WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent shahri Davlat Tashkil etilgan: 1936

O'zbekiston davlat konservatoriyasi

Toshkent shahri, Shayhontoxur tumani, B.Zokirov ko'chasi 1- uy

$3,240

Eng arzon kontrakt, yiliga

1,154

Talabalar

16

Xorijiy talabalar

232

O'qituvchilar

2

Fakultetlar

Dasturlar

16
Barcha dasturlar

1 USD = 12 004.48 so'm

Universitet haqida

1934-yilda ochilgan Oliy musiqa bilim yurti negizida 1936-yilda Toshkent davlat konservatoriyasi tashkil etilgan. Dastlabki yillarda Moskva konservatoriyasidan O'zbekistonga yuborilgan taniqli o'qituvchilardan Viktor Tsukkerman, Lev Danilevich, Yuriy Fortunatovlar faoliyat olib borgan. Rossiya musiqa arboblarining ikkinchi to'lqini Ulug' Vatan urushi yillarida evakuatsiya paytida Toshkentga kelgan. Bu universitetning tashkil topishiga va O'zbekistonda musiqa fanining rivojlanishiga xizmat qildi.
     Konservatoriya uzoq vaqt davomida butun mintaqadagi musiqa muassasalari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab kelayotgan Markaziy Osiyodagi yagona shunday muassasa edi. Konservatoriya bitiruvchilari qo'shni sovet respublikalari – Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmanistonning yetakchi musiqali teatrlarida ishlaganlar
Konservatoriya faoliyatining yo'nalishlaridan biri O'zbekiston musiqa merosini o'rganish edi. Milliy an'ana musiqa tarixi va nazariyasi kafedralari, 1972-yildan esa Sharq musiqasi maxsus kafedrasi tashkil etilgan. 1939-yildan V. A. Uspenskiy nomidagi Markaziy musiqa maktab-internati, hozirda iqtidorli bolalar uchun akademik litseyga aylantirilgan
   1976-yilda konservatoriyaga 1971–1975-yillarda konservatoriya rektori bo'lgan Muxtor Ashrafiy nomi berilgan.
  2002-yilda Toshkent konservatoriyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O'zbekiston davlat konservatoriyasi etib qayta tashkil etilgan.
 O'zbekiston konservatoriyasida 3 ta fakultet, 15 kafedra, bakalavriat, magistratura, assistentstajyorlik, aspirantura va malaka oshirish bosqichlari, iqtidorli bolalar akademik litseyi mavjud. 1000 dan ziyod talaba va o'quvchilar kompozitsiya, musiqashunoslik, xor va operasimfonik dirijyorligi, yevropa klassik, milliy va estrada yo'nalishidagi ijrochilik (sozandalik va xonandalik turlari) zamonaviy texnologiyalar (musiqiy ovoz rejissyorligi), musiqiy pedagogika. Shuningdek, uning tarkibida musiqali teatr-studiya, simfonik, o'zbek xalq puflama cholg'ulari orkestr va ansambllari (Faxriddin Sodiqov nomidagi „Maqom“ ansambli, bigbend, torli kvartetlar va boshqalar), xor jamoalari, „Milliy cholg'ular“ muzeyi va ilmiy ishlab chiqarish laboratoriyasi, Ixtisoslashgan ilmiy tekshirish markazi, „Musiqa“ nashriyoti, fonoteka, kutubxona, „Xalq musiqa ijodiyoti“ laboratoriyasi, ovoz yozish studiyalari faoliyat ko'rsatadi. O'zbekiston konservatoriyasida turli yillarda K. Lisovskiy, V. Uspenskiy, Y. Pekker, Nadejdin, M. Ashrafiy, A. Kozlovskiy, B. Zeydman, N.Yablonovskiy, Giyenko, H. Rahimov, N. Hoshimov, I. Akbarov, I. Rajabov, F. Sodiqov, F. Karomatli, F. Mamadaliyev, M. Reyson, A. Gekkelman, V. Po'latov va boshqalar dars bergan. Konservatoriyada 2004–2005-o'quv yilida 50 nafar professor (S. Qobulova, T. Alimatov, Z. Haqnazarov, Q. Muhiddinov, O. Yusupova, F. Yanovskiy, A. Odilov, T. G'afurbekov, R. Yunusov va boshqalar), 70 dan ziyod dotsent faoliyat yuritgan
O'zbekiston konservatoriyasida o'quv jarayonining muhim bosqichi – ijodiy faoliyatidir. Konservatoriya jamoasi yiliga 300 dan ziyod turli konsert o'tkazadi. Konsert ijrochilik faoliyatiga 38 ta O'zbekiston xalq artisti, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist va boshqalar faxriy unvonlarga ega mutaxassislar, shuningdek, 80 dan ziyod xalqaro va respublika tanlov laureatlari o'z hissalarini qo'shadi. Konservatoriyaning ilmiy uslubiy faoliyati, asosan, o'zbek mumtoz va zamonaviy musiqa, Markaziy Osiyo va jahon xalqlari musiqa ijodi, musiqa nazariyasi va tarixi, ijrochilik masalalari bilan bog'liq.
   2002-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan qurilgan yangi binosi (bosh me'mor V. Spivak, me'morlar A. Kalislomov, R. Shokirov va boshqalar, rassomlar O. Xabibulin, V. Gan, R. Xudoyberganov va boshqalar) eng zamonaviy uskunalar va cholg'ular bilan ta'minlangan. Umumiy hajmi 35.180 kv.m ni tashkil etib, 305 auditoriya, 4 konsert zali, 4 ovoz yozish studiyasi, sport zallari va boshqalarni o'z ichiga oladi.
   1939-yilga qadar Toshkent konservatoriyasi Oliy musiqa bilim yurtining sobiq binosini egallab, keyinchalik me'morlar V. Brilevich, N. Goloshanov va A. Sidorovlar loyihasi bo'yicha qurilgan balet maktabi binosiga ko'chib o'tgan. U „Stalin imperiyasi“ uslubida yaratilgan. O'tgan asrning 90-yillarida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoyishi bilan Botir Zokirov ko'chasida milliy uslubda yangi bino qurilishi boshlangan. Eski binosi Hamza nomidagi musiqa kollejiga o'tkazilgan va 2010-yilda buzib tashlangan
    O'zbekiston davlat konservatoriyasi tarkibiga 2 fakultet 15 ta kafedra kiradi:


MUSIQA SAN’ATI FAKULTETI

Akademik xonandalik va opera tayyorlov kafedrasi
Akademik xor dirijorligi kafedrasi
Maxsus fortepiano kafedrasi
Musiqa nazariyasi kafedrasi
Musiqa tarix va tanqid kafedrasi
Konsertmeystrlik mahorati kafedrasi
Kamer musiqasi kafedrasi
Kompozitorlik va cholg’ulashtirish kafedrasi

CHOLG’U IJROCHILIK FAKULTETI

Torli cholg’ular kafedrasi
Puflama va zarbli cholg’ular kafedrasi
Xalq cholg’ularida ijrochilik kafedrasi
Orkestr dirijorligi kafedrasi

2020-yilda konservatoriya rektori etib Kamoliddin O'rinboyev tayinlangan.
O'zbekiston Davlat Konservatoriyasida „MUSIQA“ ilmiy-metodik jurnali yiliga 4 marta, Yevroosiyo musiqa fanlari jurnalining onlayn versiyasi esa yiliga 2 marta chop etiladi.

Xorijiy talabalar uchun

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘qish istagini bildirgan  xorijiy fuqarolarga Xalqaro aloqalar bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Bakalavriat bosqichida tahsil olish to‘lov-shartnoma asosida bo‘lib, 1-yilga 3300 AQSh dollari etib tayinlangan. Yotoqhona bilan ta’minlanasiz. Yotoqhona uchun 1 oyga 500000 so‘m etib tayinlangan.

Magistraturada tahsil olish to‘lov-shartnoma asosida bo‘lib, 1-yilga 3630 AQSh dollari etib tayinlangan. Bakalavriat va Magistratura bosqichida kutubxona va fonotekadan bepul foydalashingiz mumkin. Ta’lim o‘zbek va rus tillarda olib boriladi. Bakalavriat va Magistratura bosqichlarini muvaffaqiyatli tugatganingizdan so‘ng Sizga o‘zbek, rus va ingliz tillarida diplom beriladi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rahbariyati 2024-yil  25-iyundan 5 iyulgacha   Bakalavriat bosqichiga xujjatlar topshishingiz hamda qabul imtihonlarini topshirish mumkin.

