WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Andijon viloyati Davlat Tashkil etilgan: 2025

Andijon davlat texnika instituti

Andijon viloyati, Shahar: Andijon, Bobur shoh ko'chasi, 56

$616

Eng arzon kontrakt, yiliga

10,745

Talabalar

6

Xorijiy talabalar

502

O'qituvchilar

5

Fakultetlar

18

Kafedralar

Dasturlar

75
Barcha dasturlar

1 USD = 12 004.48 so'm

Universitet haqida

Andijon davlat texnika instituti - Andijon viloyatida joylashgan oliy o'quv yurtlaridan biri. Institut 1976 yilda Toshkent xalq xo'jaligi institutining (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) Andijon filiali sifatida tashkil etilgan. Institut mustaqil institut sifatida 1992 yildan buyon (dastlab Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti nomi, keyinchalik boshqa nomlar bilan) faoliyat yuritib kelmoqda.

  1. Oliy o'quv yurti 1976 yilda Toshkent xalq xo'jaligi institutining (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) Andijon filiali sifatida tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 6 iyundagi farmoni bilan Toshkent xalq xo'jaligi instituti Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti etib qayta tashkil etilgan.
  2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi 217-son farmoniga muvofiq Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Andijon filiali negizida Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti tashkil etilgan.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-iyundagi 211-son "O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori bilan havola, Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti hamda Andijon eksperimental o‘quv-ishlab chiqarish markazi negizida Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti tashkil etilgan.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi "Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi № PP-1533-son Qarori (havola) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-iyuldagi "Andijon муҳандислик-иқтисодиёт институтини Andijon mashinasozlik institutiga aylantirish to‘g‘risida"gi qarori (havola 1, havola 2) asosida Andijon муҳандислик-иқтисодиёт институти Andijon mashinasozlik institutiga aylantirildi.
  5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-noyabrdagi «Andijon davlat texnika institutini tashkil etish to'g'risida»gi PP-396-sonli qarori bilan (havolag) Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti Andijon fakulteti negizida Andijon davlat texnika instituti tashkil etildi.

2025 yilga kelib institutda 33 mingdan ziyod mutaxassis tayyorlandi.

Institutda ta’lim jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 30 iyundagi 357-sonli buyrug‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan 2020/2021 o‘quv yilidan kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan.

Institutning rasmiy manzili: 170019, O‘zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati, Andijon shahri, Bobura shoh ko‘chasi, 56-uy.

Xorijiy talabalar uchun

Andijon davlat texnika institutida chet ellik talabalar uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Institut quyidagi imkoniyatlarni taklif etadi:

Talabalar turar joyi: Chet ellik talabalar uchun qulay va zamonaviy yotoqxonalar mavjud bo'lib, ular talabalarning xavfsiz va qulay yashashlarini ta'minlaydi.

Ta'lim dasturlari: Turli tillarda, jumladan, ingliz tilida o'qitiladigan kurslar va dasturlar mavjud bo'lib, chet ellik talabalarning o'qishini qulay qiladi.

Moslashuv dasturlari: Institut chet ellik talabalar uchun moslashuv dasturlarini taklif etadi, bunda til kurslari, madaniyat va urf-odatlar bilan tanishtiruvchi mashg'ulotlar mavjud.

Qo'llab-quvvatlash xizmatlari: Talabalar uchun akademik va psixologik yordam ko'rsatish xizmatlari mavjud bo'lib, ular yangi muhitga moslashishda yordam beradi.

Kutubxona va resurs markazlari: Institutda zamonaviy kutubxonalar va o'quv resurslari markazlari mavjud bo'lib, talabalar o'z o'qish jarayonlarini qulay tarzda davom ettirishlari mumkin.

Texnologik imkoniyatlar: Internetga ulanish, kompyuter xonalari va boshqa texnologik imkoniyatlar chet ellik talabalar uchun ochiq.

Madaniy va ijtimoiy tadbirlar: Institut turli xalqaro festival va madaniy tadbirlarni o'tkazadi, bu esa talabalarga yangi do'stlar topish va madaniy almashinuvni kuchaytirishga yordam beradi.

