WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farg`ona viloyati Davlat Tashkil etilgan: 1931

Qo'qon Davlat Universiteti

Turon ko'chasi 23 uy

$687

Eng arzon kontrakt, yiliga

39

Grantli dasturlar

18,187

Talabalar

15

Xorijiy talabalar

720

O'qituvchilar

7

Fakultetlar

28

Kafedralar

Dasturlar

67
Barcha dasturlar

1 USD = 12 002.93 so'm

Universitet haqida

Qo‘qon davlat universiteti 1931-yil yanvar oyida kechki pedagogika oliy bilimgohi sifatida pedagogika texnikumi binosida o‘z faoliyatini boshlagan. O‘zbekiston Xalq Maorif Komissarligining 1938-yildagi 866-son buyrug‘i bilan Qo‘qon kechki pedagogika oliy bilimgohi kechki o‘qituvchilar institutiga aylantirilgan. O‘zbekiston Xalq Maorif Komissarligining 1938-yil 27-noyabrdagi buyrug‘i bilan institut qoshida sirtqi konsultatsiya punkti ochildi. 1939-1940 o‘quv yilidan boshlab kunduzgi davlat o‘qituvchilar institutiga aylantirilgan. 1943-yildan Xotin-qiz o‘qituvchilar instituti, 1954-yildan Xotin-qizlar Davlat pedagogika institutiga aylantirilgan. 1943-yil oktyabr oyida institutga shoir Muqimiy nomi berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentyabrdagi PQ-3289-son qarori asosida Qo‘qon davlat unversiteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiradi. O‘tgan davr mobaynida Qo‘qon davlat unversiteti kichik bir ta’lim maskanidan yirik oliy ta’lim muassasasigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Qo‘qon davlat universiteti oliy ta’limda amalga oshiralayotgan tub islohotlar sharoitida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Oliygohning qiyofasi o‘zgarib, moddiy-texnika bazasi yaxshilanyapti, ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilmoqda, jumladan, professor-o‘qituvchilarning daromadlari ham ortyapti. Oliy ta’lim — ilm-fan — ishlab chiqarish o‘rtasida uzviylik yaratilib, oliy o‘quv yurtida ham yangi bo‘linmalar ochildi. Bularning barchasi oliy ta’limga bo‘lgan yondashuvni o‘zgartirib, uning sifati hamda darajasini ko‘tarishga xizmat qilmoqda.Prezidentimizning pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan takliflari, qabul qilingan qarorlar bizni yangi marralar sari chorlagani sir emas. Hozirda institutimizda 27 ta bakalavriat va 16 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha jami 16000 nafardan ortiq talabalar tahsil olib kelmoqda.Bugungi kunda Qo‘qon davlat unversiteti zamonaviy pedagogik kadrlarni tayyorlovchi respublikamizdagi yirik pedagogika muassasalaridan biri hisoblanadi. Institut o‘zining zamonaviy moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lib, 269 ta o‘quv xonalari, bugungi kun talablari bilan jihozlangan 21 ta o‘quv laboratoriya xonalari, bitta stadion, 4 ta basketbol va voleybol maydonlari, 3 ta yopiq sport zali, zamonaviy ARM, fakultetlarda zamonaviy kompyuter xonalari, 3 ta binodan iborat barcha qulayliklarga ega bo‘lgan talabalar turar-joylari, 250 o‘rinli oshxona talabalarga xizmat ko‘rsatmoqda.Institutida 4 ta xorijiy oliy ta’lim muassalalari bilan hamkorlikda bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitish ham yo‘lga qo‘yilgan. Rossiyaning Akmulla nomli Boshqird davlat pedagogika universiteti (BDPU), Rossiya davlat kasb-hunar pedagogika universiteti (RDKXPU), Qozon federal universiteti va Belarusning Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universitetilari (GrDU) bilan jami 168 nafar talaba qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitilmoqda. Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga ikki tomonlama diplom beriladi.Bugungi kunda institutda jami 517 nafar malakali professor-o‘qituvchilar talabalarga ta’lim berib kelmoqda. Ularning 10 nafarini fan doktori, professorlar, 170 dan ortig‘i fan nomzodi (PhD), dotsentlardir.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021-yil 16-iyun kuni “Oliy ta’lim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik” mavzusida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida professor-o‘qituvchilarning xorijdagi oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashini ta’minlaydigan mexanizm yaratildi. Natijada istitutidan ko‘plab professor-o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliygohlariga ilmiy stajirovkaga, talabalar o‘quv amaliyotiga yuborildi.Ilmiy tadqiqotlar borasida ham erishilyotgan natijalar quvonarlidir. Institutda mavjud “Qo‘qon DU. Ilmiy xabarlar” ilmiy jurnali O‘zR VM huzuridagi OAK Rayosatining qarori bilan kimyo, biologiya, tarix, filologiya fan tarmoqlari bo‘yicha ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi. Oliy attestatsiya komissiya Rayosatining “Malakaviy imtihon o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan, institutda chet tili fani bo‘yicha hamda qo‘shimcha fanlardan malakaviy imtihon olishga ruxsat berildi.Oliy attestatsiya komissiyasining qarori bilan Qo‘qon davlat unversiteti O‘zbek tili, Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatmoqda.Davlatimiz rahbarining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim qadam bo‘ldi. Bu yil institutimizda ham davlat stipendiyalariga loyiq deb topilgan talabalar safi yanada kengaydi. Shu yilning o‘zidayoq 13 nafar talabaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lganligi, o‘ylaymizki, uchinchi renesans davrini bunyodkori bo‘lmish yoshlarni yangi marralar sari undashi shubhasiz.Institutda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus doirasida yoshlarning san’at, adabiyot va madaniyatga, axborot texnologiyalariga bo‘lgan iqtidori hamda qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, qobiliyatlarini namoyon qilish uchun munosib sharoitlar yaratilmoqda. “Tarona” badiiy havaskorlik raqs ansambli, “Ohangrabo” yosh maqomchilar ansambli, talaba-yoshlarining “Parvoz” teatr studiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.Institut talabalari Osiyo va jahon maydonlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib g‘olib hamda sovrindorlar qatoridan joy olmoqda. Ayniqsa, Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Mohigul Hamdamovaning oltin medalni qo‘lga kiritishi institut tarixida unitilmas voqea bo‘ldi.Respublikamiz ichki iste’mol bozorini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, mahsulot turlarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida Qo‘qon davlat unversiteti ishlab chiqarish bilan bog‘liq qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.Jumladan, bu yil institutda Xitoy texnologiyasi asosida yaratilgan zamonaviy asbob-uskunalar yordamida qolipli non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sexi ishga tushirildi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, zanglamaydigan materialdan maxsus ishlangan qoliplarda bir kunda 1500 dona qolipli non ishlab chiqarish quvvatiga ega ushbu sex talabani ish bilan ta’minlabgina qolmay, sifatli va arzon nonlarni iste’molchilarga yetkazib bermoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar bilan ishlashda yangicha tizimni joriy etish borasida ilgari surilgan Besh tashabbusning ijrosi ta’minlash, shuningdek talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularga shart-sharoit yaratish va ijtimoiy himoyalash, talabalarini o‘quv jarayonlarini mazmunli o‘tkazish, olingan nazariy bilimlarini amalda mustaxkamlash, oliy ta’lim — ilm-fan — ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani chuqurlashtirish maqsadida institut qoshida “Yosh hunarmandlar uyi” unitar korxonasi tashkil etildi. Korxona kulolchilik, mebel ishlab chiqarish, qandolatchilik, atlas va adras matolar to‘qish hamda tikuvchilik sexlarini o‘zida birlashtirgan. Bugungi kunda Xitoy, Turkiya va Italiyadan keltirilgan zamonaviy mebel ishlab chiqarish va presslash uskunalari yordamida ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan mebel jixozlaridan tortib, oshxona va xonadon mebellarigacha tayyorlanmoqda. Mahsulotlar o‘ta silliqliligi, chidamliligi, suv o‘tkazmaslik xususiyatiga ega ekanligi, yumshoqligi, ko‘rinishi jihatidan chiroyliligi va uzoq vaqt davomida o‘zining shaklini o‘zgartirmasligi bilan avvalgi mebel mahsulotlaridan tubdan farq qiladi. Tayyorlanadigan mebellar o‘z rangini yo‘qotmaydi, oddiy mebellarga nisbatan bir necha barobar uzoq muddatga xizmat qiladi. Hozirga kelib mebel ishlab chiqarish sexida ta’lim muassasalari talabalar turar joyi uchun mo‘ljallangan 2 yarusli krovat, tumba, shkaf, stul, stol va kitob javonlarini tayyorlanmoqda. Mamlakatimizda tariximiz, milliy o‘zligimiz timsoli bo‘lgan hunarmandchilik sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratib kelinyapti. Hunarmandlar mehnati qadrlanib, ularga imkoniyat va imtiyozlar yaratib berilmoqda. Mazkur soha vakillari yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlarni ijtimoiy mehnatga jalb etish, turizmni rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda.Institutning Milliy hunarmandchilik va amaliy san’at fakultetida tikuvchilik sexi, adras va atlas ishlab chiqarish sexi, kulolchilik sexlarining ishga tushirilishi hunarmandchilik sohasiga bo‘lgan yuksak e’tibor ifodasi bo‘ldi.Eng muhimi yuqoridagi sexlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi bilan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida nafaqat amaliyot o‘tash, balki ishlash imkoniyatiga ham ega bo‘lmoqda. Korxonada ishlash talabalarga amaliy ko‘nikmalarni berib, olgan nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlamoqdalar.Institutdagi zamonaviy IT-park kelajakda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlar tayyorlashda muhim rol o‘ynamoqda. Bu yerda istiqbolli startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Konferensiyalar zali, o‘quv xonasi, ovoz yozish studiyasi hamda mini oshxonani o‘z ichiga olgan park bir vaqtning o‘zida 50 nafar talabaga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Aytish mumkinki, bu yerda axborot texnologiyalari yo‘nalishida ilk loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Xorijiy talabalar uchun