Magistraturaga xujjatlar 1-iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.  O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasi  Sizga 1 oy muddatga beriladi, shu vaqt mobaynida imtihon topshirib, shartnoma tuzilib hujjatlar rasmiylashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasini olishingiz uchun O‘zbekiston davlat konservatoriyasi manziliga (rus yoki o‘zbek tiliga o‘girilgan va davlat notarial idorasida tasdiqlangan) quyidagi hujjatlarni yuborishingiz lozim:

               

  • Milliy pasport nusxasi
  • Diplom nusxasi
  • Rasm  ¾ -  10 dona
  • Ish joyingizdan ma’lumotnoma
  • Tibbiy ma’lumotnoma
  • Rezume

 

Xalqaro hamkorlik

1

Estoniya musiqa va teatr Akademiyasi

Estoniya, Tallinn

2014-2019

2

Ya.Vitols nomidagi Latviya musiqiy akademiyasi

Latviya Respublikasi, Riga

2015-2020

3

Xitoy Respublikasi Millatlar Shimoliy-G‘arb Universiteti

XitoyXalqRespublikasi

2015-2020

4

Santa Chechiliya konservatoriyasi

Italiya Respublikasi, Rim

2015-2020

5

Qozog‘iston milliy san’at universiteti

 

Qozog‘izston, Astana

 

2015-2020

6

Koreya Musiqiy ta’lim Jamoasi

Janubiy Koreya, Seul

2016-2021

7

Hannover fortepiano Akademiyasi

Germaniya Federativ Respublikasi, Gannover

2016-2021

8

Xitoy Xalq Respublikasi Daulin san’at kolleji

XitoyXalqRespublikasi, Daulin

2017-2022

9

Xitoy Xalq Respublikasi Kashgar universiteti

XitoyXalqRespublikasi, Kashgar

2017-2022

10

Ozerbayjon davlat madaniyat va san’at universiteti

OzerbayjonRespublikasi, Baku

2017-2022

11

P.I.Chaykovskiy  nomidagi  Moskva davlat konservatoriyasi

Rossiya Federatsiyasi, Moskva

2017-2022

12

Shanxay musiqa konservatoriyasi

Xitoy Xalq Respublikasi, Shanxay

2017-2022

 

13

Uzeir Gadjibekov nomidagi Baku musiqa akademiyasi

Ozerbayjon Respublikasi, Baku

2017-2022

14

Ozarbayjon milliy konservatoriyasi

Ozerbayjon Respublikasi, Baku

2017-2022

15

Di Musica San Pietro a Majella konservatoriyasi

Italiya Respublikasi, Neapol

2018-2023

16

Turkiya Ardaxan Universieti

 

Turkiya Respublikasi

2018-2023

 

17

N.A. Rimskiy-Korsakov nomidagi Sankt-Peterburg davlat konservatoriyasi

Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg

2019-2024

18

P.Chaykovskiy nomidagi Ukraina milliy musiqa akademiyasi

 

Ukraina Respublikasi, Kiev

 

2019-2024

 

19

Gnesinlar nomidagi Rossiya musiqa akademiyasi

 

Rossiya Federatsiyasi, Moskva

 

2019-2024

20

T.Sattorov nomidagi Tojikiston milliy konservatoriyasi

 

Tojikiston, Dushanbe

 

 

2020-2025

21

Chung-Ang universiteti

 

Koreya, Seul

 

2021-2026

22

Verdi nomidagi Milan konservatoriyasi

 

Italiya, Milan

 

2021-2026

23

Osh davlat pedagogika universiteti

Kыrgыzstan, Osh

2021-2026

24

Pavel Chubinskiy nomidagi Kiev san’at akademiyasi

 

Ukraina, Kiev

 

2021-2026

25

Chexiya musiqa akademiyasi

 

Chexiya , Praga

 

2021-2026

26

Kurmangazы nomidagi Qozog‘iston milliy konservatoriyasi

Qozog‘iston Respublikasi, Almatы

2022-2027

27

Belorussiya davlat musiqa akademiyasi

Belarus Respublikasi, Minsk

2022-2027

28

M.Glinka nomidagi Nijegorodskaya  davlat konservatorisiya

Rossiya, Nijniy Novgorod

2022-2027

29

N.Jiganov nomidagi Qozon davlat konservtaoriyasi

Rossiya, Qozon

2023-2028

30

Shuan musiqa  konservatoriyasi

Xitoy, Shuan

2023-2028

31

S.Ayni nomidagi Tojik davlat akademik opera va balet teatri

Tojikiston, Dushanbe

2023-2028

32

Kazella musiqiy konservatoriyasi

Italiya

2023-2028

33

L.V. Sobinov nomidagi davlat konservatoriyasi

           Rossiya

   2023-2028

34

Rossiya Federatsiyasi san’atlar tarixi ilmiy tadkikot instituti

 

Rossiya

 

2023-2028

Talabalar uchun imkoniyatlar

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalarini qo‘lga kiritganliklari munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!
Kozimjonova Moxigul (3-bosqich, xalq cholg’ulari) – Navoiy nomli davlat stipendiyasi; 
Gabrielyan Nikolya (4-bosqich, bastakorlik sa’nati) – Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi. 