Sport va sog'liqni saqlash imkoniyatlari: Talabalar uchun sport zallari, fitnes markazlari va sog'liqni saqlash muassasalari mavjud.

Andijon davlat texnika institutida chet ellik talabalar uchun yaratilgan bu sharoitlar ularning akademik va ijtimoiy hayotini yanada boyitishga yo'naltirilgan.

Xalqaro hamkorlik

Andijon davlat texnika  instituti xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga katta e'tibor qaratadi. Institut dunyoning bir qator yetakchi ta'lim muassasalari, sanoat tashkilotlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik qiladi. Xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan asosiy faoliyatlar quyidagilardan iborat:

Xalqaro ta'lim dasturlari: Institutda chet el universitetlari bilan hamkorlikda ta'lim dasturlari ishlab chiqiladi. O'qitish tilida ingliz, rus va boshqa tillar qo'llaniladi, shuningdek, chet ellik talabalar uchun bir qator o'quv kurslari taklif etiladi.

Ikki tomonlama almashinuv dasturlari: Andijon davlat texnika  instituti, xorijiy oliy o'quv yurtlari bilan ikki tomonlama almashinuv dasturlarini amalga oshiradi. Bu dasturlar talabalar va o'qituvchilar uchun qisqa muddatli yoki uzoq muddatli tajriba almashish imkoniyatini yaratadi.

Ilmiy va texnik hamkorlik: Institutning ilmiy va texnik markazlari jahonning yetakchi ilmiy tadqiqot markazlari va texnologik kompaniyalari bilan birga ishlaydi. Bu hamkorlik ilmiy konferensiyalar, seminarlar, va seminarlar tashkil etish orqali amalga oshiriladi.

O'qituvchilar va talabalarning malakasini oshirish: Institut, xorijiy universitetlar va tashkilotlar bilan malaka oshirish kurslari, o'qituvchilar va talabalar uchun treninglar va seminarlar tashkil qiladi. Bu o'qituvchilarni yangi pedagogik texnologiyalar bilan tanishtirish va talabalarni zamonaviy ilmiy va texnologik yutuqlardan xabardor qilishga qaratilgan.

Xalqaro grantlar va loyihalar: Institut xalqaro grantlar va loyiha moliyalashtirish dasturlarida ishtirok etadi. Bu xalqaro ilmiy tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash, yangi innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va ilmiy izlanishlar olib borishda muhim rol o'ynaydi.

Kultural almashinuv: Andijon davlat texnika  instituti xalqaro madaniyatlar bilan tanishish uchun turli xil madaniy tadbirlar, ko'rgazmalar, xalqaro festival va dasturlarni tashkil etadi. Bu talabalarga va o'qituvchilarga turli madaniyatlar bilan tanishish imkoniyatini beradi va global hamjamiyatda faol ishtirok etishga yordam beradi.

Xalqaro sertifikatlash: Institutda talabalar va mutaxassislar uchun xalqaro sertifikatlar olish imkoniyati mavjud. Bu talabalarning professional malakalarini oshirish va dunyo bo'ylab tan olinishi uchun muhim ahamiyatga ega.

Andijon davlat texnika  instituti xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga va global ta'lim, ilmiy va texnik sohalarda yangi imkoniyatlar yaratishga harakat qilmoqda.

Til kurslari

🌍 INGLIZ TILI KURSLARI

📚 Kelajagingiz sari ishonchli qadam qo‘ying!

Institutimiz tomonidan ingliz tilini o‘rganishni istagan talabalar, bitiruvchilar va barcha qiziquvchilar uchun bepul ingliz tili kurslari tashkil etilmoqda.

Kurs davomida:

✅ Zamonaviy o‘qitish metodikasi;
✅ Tajribali professor-o‘qituvchilar;
✅ Grammatika, Speaking, Listening, Reading va Writing ko‘nikmalarini rivojlantirish;
✅ Kichik guruhlarda samarali mashg‘ulotlar;
✅ Individual yondashuv;
✅ Til darajasini oshirish va xalqaro sertifikatlarga tayyorgarlik.

