WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent shahri Nodavlat Tashkil etilgan: 2021

Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti

Yunusobod tumani, 19- mavze, 46,48- uy

$3,000

Eng arzon kontrakt, yiliga

1

Grantli dasturlar

1,200

Talabalar

40

Xorijiy talabalar

102

O'qituvchilar

1

Fakultetlar

26

Kafedralar

Dasturlar

4
Barcha dasturlar

1 USD = 12 002.93 so'm

Universitet haqida

Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti ta'lim, ilm-fan va amaliyot integratsiyalashgan oliy ta'lim muassasasi bo'lib, bu yerda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan yetuk kadrlarni tayyorlash uchun barcha sharoitlar mavjud.

Institut 2021 yil 8 sentyabr sanasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasining Nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish sohasidagi faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan №0033 litsenziyasi asosida faoliyat boshlagan. Аuditoriyalar interaktiv multimediya vositalari – elektron doskalar bilan jihozlangan. O'quv laboratoriyalari xalqaro standartlarga asoslangan laboratoriya jihozlari bilan ta'minlangan.  So'ngi avlod kompyuterlarini jamlagan Аxborot texnologiyalari markazi, o'quv darsliklari entsiklopediyasi va lug'atlar, badiiy adabiyotlarni qamrab olgan. Аxborot resurs markazi havas qilsa arzigulik. Tibbiy va biologik fanlar kafedrasida simulyatsiya xonasi ham jihozlangan bo'lib, unda tibbiyot mulyajlari hamda so'ngi rusumdagi Pirogov stoli yordamida odam anatomiyasi va fiziologiyasi hamda boshqa tibbiyotga oid fanlar o'tiladi.  Farmatsevtik texnologiya kafedrasida amaliy dars jarayonida talabalar bevosita dori vositalarini o'z qo'llari bilan tayyorlay olishlari uchun o'quv va ilmiy ishlab chiqarish farmaparki tashkil etilgan. Farmaparkda dori vositalarini ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan barcha uskunalar jamlangan.

Xorijiy talabalar uchun

Farmatsevtika ta'limi va tadqiqotlari instituti xalqaro talabalar uchun a'lo darajadagi akademik muhit va zamonaviy sharoitlarni taqdim yetadi. Bizning auditoriyalarimiz ilg'or texnologiyalar bilan jihozlangan bo'lib, talabalar farmatsevtika va tibbiyot sohalarida uchraydigan real muammolarga tayyorlanadigan sifatli bilimlarni olishlari mumkin.

Nazariy bilimlardan tashqari, talabalar har hafta xususiy va davlatga qarashli shifoxonalar, klinikalar va poliklinikalarga tashrif buyurib, haqiqiy bemorlar bilan amaliyot o'tkazadilar. Ushbu amaliy mashg'ulotlar talabalarga o'z bilimlarini qo'llash va tajribali mutaxassislar nazorati ostida bemorlar bilan muloqot qilish imkonini beradi.

Talabalarning qulayligi va farovonligini ta'minlash maqsadida barcha zarur sharoitlarga yega bo'lgan zamonaviy yotoqxona bilan ta'minlaymiz.

Xalqaro hamkorlik

Biz dunyoning yetakchi universitetlari bilan rasmiy memorandumlar imzoladik, jumladan:

Kalyari Universiteti, Italiya

Balikesir Universiteti, Turkiya

Kunming Universiteti, Xitoy

Asfendiyarov Nomidagi Qozog'iston Milliy Tibbiyot Universiteti

Janubiy Qozog’iston Tibbiyot Akademiyasi

Bu hamkorlik talabalar va professor-o'qituvchilar almashinuvi, qo'shma tadqiqotlar, xalqaro konferensiyalar va farmatsevtika fanlari bo'yicha innovatsiyalarni birgalikda o'tkazish uchun yeshiklarni ochadi.

Talabalar uchun imkoniyatlar

Bir qator talabalar kashfiyotlar qilib, o'z ixtirolari bilan nufuzli tanlovlarda ishtirok etib, yuqori natijalarni qo'lga kiritishyapti.