Erishilgan yutuqlar bilan cheklanmay, olg‘a yurishda davom eting! Biz sizlar bilan faxrlanamiz

Video va rasmlar

3

Fakultetlar

2

Ta'lim yo'nalishlari

16
  • Bastakorlik san'ati 60210900
    Bakalavr
  • Cholg'u ijrochiligi: (turlari bo'yicha) 60211500
    Bakalavr Magistr
  • Cholg'u ijrochiligi: puflama va zarbli cholg'ular
    Magistr
  • Cholg'u ijrochiligi: torli cholg'ular
    Magistr
  • Cholg'u ijrochiligi: xalq cholg'ulari
    Magistr
  • Dirijyorlik (turlari bo'yicha) 60211300
    Bakalavr Magistr
  • Fortepiano (organ) 70211501
    Magistr
  • Musiqa san'ati 70211002
    Magistr
  • Musiqa ta'limi 60110600
    Bakalavr
  • Musiqa ta'limi va san'at 70111301
    Magistr
  • Ovoz rejissyorligi: musiqiy ovoz rejissyorligi 70210101
    Magistr
  • Professional ta'lim (yo'nalishlar bo'yicha) 60112400
    Bakalavr
  • San'atshunoslik (musiqashunoslik) 60211000
    Bakalavr
  • Texnogen san'at: musiqiy ovoz rejissyorligi 60210100
    Bakalavr
  • Vokal san'ati (turlari bo'yicha) 60211400
    Bakalavr
  • Vokal san'ati: akademik xonandalik 70211401
    Magistr

Hech narsa topilmadi

Mashhur bitiruvchilar

4

Kamoliddin Turdimurodovich Urinboyev

Kamoliddin Turdimurodovich O'rinboyev — O'zbekiston yoshlar simfonik orkestri asoschisi, badiiy rahbari va bosh dirijyori. O'zbekiston Respublikasi xalq artisti, 2020-yil 16-iyundan hozirgi kunga qadar O'zbekiston davlat konservatoriyasi rektori. 1985-yilda tug'ilgan. Musiqiy ta'limni Glier nomidagi musiqa akademik litseyida g'ijjak va skripka chalishni o'rganishdan boshlagan. O'zbekiston davlat konservatoriyasining bakalavr bosqichini 2007-yilda, magistratura bosqichini 2009-yilda tugatgan. 2009-yili Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasining dirijyorlik fakultetiga o'qishga kirdi. Sovet Ittifoqi xalq artisti Gennadiy Rojdestvenskiydan tahsil oldi[4]. Janubiy Koreyaning „Buyuk ipak yo'li“ (koreyscha: 그레이트 실크로드), Rossiyaning „Yangi nomlar“ (ruscha: Новые имена), „Spivakov taklif qilmoqda“ (ruscha: Спиваков приглашает) tanlovlarida ishtirok etgan. Qozog'istonda o'tkazilgan O'zbekiston madaniyati kunlarida qatnashgan. 1998-yilda Qirg'izistonda bo'lib o'tgan Xalqaro musiqa festivali laureati, 2007-yilda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari 2-xalqaro tanlovida 1-darajali diplomga sazovor bo'lgan. 2009-yilda MDHga a'zo davlatlar mumtoz musiqa ijrochilarining „Kreml yulduzlari“ (ruscha: Кремлёвские звёзды) xalqaro festivali laureati bo'lgan[5]. Rossiya Davlat akademik simfonik orkestri, Ukraina milliy simfonik orkestri, Katta simfonik orkestri, Ippolitov-Ivanov simfonik orkestri, Brandenburg simfonik orkestri, O'zbekiston milliy simfonik orkestriga dirijyorlik qilgan[6]. Opera dirijyori sifatida ham Katta teatrda chiqish qilgan. „Alisher Navoiy“ va „Fidelio“ operasiga dirijyorlik qilgan[7]. 2014-yilda bir guruh yosh hamfikr musiqachilar bilan birgalikda O'zbekiston yoshlar simfonik orkestriga asos solgan[8]. 2015-yil avgust oyida "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi qarori bilan ushbu tashkilot qoshida orkestr rasman o'z faoliyatini boshladi. 2020-yilda orkestr davlat rahbarining qarori bilan Madaniyat vazirligiga o'tkazildi. Mukofotlari 2014-yilda Kamoliddin O'rinboyev „O'zbekiston belgisi“ ko'krak nishoni bilan taqdirlandi. Shu yil dekabr oyida Prezident Islom Karimovning farmoni bilan „O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist“ unvoni berildi. 2022-yil 31-avgustda Ozarbayjonning "Do'stlik" ordeni bilan mukofotlandi. 2024-yil 24-avgustda Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan „O'zbekiston xalq artisti“ unvoni berildi