📅 Dars jadvali

1. Qurilish muhandisligi va elektroenergetika fakulteti
📅 Dushanba, Chorshanba
🕑 Soat 14:00
👩‍🏫 Mirzaabdullayeva Maxliyoxon
📞

2. Mexanika va kimyo muhandisligi fakulteti
📅 Seshanba, Payshanba
🕑 Soat 14:00
👩‍🏫 Maqsudova Xolisxon
📞

3. Avtomobilsozlik va transport fakulteti
📅 Chorshanba, Juma
🕑 Soat 14:00
👩‍🏫 Mamatkodirova Gulnigor
📞

4. Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti
📅 Payshanba, Shanba
🕛 Soat 12:00
👩‍🏫 Urunova Shaxlo
📞

5. Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti
📅 Dushanba, Juma
🕑 Soat 14:00
👩‍🏫 Nizamova Umida
📞

🎁 Kurslar mutlaqo bepul!

📍 Ingliz tilini puxta o‘rganish va bilimlaringizni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun jadvalda ko‘rsatilgan professor-o‘qituvchilarga murojaat qilishingiz mumkin.

✨ Bugun ingliz tilini o‘rganishni boshlang — ertaga dunyo bilan erkin muloqot qiling!

Talabalar uchun imkoniyatlar

Test

Video va rasmlar

9

Fakultetlar

5

Avtomobilsozlik va transport fakulteti zamonaviy avtomobil sanoati, transport tizimlari va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida yuqori malakali muhandis va mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan. Fakultet zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar asosida avtomobilsozlik, transport logistikasi, ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish sohalarida chuqur bilim va ko‘nikmalar berishni maqsad qilgan.

Fakultet tarkibida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim beriladi:

1 Dizayn

2 Yo‘l harakatini tashkil etish

3  Logistika

4 Transport vositalari muhandisligi

5 Avtomobilsozlik va traktorsozlik

6 Energiya mashinasozligi

7  Transport logistikasi

8 Avtomobil servisi

Talabalarga nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun zamonaviy laboratoriyalar, kompyuter sinflari va maxsus texnik baza yaratilgan. Fakultet respublika va xalqaro miqyosdagi sanoat korxonalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan faol hamkorlik qiladi.

Fakultet bitiruvchilari avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodlar, transport kompaniyalari, xizmat ko‘rsatish markazlari, muhandislik byurolari va boshqa ko‘plab sohalarda faoliyat yuritishlari mumkin.

 

Yengil sanoat va kimyo muhandisligi fakulteti to‘qimachilik, tikuvchilik, charm-poyabzal ishlab chiqarishi, oziq-ovqat texnologiyalari, kimyo texnologiyasi va ekologik muhandislik kabi yo‘nalishlarda yuqori malakali muhandis kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Fakultet zamonaviy ilmiy-texnik yondashuvlar asosida talabalarni innovatsion ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik uskunalarni loyihalash, mahsulot sifatini nazorat qilish va sanoat muhitida ekologik xavfsizlikni ta'minlash sohalarida bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassis sifatida shakllantiradi. Fakultetda zamonaviy laboratoriyalar, texnologik uskunalar, tajriba sexlari va interaktiv sinflar mavjud bo‘lib, talabalar amaliyotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish sharoitlariga yaqin muhitda bajarish imkoniyatiga ega. Bitiruvchilar yengil sanoat korxonalari, oziq-ovqat ishlab chiqarish kompaniyalari, ekologik muhandislik tashkilotlari, kimyo sanoati zavodlari va ilmiy-tadqiqot markazlarida samarali faoliyat olib borishmoqda.

Elektr va energetika fakulteti zamonaviy sanoat, energetika tizimlari hamda raqamli texnologiyalar sohasida yuqori malakali muhandis kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Fakultetda elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va undan samarali foydalanish bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar beriladi.

Fakultet tarkibida quyidagi yo‘nalishlar faoliyat yuritadi:

1.Elektr energetikasi

2.Elektr muhandisligi

3.Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari

4.Energetika muhandisligi

5.Muqobil energiya manbalari

6.Gidroenergetika

7.Energiya tejamkorligi va energoaudit

Fakultetda tajribali professor-o‘qituvchilar dars berishadi, talabalar esa zamonaviy laboratoriyalar va simulyatsion dasturlar yordamida amaliy ko‘nikmalarni egallashadi. Bitiruvchilar sanoat korxonalari, elektr stansiyalari, energiya tizimlari va ilmiy-tadqiqot markazlarida faoliyat olib borish imkoniyatiga ega.