  

Xalqaro hamkorlik

 

Talabalar uchun imkoniyatlar

Talabalar muvaffaqiyatga erishmoqdalar

Video va rasmlar

1

Fakultetlar

7

Fakultet yuqori malakali pedagogik mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan.

Zamonaviy o‘qitish usullari va xalqaro hamkorlik faol qo‘llaniladi.

Fakultet vazifasi

Xalqaro standartlarga va ta’lim talablariga javob beradigan o‘qituvchilar tayyorlash.

Statistika

Talabalar soni:1200

Kunduzgi:900 

Sirtqi:300

Professorlar: 38

Ilmiy salohiyat:60%

Filologiya fakulteti haqida

Filologiya fakultetida 4 ta kafedra mavjud bo'lib, umumiy 117 nafar professor-o'qituvchilar faoliyat ko'rsatmoqda.

Fakultetda umumiy kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllari bo'yicha 3 ta bakalavr ta'lim yo'nalishida kadrlar tayyorlab kelinmoqda. 3602 nafar talaba tahsil olmoqda (3260 nafar kunduzgi ta'lim shaklida, 342 nafar sirtqi ta'lim shaklida).

Ilmiy salohiyat

Fakultetda umumiy ilmiy salohiyat 50% tashkil qiladi. 5 ta fan doktori, 5 nafar professor, 49 nafar dotsent va 47 nafar fan nomzodlari hamda falsafa doktorlari (PhD) faoliyat yuritmoqda.

Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar fakulteti haqida

Fakultet zamonaviy raqamli texnologiyalar va aniq fanlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan.

O‘qitish jarayonida eng so‘nggi dasturlash tillari, matematik modellashtirish, ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt qo‘llaniladi.

Fakultet maqsadi

Raqamli texnologiyalar va aniq fanlar bo‘yicha chuqur bilimga ega, innovatsion fikrlaydigan va dasturlash ko‘nikmalari mukammal bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash.

Zamonaviy yondashuvlar

  • Fanlar ingliz tilida o‘qitiladi
  • Zamonaviy IT laboratoriyalari
  • Xalqaro dasturlash musobaqalari
  • Tutorlik tizimi
  • Elektron hujjat almashinuvi

Fakultet haqida

Ijtimoiy fanlar fakulteti 2017-yilda tashkil etilgan bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti uchun zamonaviy bilim va innovatsion yondashuvlarni taklif etadi.

Fakultetda kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida 1200 dan ortiq talaba tahsil oladi.

Fakultet missiyasi

Talabalarga zamonaviy ijtimoiy bilimlarni berish va ularni jamiyatda faol ishtirok etishga tayyorlash.

