Bakalavr
  • Logistika (transport faoliyati bo`yicha) 61010400
    Bakalavr
  • Maktabgacha ta'lim 60110200
    Bakalavr
  • Marketing 60411200
    Bakalavr
  • Matematika 60540100
    Bakalavr
  • Maxsus pedagogika (logopediya) 60110300
    Bakalavr
  • Menejment 60410800
    Bakalavr
  • Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi 60111100
    Bakalavr
  • Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500
    Bakalavr
  • O'zbek tili va adabiyoti 70110701
    Magistr
  • O'zbek tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) 60110700
    Bakalavr
  • Ortopedik stomatologiya 80910706
    Ordinatura
  • Pedagogika 70110102
    Magistr
  • Pedagogika 60110100
    Bakalavr
  • Pediatriya ishi 60910300
    Bakalavr
  • Psixologiya 60310300
    Bakalavr
  • Psixologiya (amaliy psixologiya) 60310900
    Bakalavr
  • Sanoat farmatsiyasi 60910900
    Bakalavr
  • Soliqlar va soliqqa tortish 60410300
    Bakalavr
  • Sport faoliyati 71010201
    Magistr
  • Sport faoliyati (Karate) 61010200
    Bakalavr
  • Sport faoliyati (Kikboks) 61010200
    Bakalavr
  • Sport faoliyati (Qo'l jangi) 61010200
    Bakalavr
  • Sport faoliyati (boks) 61010200
    Bakalavr
  • Sport faoliyati (dzyudo) 61010200
    Bakalavr
  • Sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha: futbol, karate, kikboksing, dzyudo, kurash) 61010300
    Bakalavr
  • Sport faoliyati (kurash) 61010200
    Bakalavr
  • Sport faoliyati (yengil atletika) 61010200
    Bakalavr
  • Sport faoliyati: futbol 61010200
    Bakalavr
  • Stomatologiya 60910100
    Bakalavr
  • Sun'iy intellekt 70610501
    Magistr
  • Sun'iy intellekt 60610500
    Bakalavr
  • Tarix 60220300
    Bakalavr
  • Turizm (faoliyat turlari bo'yicha) 71010101
    Magistr
  • Turizm va mehmondo'stlik 61010100
    Bakalavr
  • Xalqaro munosabatlar 60310200
    Bakalavr

Hech narsa topilmadi