 

 

 Fakultet tarkibida 2 ta  ya’ni "Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish" va "Axborot texnologiyalari" kafedralari faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda fakultetda talabalar 5 ta yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olmoqdalar.

1.Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni  avtomatlashtirish va boshqarish yo‘nalishi

2.Intellektual muhandislik tizimlari yo‘nalishi

3.Mexatronika va robototexnika yo‘nalishi

4.Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi

5.Sun’iy  intellekt  yo‘nalishi

Qurilish muhandisligi va arxitektura fakulteti zamonaviy qurilish sanoati, arxitektura dizayni, qurilish materiallari ishlab chiqarish, bino va inshootlarni loyihalash, ularning seysmik barqarorligini ta'minlash hamda urbanistik muhitni barpo etish yo‘nalishlarida yuqori malakali muhandis va arxitektor kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Fakultetda zamonaviy ilmiy-texnik asosda ta’lim beriladi. Talabalarga bino va inshootlar konstruksiyasi, qurilish texnologiyalari, arxitektura loyihalash, landshaft dizayni, shaharsozlik, qurilish muhandisligining ekologik, iqtisodiy va texnik jihatlari bo‘yicha chuqur bilimlar beriladi. Fakultet quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi: 1.Arxitektura yo‘nalishi 2. Yo'l muhandisligi 3. Qurilish muxandisligi: Bino inshoatlari va qurilish yo‘nalishi 4. Qurilish muhandisligi: qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish 5.Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi yo‘nalishi 6. Muhandislik komunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi yo‘nalishi 7.Materialshunoslik yo‘nalishi Fakultet tarkibida zamonaviy laboratoriyalar, loyihalash va grafik dizayn studiyalari, kompyuter sinflari va qurilish materiallari sinov markazlari mavjud. Talabalar qurilish obyektlarida amaliyotlar o‘tab, real loyiha jarayonlarida ishtirok etishadi. Fakultet bitiruvchilari qurilish kompaniyalari, arxitektura byurolari, loyiha institutlari, davlat qurilish nazorat tashkilotlari va xususiy sektor korxonalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqdalar.