Statistika

  • 1200+ talaba
  • Kunduzgi ta’lim: 800+
  • Sirtqi ta’lim: 400+
  • 45 professor-o‘qituvchi
  • Ilmiy salohiyat: 51%

Fakultet O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22-sentabrdagi 754-son qarori bilan tashkil etilgan.

Hozirda 12 ta yo'nalish, 5 ta magistratura, 3 ta doktorantura va 1281+ talaba. Farg'ona vodiysidagi eng yaxshi muhandislik oliygohlaridan biri.

Fakultet missiyasi

Jamiyatga hissa qo'shadigan va real muammolarni hal qila oladigan resurs - muhandis

Ta'lim xususiyatlari

  • TOP-300 universitetlar o'quv rejasi asosida ta'lim
  • Dual ta'lim tizimi
  • "Talaba-universitet-korxona" tamoyili
  • Zamonaviy laboratoriya jihozlari
  • "Ustoz-shogird" tamoyili

Kimyo texnologiyalari va tabiiy fanlar fakulteti haqida

Fakultet o'z faoliyatini 1998-yil 4-aprelda institut rektorining 56-U-sonli buyrug'i asosida Umumtexnika fakultetidan ajratilib, mustaqil "Kimyo-geografiya" fakulteti sifatida boshlagan.

2025-yil 24 yanvarda Qo'qon davlat universiteti maqomini olgandan so'ng, fakultet nomi "Kimyo texnologiyalari va tabiiy fanlar fakulteti" ga o'zgartirildi. Ushbu nom texnologik yo'nalishdagi fanlar, innovatsion kimyo ishlanmalari, biologik va ekologik tadqiqotlar integratsiyasini aks ettiradi.

Ilmiy salohiyat

Umumiy ilmiy salohiyat 61,1% tashkil qiladi - 72 nafar professor-o'qituvchilar ishlab, shundan 40 nafar PhD, 4 nafar fan doktori, 4 nafar professor, 22 nafar dotsent.

Ta'lim statistikasi

  • Jami talabalar: 1051 nafar
  • Kunduzgi ta'lim: 881 nafar
  • Sirtqi ta'lim: 170 nafar
  • Ta'lim yo'nalishlari: 4 ta

San'atshunoslik va sport fakulteti haqida

Fakultet 2017-yil 16-avgustdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3218-son qarori bilan tashkil etilgan O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali negizida tashkil etilgan.

Dastlab 5 ta ta'lim yo'nalishida 103 nafar talabani o'z ichiga olgan fakultet, hozirda Qo'qon davlat universiteti tarkibida 27 ta ta'lim yo'nalishi, 9 ta magistratura mutaxassisligi bo'yicha 3100 nafardan ziyod talaba bilan faoliyat yuritmoqda.

Fakultet missiyasi

Ijodkorlik, san'at va sport mahorati va har tomonlama rivojlanish...

Ta'lim xususiyatlari

  • TOP-500 universitetlar o'quv rejasi asosida ta'lim
  • "Ustoz-shogird" tizimi
  • Zamonaviy o'quv xonalari va jihozlari
  • 20 ga yaqin monografiya chop etildi
  • "Inkubatsiya va akseleratsiya markazi"

