WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Andijon viloyati Xorijiy Tashkil etilgan: 2019

O'zbekistondagi Sharda universiteti

Boburshoh ko'chasi 73, Andijon viloyati Andijon shahar O'zbekiston Respublikasi

$1,159

Eng arzon kontrakt, yiliga

905

Talabalar

1

Xorijiy talabalar

31

O'qituvchilar

4

Fakultetlar

3

Kafedralar

Dasturlar

9
Barcha dasturlar

1 USD = 12 004.48 so'm

Universitet haqida

Sharda Universiteti O'zbekiston (SUUz) 2019-yil 10-apreldagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4278-sonli qaroriga asosan Andijon shahrida tashkil etilgan. SUUz — Sharda Universitetining dunyo miqyosidagi ta'limni taqdim etish bo‘yicha majburiyatiga muvofiq tashkil etilgan loyihadir. Bu O‘zbekistondagi birinchi mustaqil xususiy universitet bo‘lib, Yevroosiyodan kelgan talabalar uchun ta’lim olamiga ochiladigan eshik bo‘lishi maqsad qilingan.

O‘zbekiston Sharda Universitetining talabalari Hindistonda joylashgan, chinakam global universitet hisoblangan Sharda Universitetining merosini baham ko‘radilar. Bu yerda talabalarining 27 foizini 95 dan ortiq davlatlardan kelgan yoshlar tashkil etadi. So‘nggi yillarda ushbu universitet Osiyodagi yetakchi ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya markazlaridan biriga aylandi.

Yaqin yillar ichida SUUz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilg‘or ta’lim markaziga aylanishni rejalashtirmoqda: muhandislik, menejment, tibbiyot, stomatologiya, huquq, arxitektura, dizayn, jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar, dasturlash, fundamental fanlar, hamshiralik ishi, biotexnologiya, oziq-ovqat texnologiyalari, farmatsevtika, fizioterapiya, parameditsina ta’limi, san’at va an’anaviy fanlar, hujayra va rak biologiyasi.

Sharda Universiteti O‘zbekiston shuningdek, butun insoniyatga foyda keltiruvchi ilmiy izlanishlar va innovatsiyalarni rivojlantirish maqsadida Ilg‘or Tajriba Markazlarini tashkil etmoqda.

Xorijiy talabalar uchun

https://www.shardauniversity.uz/student-clubs

Yotoqxona bilan ta'minlashga yordam 
Ilg'or tajriba markazi
Xalqaro kompaniyalarda amaliyot qtilish imkoniyati
Dunyo bo'yicha xalqaro universitetlar bilan talabalar almashinuvi dasturi

Ish va Sayohat dasturi

Zamonaviy kompyuter labaratoriyalari, sinf xonalari

Elektron va zamonaviy kutubxona

Sport maydonchasi, Sport zallari, Tennis maydonchasi

Shinam oshxona

Ish bilan ta'minlashga yordam

 


 

Xalqaro hamkorlik

Talabalar almashinuvi dasturi

Ikki xil dipom: Mahalliy va Xalqaro

''Ish va Sayohat" dasturi

Dual ta'lim dasturi

Til kurslari

Ingliz tili 

Talabalar uchun imkoniyatlar

https://www.shardauniversity.uz/awards-achievements

Video va rasmlar

11

Fakultetlar

4

Texnologiya fakulteti

Texnologiya fakulteti quyidagi zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim beradi:

  • Kompyuter fanlari va muhandisligi
    Dasturlash, algoritmlar, kompyuter arxitekturasi va tizimli loyihalash kabi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan umumiy dastur.

  • Sun’iy intellekt va avtomatlashtirishga ixtisoslashgan kompyuter muhandisligi
    Intellektual tizimlar yaratish, mashinaviy o‘rganish va murakkab jarayonlarni avtomatlashtirish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

  • Axborot texnologiyalariga (IT) ixtisoslashgan kompyuter muhandisligi
    IT infratuzilmalari, dasturiy ta’minot va raqamli yechimlar yo‘nalishida amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan dastur.

  • Kiberxavfsizlik sohasiga ixtisoslashgan kompyuter muhandisligi
    Axborot xavfsizligi, tarmoq himoyasi va kiber tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha zamonaviy bilimlar beriladi.

Biznes boshqaruvi bakalavriati

Biznes boshqaruvi bakalavriati dasturi talabalarni biznes sohasida muvaffaqiyatli karera uchun tayyorlashda muhim va talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

  • Marketing
    Tovarlar va xizmatlarni targ‘ib qilish strategiyalari va vositalarini, shuningdek, brendni boshqarish va bozorlarni rivojlantirishni o‘rganish.