Ta'lim yo'nalishlari

73
  • Arxitektura 60730100
    Bakalavr
  • Atrof-muhit muhandisligi 70711801
    Magistr
  • Atrof-muhit muhandisligi 60711800
    Bakalavr
  • Axborot tizimlari 70610103
    Magistr
  • Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100
    Bakalavr
  • Axborot xavfsizligi 60610200
    Bakalavr
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment 60611200
    Magistr
  • Bank ishi 60410600
    Bakalavr
  • Barqaror transport 60711900
    Bakalavr
  • Bino va inshootlar arxitekturasi 70730101
    Magistr
  • Biotibbiyot muhandisligi 60711100
    Bakalavr
  • Buxgalteriya hisobi 70410201
    Magistr
  • Buxgalteriya hisobi 60410200
    Bakalavr
  • Dizayn avtomobilsozlik dizayni 60210400
    Bakalavr
  • Elektr muhandisligi 60710500
    Bakalavr
  • Elektr ta'minoti 70710407
    Magistr
  • Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo'yicha) 60710700
    Bakalavr
  • Elektronika va asbobsozlik 60710700
    Bakalavr
  • Elektrotexnik majmualar va tizimlar 70710503
    Magistr
  • Energetika muhandisligi. 60710400
    Bakalavr
  • Energiya tejamkorligi va energoaudit 70710410
    Magistr
  • Geodeziya va geoinformatika 60721500
    Bakalavr
  • Gidroenergetika 60710600
    Bakalavr
  • Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi 60730600
    Bakalavr
  • Harakat xavfsizligi va uni tashkil etish 71040201
    Magistr
  • Iqtisodiyot 70410102
    Magistr
  • Iqtisodiyot 60310100
    Bakalavr
  • Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo'yicha 70310102
    Magistr
  • Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari va tizimlari 70410104
    Magistr
  • Kadastr 60721700
    Bakalavr
  • Kimyo muhandisligi. 70710101
    Bakalavr
  • Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish 60730200
    Bakalavr
  • Logistika 61010400
    Bakalavr
  • Marketing 60411200
    Bakalavr
  • Mashinasozlik texnologiyasi 70712301
    Magistr
  • Materialshunoslik 60720300
    Bakalavr
  • Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi 70720301
    Magistr
  • Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi 61020200
    Bakalavr
  • Mehnat muhofazasi va texnika xavsizligi 71020201
    Magistr
  • Menejment 70410801
    Magistr
  • Menejment 60410800
    Bakalavr
  • Metallar texnologiyalari 60711300
    Bakalavr
  • Metallurgiya mashinalari va jihozlari 70711202
    Magistr
  • Metallurgiya muhandisligi 60711200
    Bakalavr
  • Metrologiya va standartlashtirish 60710800
    Bakalavr
  • Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish 70710802
    Magistr
  • Mexanika muhandisligi 60712300
    Bakalavr
  • Mexatronika va robototexnika 60711000
    Bakalavr
  • Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500
    Bakalavr
  • Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi. 60730400
    Bakalavr
  • Muqobil energiya manbalari (turlari bo'yicha) 70710411
    Magistr
  • Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 60720600
    Bakalavr
  • Oziq-ovqat sanoati mashinalari va agregatlari 70720410
    Magistr
  • Oziq-ovqat texnologiyasi. 60720100
    Bakalavr
  • Payvandlash ishlab chiqarish texnologiyasi va jihozlari 70720407
    Magistr
  • Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 60712100
    Bakalavr
  • Qiymat injiniringi va ko'chmas mulkni boshqarish 60730700
    Bakalavr
  • Qurilish materiallari texnologiyalari 70730308
    Magistr
  • Qurilish muhandisligi 60730300
    Bakalavr
  • Qurilish muhandisligi 70730301
    Magistr
  • Robototexnika 70711002
    Magistr
  • Sanoat menejmenti 60712200
    Bakalavr
  • Sanoat muhandisligi 60712200
    Bakalavr
  • Shahar qurilishi va loyihalash 60731500
    Bakalavr
  • Sun'iy intellekt 60610500
    Bakalavr
  • Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari) 60710900
    Bakalavr
  • Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish 70710901
    Magistr
  • Texnologik mashinalar va jihozlar 60720400
    Bakalavr
  • Tibbiy-biologik apparatlar, tizimlar va majmualar (qo'llanish sohasi bo'yicha) 70711801
    Magistr
  • Transport logistikasi 71010402
    Magistr
  • Transport vositalari muhandisligi. 70711401
    Bakalavr Magistr
  • Yengil sanoat muhandisligi 60720700
    Bakalavr
  • Yo'l harakatini tashkil etish 61040200
    Bakalavr

Hech narsa topilmadi

Mashhur bitiruvchilar

2

Muzaffarjon Nizamidinov

“Xususiy tarmoqni rivojlantirish Islom Korporatsiyasi” Bosh mutaxassis 1998-2002 yil “Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti” (bakalavr) 2002-2004 yil “Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti” (magistr) 2009-2010 yil “AB Micro Finance Bank Nigeria” Bank maslahatchisi (Nigeriya) 2012-2015 yil “FINCA Azerbaijan NBO” Mintaqaviy menejer (Ozarbayjon) 2016-yildan hozirga qadar “Islamic Corporation for the Development of the Private Sector (ICD)” Bosh mutaxassis (Saudiya Arabistoni)

Aliyev Murod

“Lids universiteti” Dotsent 1998-2002 yil “Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti” (bakalavr) 2002-2003 yil “Lids Universiteti” “Iqtisodiyot va moliya” mutaxassisligi bo'yicha (magistratura) 2008-2012 yil “Lids Universiteti” “Iqtisodiyot” mutaxassisligi bo'yicha PhD (Buyuk Britaniya) 2012-yildan hozirga qadar “Lids Universiteti” Xalqaro Biznes kafedrasi dotsenti (Buyuk Britaniya)