Oydin Abdullayeva Utamuradovna

Oydin Abdullayeva Oydin O'tamurodovna Abdullayeva (1976-yil 6-martda Toshkent shahrida, O'zbekiston SSRda tug'ilgan) — o'zbek kompozitori, pedagog va jamoat arbobi. O'zbekiston davlat konservatoriyasi professori hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati va “Do'stlik” ordeni sohibasi. Asosiy faktlar Tug'ilgan sanasi: 1976-yil 6-mart Ma'lumoti: O'zbekiston davlat konservatoriyasi (1999-yil) Unvon va mukofotlari: Mirzo Ulug'bek nomidagi mukofot laureati (1999), Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati (2000), “Do'stlik” ordeni (2021) Lavozimlari: Professor, Kompozitsiya va cholg'ulashtirish kafedrasi mudiri (2011-yildan), Oliy Majlis deputati (2020-yildan) Ijodiy faoliyati O. Abdullayeva — ko'plab simfonik, kamer va vokal asarlar, shuningdek, teatr spektakllari va kinofilmlar uchun yozilgan musiqalar muallifidir. Uning eng muhim asarlari qatoriga “Komde va Modan” hamda “Jadidlar xotirasi” simfoniyalari, “Vafo” opera-oratoriyasi (2001), rubob va xalq cholg'ulari orkestri uchun konsertlar, turli ansambllar uchun poema va fantaziyalar kiradi. Uning estrada qo'shiqlari va xor asarlari O'zbekistonning milliy jozibasi hamda zamonaviy musiqiy tafakkurini o'zida aks ettiradi. Pedagogik va jamoatchilik faoliyati 1999-yildan buyon Abdullayeva O'zbekiston davlat konservatoriyasida dars berib keladi. U Kompozitsiya va cholg'ulashtirish kafedrasiga rahbarlik qiladi hamda yosh kompozitorlarga ustozlik qilishda “ustoz-shogird” an'analarini faol rivojlantirmoqda. Uning shogirdlari orasida xalqaro tanlovlar laureatlari va milliy mukofotlar sohiblari bor. E'tirof va nufuz Oydin Abdullayeva — zamonaviy o'zbek akademik musiqa san'atining yetakchi vakillaridan biridir. Uning mamlakat madaniyatiga qo'shgan hissasi davlat mukofotlari hamda yangi kompozitorlar maktabini shakllantirish va O'zbekiston madaniy merosini mustahkamlashga qaratilgan keng ko'lamli pedagogik faoliyati bilan yuksak baholangan.