Bunga misol qilib so'ngi yutuqlarni sanab o'tmoqchiman:

2023-2024 – o'quv yilida o'tkazilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi tuman bosqichiga institutning 20 ga yaqin talabalari qatnashgan, shulardan 9 nafar talaba birinchi (tuman) bosqichi g'olibi bo'lishdi hamda ikkinchi (viloyat) bosqichga yo'llanma olishdi.

May oyida Iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash “Ulug'bek” jamg'armasi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Mirzo Ulug'bek vorislari” Respublika tanlovining respublika bosqichida institut faxriga aylangan farmatsiya yo'nalishi 4-bosqich talabasi Dilmurodov Ma'rufjon g'oliblikni qo'lga kiritib bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobar miqdorda pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlandi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Ta'lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Yil talabasi - 2023" respublika ko'rik-tanlovining "Yilning eng faol tadbirkor talabasi" nominatsiyasida 2-o'rinni egallagani uchun O'rinova Dilnoza Jahongir qizi II darajali diplom, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarida mukofot puli va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

“O'zkimyosanoat” АJ, “Ziyo forum” ilm-fan va ta'lim-tarbiyani rivojlantirish Xalqaro fondi hamda D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universiteti Toshkent shahridagi filiali bilan hamkorlikda talaba qizlar uchun KIMYo FАNI bo'yicha o'tkazilgan olimpiadada Pashaqulova Аziza o'z jamoasidagi qizlar bilan birgalikda "Mahalliy dorivor o'simliklar zahirasini kengaytirish. Plantatsiyasini yaratish. Introduksiya qilish" innovatsion loyihalarini taqdim etishdi va sovrinli 2-o'ringa loyiq ko'rildi. Tashkilotchilar tomonidan 15 million so'm pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

"Made in Univer"innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasida ham talabalarning 20 dan ortiq ixtirolari taqdim etildi va bir necha loyihalar sovrinli o'rinlarga loyiq topildi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi innovatsion rivojlanish agentligi hamda Yoshlar akademiyasi tomonidan 2024-yilda ye'lon qilingan “Bo'lajak olim” ilmiy g'oyalar tanlovida g'olib deb topilgan "Dr.Sanil tarkibida ulitka tarkibli krem va penka ishlab chiqarish” hamda “EctoProtez” ilmiy g'oyalari uchun sertifikat taqdim yetildi. Ma'rufjon Dilmurodov 123 323 000 so'm hamda Dilnoza O'rinova 100 000 000 so'm pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Fakultetlar

1

Farmatsevtika fakulteti zamonaviy tibbiyot va farmatsevtika sanoatining talablariga javob bera oladigan yuqori malakali farmatsevtlar, farmatsevtika olimlari va tibbiyot mutaxassislarini tayyorlaydi. O‘quv dasturi xalqaro ta’lim standartlari, dalillarga asoslangan amaliyot hamda innovatsion farmatsevtik texnologiyalarga asoslangan. Amaliy tayyorgarlik ta’lim jarayoniga chuqur integratsiya qilingan bo‘lib, talabalar o‘qishning ilk bosqichlaridanoq laboratoriya mashg‘ulotlari, ilmiy-tadqiqot loyihalari, simulyatsion treninglar va yetakchi farmatsevtika hamda tibbiyot muassasalaridagi amaliyotlar orqali kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiradilar.

Bakalavr:

• Farmatsiya

• Sanoat farmatsiyasi

• Davolash ishi

• Tibbiy profilaktika ishi

Magistratura:

• Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi

• Farmatsevtik kimyo va farmokognoziya

• Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish

• Eksperimental va sport farmokologiyasi

• Dorilarning sanoat texnologiyasi

Talabalar ta’lim olish uchun uch tildan birini tanlashlari mumkin: o‘zbek, rus yoki ingliz tili.

Ta'lim yo'nalishlari

5
  • Davolash ishi 60910200
    Bakalavr
  • Farmatsiya (turlari bo'yicha) 60910700
    Bakalavr
  • Sanoat farmatsiyasi (turlari bo'yicha) 60910800
    Bakalavr
  • Sanoat farmatsiyasi va kosmetika 60910700
    Bakalavr
  • Tibbiy profilaktika ishi 60910400
    Bakalavr

Hech narsa topilmadi