Ta'lim yo'nalishlari

86
  • 70610105 Ta'limda axborot texnologiyalari
    Magistr
  • Aktyorlik san'ati: dramatik teatr va kino aktyorligi 60211100
    Bakalavr
  • Aktyorlik san'ati: musiqali teatr aktyorligi 60211100
    Bakalavr
  • Amaliy matematika 60540200
    Bakalavr
  • Amaliy matematika 60540200
    Bakalavr
  • Amaliy san'at (badiiy kulolchilik) 60210800
    Bakalavr
  • Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (matematika) 70110601
    Magistr
  • Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100
    Bakalavr
  • Bank ishi 60410600
    Bakalavr
  • Biologiya 60510100
    Bakalavr
  • Biznesni boshqarish 60410900
    Bakalavr
  • Boshlang'ich ta'lim 60110400
    Bakalavr
  • Boshlang'ich ta'lim 60110400
    Bakalavr
  • Buxgalteriya hisobi 60410200
    Bakalavr
  • Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo'yicha) 60410100
    Bakalavr
  • Cholg'u ijrochiligi (xalq cholg'ulari) 60211500
    Bakalavr
  • Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi 60520200
    Bakalavr
  • Elektr muhandisligi 60710500
    Bakalavr
  • Elektronika va asbobsozlik 60710700
    Bakalavr
  • Energetika muhandisligi 60710400
    Bakalavr
  • Falsafa 60220500
    Bakalavr
  • Filologiya va tillarni o'qitish: Ingliz tili 60230100
    Bakalavr
  • Filologiya va tillarni o'qitish: Rus tili 60230100
    Bakalavr
  • Fizika 60530500
    Bakalavr
  • Fizika va astranomiya 60110700
    Bakalavr
  • Geodeziya va geoinformatika 60721500
    Bakalavr
  • Geografiya 60530200
    Bakalavr
  • Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari 60111000
    Bakalavr
  • Inson resurslarini boshqarish 60411000
    Bakalavr
  • Iqtisodiyot 70410102
    Magistr
  • Iqtisodiyot 60410100
    Bakalavr
  • Iqtisodiyot 60310100
    Bakalavr
  • Jismoniy madaniyat 60112200
    Bakalavr
  • Kadastr 60721700
    Bakalavr
  • Kimyo 60110800
    Bakalavr Magistr
  • Kimyo muhandisligi 60710100
    Bakalavr
  • Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti 70610201
    Magistr
  • Kutubxona axborot faoliyati 60320400
    Bakalavr
  • Logistika 61010400
    Bakalavr
  • Maktabgacha ta'lim 60110200
    Bakalavr
  • Maktabgacha ta'lim psixologiyasi va pedagogikasi 60110300
    Bakalavr
  • Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til (ingliz tili) 60112600
    Bakalavr
  • Matematika 60540100
    Bakalavr
  • Matematika va informatika 60110600
    Bakalavr
  • Maxsus peadagogika (surdotarjimonlik faoilyati) 60112700
    Bakalavr
  • Maxsus peadagogika defektologiya (surdopedagogika) 70110401
    Bakalavr Magistr
  • Maxsus pedagogika 60110300
    Bakalavr
  • Maxsus pedagogika (logopediya) 60110300
    Bakalavr
  • Maxsus pedagogika, defektologiya (logopediya) 70110401
    Bakalavr Magistr
  • Menejment 60410800
    Bakalavr
  • Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi 60111100
    Bakalavr
  • Musiqa ta'limi 60110600
    Bakalavr
  • Musiqa ta'limi 60110600
    Bakalavr
  • O'zbek tili va adabiyoti 70111401
    Bakalavr Magistr
  • O'zbek tili va adabiyoti 70110701
    Magistr
  • O'zbek tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) 60110700
    Bakalavr Magistr
  • Ona tili va adabiyoti: tillar bo'yicha 70110801
    Magistr
  • Pedagogika 60110100
    Bakalavr
  • Pedagogika (qo'shimcha tarbiya fani o'qituvchisi) 60110100
    Bakalavr
  • Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo'yicha) 70110101
    Magistr
  • Pedagogika va psixologiya 70110102
    Magistr
  • Psixologiya 60310300
    Bakalavr
  • Psixologiya 70310301
    Magistr
  • Psixologiya (amaliy psixologiya) 60310900
    Bakalavr
  • Sport faoliyati (kurash) 61010200
    Bakalavr
  • Sport faoliyati (voleybol) 61010200
    Bakalavr
  • Sport faoliyati (yengil atletika) 61010200
    Bakalavr
  • Sport faoliyati: futbol 61010200
    Bakalavr
  • Sport madaniyati 60111200
    Bakalavr
  • Sun'iy intellekt 60610500
    Bakalavr
  • Sun'iy intellekt 60610500
    Bakalavr
  • Ta'lim muassasalarining boshqaruvi 70110103
    Magistr
  • Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim) 70110501
    Magistr
  • Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta'lim) 70110201
    Bakalavr Magistr
  • Ta'limda axborot texnologiyalari 70110105
    Magistr
  • Ta'limda axborot texnologiyalari 70610105
    Magistr
  • Tarix 60220300
    Bakalavr
  • Tarjima nazariyasi va amaliyotii: Ingliz tili / Rus tili / Nemis tili 60230200
    Bakalavr
  • Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi 60110500
    Bakalavr
  • Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari) 60710900
    Bakalavr
  • Texnologik mashinalar va jihozlar 60720400
    Bakalavr
  • Texnologik ta'lim 60111300
    Bakalavr
  • Transport vositalari muhandisligi 60711400
    Bakalavr
  • Vokal san'ati (An'anaviy xonandalik) 60211400
    Bakalavr
  • Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900
    Bakalavr Magistr
  • Yengil sanoat muhandisligi 60720700
    Bakalavr