Alibek Kabduraxmanov Asatullayevich

Alibek Kabduraxmanov Alibek Asatullayevich Kabduraxmanov — o'zbek dirijyori, kompozitori va musiqiy rahbari, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist. 2025-yil iyul oyidan boshlab Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatrining bosh direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Kabduraxmanov mamlakatimiz zamonaviy akademik sahnasining eng muhim siymolaridan biridir. Asosiy faktlar Tug'ilgan yili: 1984-yil Tug'ilgan joyi: Toshkent, O'zbekiston Ma'lumoti: O'zbekiston davlat konservatoriyasi (zarbli cholg'u asboblari, opera-simfoniya dirijyorligi) Hozirgi lavozimlari: Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri bosh direktori, Milliy simfonik orkestr bosh dirijyori Faxriy unvoni: O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist (2024) Faoliyati va erishgan yutuqlari Kabduraxmanov o'z musiqiy yo'lini Davlat konservatoriyasi huzuridagi teatr-studiya orkestrida zarbli cholg'u ijrochisi sifatida boshlagan. 2007-yildan O'zbekiston Milliy simfonik orkestrining zarbli cholg'ular guruhi konsertmeysteri, 2018-yilga kelib esa ushbu orkestrning bosh dirijyori va badiiy rahbariga aylandi. U Denis Matsuyev, Maksim Vengerov va Anna Netrebko kabi taniqli solistlar bilan hamkorlik qilgan, shuningdek, Berlin filarmoniyasi, Dubay operasi va Viktoriya-xoll (Victoria Hall) kabi nufuzli sahnalarda dirijyorlik qilgan. Kompozitorlik va xalqaro faoliyati Kabduraxmanov o'zini kompozitor sifatida ham namoyon etib, “Dengiz sharpalari” (2019) filmiga musiqa bastalagan. U BAAda o'tgan “InClassica”, shuningdek, “Turksoy” va “Ipak yo'li” kabi xalqaro festivallarda ishtirok etgan, Qozog'iston orkestrlari hamda O'zbekiston yoshlar simfonik orkestriga rahbarlik qilgan. Bu esa uning xalqaro miqyosdagi obro'-e'tiborini yanada mustahkamladi. Teatr rahbariyati va ijodiy strategiya Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri direktori etib tayilangach, Kabduraxmanov repertuarni modernizatsiya qilish, xalqaro hamkorlik va yosh artistlarni jalb etishga alohida e'tibor qaratib, teatrni yangilash kursini boshladi. Uning rejalarida teatrning Markaziy Osiyodagi yetakchi madaniyat maskani sifatidagi mavqeyini mustahkamlash hamda tomoshabinlarning opera va balet san'atiga bo'lgan qiziqishini oshirish ko'zda tutilgan.

Ramiz Beknazarovich Usmonov

Mariinskiy teatrining taklif etilgan solisti Ramiz Usmonovning o'zbek tilidagi tarjimasi (akademik va opera jurnali uslubida): Ramiz Usmonov (Tenor) Mariinskiy teatrining taklif etilgan solisti O'zbekiston Xalq artisti (2015) Gran-pri sohibi – I Minsk xalqaro Rojdestvo vokalchilar tanlovi (2014) II mukofot lavreati – XIII Competizione dell'Opera xalqaro tanlovi (Lins, Avstriya, 2013) Gran-pri sohibi – VI Bibigul Tulegenova nomidagi xalqaro vokalchilar tanlovi (Almati, 2012) I mukofot lavreati va "Tanlovning eng yaxshi tenori" unvoni – V Bul-Bul nomidagi xalqaro vokalchilar tanlovi (Boku, 2010) II mukofot lavreati – "Romansiada" Moskva xalqaro yosh rus romansi ijrochilari tanlovi (2008) I mukofot lavreati – "Qozog'iston romansiadasi" tanlovi (Chimkent, 2008) Biografiya Ramiz Usmonov 1981-yilda Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida (O'zbekiston) tug'ilgan. Y. Rajabiy nomidagi Toshkent musiqa-pedagogika bilim yurtini "rubob" mutaxassisligi bo'yicha, so'ngra O'zbekiston Davlat konservatoriyasini (Toshkent) "akademik xonandalik" mutaxassisligi bo'yicha (Abduxalil Abduqodirov sinfi) tamomlagan. 2000–2005-yillarda stajyor-solist, 2005-yildan – yetakchi solist, 2021-yildan esa Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Davlat akademik Katta teatri (Toshkent) bosh direktori lavozimida ham faoliyat yuritib kelmoqda. Repertuar Xonandaning repertuaridan quyidagi yetakchi partiyalar o'rin olgan: Nadir ("Marvarid izlovchilari") Alfred Jermon ("Traviata") Mantuya gersogi ("Rigoletto") Rudolf ("Bogema") va boshqalar. Ijodiy faoliyat va sahnalar U Davlat Kreml saroyi, Sankt-Peterburg filarmoniyasining Katta zali, K. S. Stanislavskiy va Vl. I. Nemirovich-Danchenko nomidagi Moskva akademik musiqali teatri, Belarus Katta teatri va boshqa nufuzli sahnalarda chiqishlar qilgan. Ramiz Usmonov Mariinskiy teatridagi debyutini 2023-yilda "Trubadur" operasida Manriko partiyasini ijro etish bilan boshlagan.