  • Xalqaro biznes
    Xalqaro bozorlarda va madaniy farqlarni inobatga olgan holda biznesni samarali boshqarish uchun mutaxassislar tayyorlash.

Iqtisodiyot va moliya fanlari fakulteti

Iqtisodiyot va moliya fanlari fakulteti iqtisodiyot va moliya sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarni chuqur o‘rganishni ta’minlaydigan keng qamrovli ta’lim dasturini taklif etadi. Talabalar makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, moliyaviy boshqaruv, investitsiyalar, korporativ moliya, iqtisodiy statistika (ekonometrika) va xalqaro iqtisodiyot kabi asosiy fanlarni o‘rganadilar.

Dastur iqtisodiy jarayonlarni tahlil qila olish, moliyaviy resurslarni boshqarish va dinamik bozor sharoitida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Olingan bilim va ko‘nikmalar talabalarni banklar, investitsiya kompaniyalari, davlat organlari va biznesda keng karera imkoniyatlari bilan ta’minlaydi.

Amaliy ingliz tili (gumanitar yo‘nalish)

Ushbu yo‘nalish ingliz tilini chuqur o‘rganish, uni amaliy va madaniy kontekstda qo‘llash, shuningdek, lingvistika, tarjima, madaniyatlararo muloqot va ingliz adabiyotining asoslarini o‘rgatishga qaratilgan.

Dastur doirasida talabalar quyidagilarni o‘rganadilar:

  • Amaliy til ko‘nikmalari
    Og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirish, rasmiy va norasmiy muloqotda tilni samarali qo‘llash.

  • Tarjima va tarjima nazariyasi
    Matnlarni ingliz tilidan o‘zbek/rus tiliga va aksincha tarjima qilish, turli kontekstlarda to‘g‘ri ifodalanishni o‘rganish.

  • Lingvistika asoslari
    Til strukturasi, fonetika, morfologiya, sintaksis va semantika haqida bilim olish.

  • Ingliz tili madaniy kontekstdagi qo‘llanilishi
    Ingliz tili davlatlarida madaniy farqlar, tarixiy va zamonaviy ijtimoiy jarayonlar bilan tanishish.

  • Adabiyot va madaniyat
    Ingliz tilidagi badiiy asarlarni tahlil qilish, adabiy jarayonlarni tushunish, matn bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish.

  • Pedagogik yo‘nalish 
    Ingliz tilini o‘qitish asoslari, dars rejalashtirish, metodika va amaliyot.

Kimlar uchun?
Ushbu yo‘nalish ingliz tilini mukammal o‘zlashtirishni, tarjimon, tilshunos, o‘qituvchi yoki xalqaro madaniy aloqalar sohasida ishlashni xohlaydiganlar uchun mo‘ljallangan.

Bitiruvchilar qayerda ishlay oladilar?
Xalqaro tashkilotlar, ta’lim muassasalari, media va nashriyotlar, tarjima byurolari, turizm va madaniyat sohalarida.

Ta'lim yo'nalishlari

10
  • Amaliy ingliz tili
    Bakalavr
  • Iqtisodiyot va Moliya fanlari
    Bakalavr
  • Kiberxavfsizlik
    Bakalavr
  • Kiberxavfsizlik ixtisosligi bo'yicha Kompyuter fanlari muhandisligi
    Bakalavr
  • Kompyuter fanlari muhandisligi
    Bakalavr Magistr
  • MBA (Biznes boshqaruvi magistri)
    Magistr
  • Marketing 70411201
    Magistr
  • Sun'iy intellekt 60610500
    Bakalavr
  • Xalqaro biznes
    Bakalavr
  • Xalqaro biznes va marketing
    Bakalavr Magistr

Hech narsa topilmadi

Mashhur bitiruvchilar

2

Muhammadaliyev Muhammadyoqub

O'zbekiston Sharda Universiteti 2023-yil Kompyuter fanari va muhandisligi fakulteti, Kiber xavfsizlik yo'nalishi bitiruvchisi Muhammadaliyev Muhammadyoqub Andijon shahridagi "Aloqabank" da Kiber xavfsizlik bo'li,ida ish faoliyatini olib bormoqda.

O'zbekiston Sharda Universiteti bitiruvchilari

Rasmda siz O'zbekiston Sharda Universiteti bitiruvchi talabalari ish joylari bilan tanishishingiz mumkin.