Hech narsa topilmadi

Mashhur bitiruvchilar

2

🥇Tokio-2020: Qo'qon davlat pedagogika instituti talabasi Mohigul Hamdamova оltin medalni qo'lga kiritdi

Mohigul Kabayor qizi Hamdamova (tug'. 1995-yil 2-oktyabr, Farg'ona, Farg'ona viloyati, O'zbekiston) — o'zbek atletikachisi-paralimpiyachi, nayza uloqtirish, disk va yadro uloqtirish bo'yicha ixtisoslashgan, O'zbekiston terma jamoasi a'zosi. Olimpiya chempioni Yozgi Paralimpiya o'yinlari, kumush medali sohibi Yozgi Para-Osiyo o'yinlari. 2016-yilda u professional sport bilan shug'ullana boshladi. 2017-yildan buyon O'zbekiston terma jamoasi safida xalqaro musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. 2018-yilda Jakartada (Indoneziya) o'tkazilgan Yozgi Para-Osiyo o'yinlarida nayza uloqtirish bo'yicha F57 toifasida u 24,19 m natija bilan kumush medalni qo'lga kiritdi. Xuddi shu o'yinlarda u yadro uloqtirishda sakkizinchi, disk uloqtirishda esa o'ninchi o'rinni egalladi. 2019-yilda Tunisda Paralimpiya yengil atletika bo'yicha Gran-pri bosqichida disk va nayza uloqtirish bo'yicha oltin, yadro uloqtirishda kumush medalni qo'lga kiritdi. Ushbu Gran-pridagi g'alaba Jahon chempionatida qatnashish huquqini berdi. Dubayda (BAA) bo'lib o'tgan Yengil atletika bo'yicha jahon chempionatida (HPK) disk uloqtirish bo'yicha F57 toifasida u 27,92 ball bilan beshinchi, yadro uloqtirishda 8,39 m natija bilan to'qqizinchi o'rinni egalladi. 2021-yilda Dubayda (BAA) Paralimpiya atletika bo'yicha Gran-pri bosqichida u disk uloqtirish bo'yicha F57 toifasida oltin medal va nayza uloqtirish musobaqasida kumush medalni qo'lga kiritdi Tokioda (Yaponiya) bo'lib o'tgan Yozgi Paralimpiya o'yinlarida disk uloqtirish bo'yicha F57 toifasida 31,46 m natija bilan u o'yinlarning oltin medalini qo'lga kiritdi[4]. O'sha yili O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Mohigulga O'zbekiston iftixori faxriy unvonini berdi.

Bektemir Ro'zmatjon o'g'li Meliqo'ziyev

Bektemir Ro'zmatjon o'g'li Meliqo'ziyev (1996-yil 8-aprelda, O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Furqat tumani, Shoimbek qishlog'i) — o'rta, ikkinchi o'rta va yengil vazn toifalarida ishtirok etuvchi o'zbek professional bokschisi.Havaskorlar o'rtasida Olimpiya o'yinlari kumush medali sovrindori (2016), jahon chempionatining ikki karra sovrindori (2015, 2017) va ikki karra Osiyo chempioni (2015, 2017). Professionallar o'rtasida 2-o'rta vazn toifasida amaldagi WBO Inter-Continental (2020) va WBA Continental Americas (2019-2021) chempioni. BoxRec reytingidagi eng yaxshi pozitsiya 25-o'rin (2021-yil fevral) va super o'rta vazn toifasidagi o'zbek bokschilari orasida 1-o'rinni egallagan. Asosiy xalqaro boks tashkilotlari reytingiga ko'ra WBO reytingida 12-o'rinni, WBA reytingida 15-o'rinni va WBC reytingining 33-o'rinni egallab, sayyoramizning eng yaxshi super o'rta vaznli TOP-35 bokschilari qatoriga kirgan.