WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent shahri Davlat Tashkil etilgan: 1918

Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti

Universitet Ko'chasi 2, Тоshkent, Toshkent

$1,271

Eng arzon kontrakt, yiliga

13,000

Talabalar

85

Xorijiy talabalar

881

O'qituvchilar

5

Fakultetlar

52

Kafedralar

Dasturlar

28
Barcha dasturlar

1 USD = 12 004.48 so'm

Universitet haqida

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (Toshkent davlat texnika universiteti) (2017-yildan Islom Kariomov nomi berilgan),(1973-2017-yillarda Beruniy nomidagi) Markaziy Osiyodagi eng yirik texnika oliy o'quv yurtlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda 8 ta fakultet mavjud: Mexanika, Mashinasozlik, Muhandislik texnologiyalari, Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya, Elektronika va Avtomatlashtirish,Elektr Energetika, Issiqlik Energetikasi va Neft-gaz texnologiyalari. Kadrlar tayyorlash bakalavriat (76 yo‘nalish) yo‘nalishlari bo‘yicha 4 yil va magistratura yo‘nalishlari (77 mutaxassislik) bo‘yicha 2 yil davomida olib boriladi. Universitetda 67 ta kafedra mavjud.

Ularda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 7 nafar akademigi, 91 nafar fan doktori, 284 nafar fan nomzodi va fan nomzodi, 500 nafardan ortiq katta o‘qituvchi va assistentlar mehnat qilmoqda. Universitetda 22 mingga yaqin bakalavriat va magistratura talabalari  tahsil oladi. Bugungi kunda universitetning 2ta filiali mavjud Olmaliq filiali (Toshkent viloyati, Olmaliq shahri), Qo‘qon filiali (Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri).

TDTU turli xil muhandislik, texnologiya, tabiiy fanlar, iqtisod fanlar bo‘yicha bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarini taklif etadi. Universitet amaliy ko'nikmalar va tadqiqotga yo'naltirilgan ta'limga katta e'tibor berish bilan mashhur bo'lib, talabalarni tanlagan sohalarida muvaffaqiyatli martaba tayyorlashga qaratilgan.

Innovatsiyalar va modernizatsiyaga e'tibor qaratgan holda, TDTU akademik almashinuv, ilmiy hamkorlik va texnologiyalar transferini rivojlantirish uchun sanoat hamkorlari va xalqaro institutlar bilan hamkorlik qiladi. Ushbu yondashuv talabalarga real dunyo muammolari va imkoniyatlari bilan tanishishga yordam beradi, ularning global mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshiradi.

Bundan tashqari, TDTU o'z talabalari va professor-o'qituvchilari o'rtasida akademik mukammallikni, ijodkorlikni va tadbirkorlikni rivojlantirishga intiladi. Universitet o'qitish, o'qitish va tadqiqot faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun eng zamonaviy jihozlar, laboratoriyalar va resurslar bilan ta'minlaydi.

Umuman olganda, Toshkent davlat texnika universiteti mintaqada texnik ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shib, O‘zbekistondagi yetakchi o‘quv yurti bo‘lib qolmoqda.

Xorijiy talabalar uchun

Til tushunish va integratsiya: Chet ellik talabalar uchun til tushunish va o'zlarini integratsiya qilish imkoniyatlarini ta'minlaydigan sharoitlar juda muhim. Bu, ulardagi o'qish-ko'rish jarayonini osonlashtiradi va o'zlarini universitet jamoatiga kirisha olishi va muhitga mosalasha olishi uchun asosiy omillidr. Shuningdek universitetda "Chet tillari" hamda "Amaliy ingliz tili" kafedralari faoliyat yuriotib kelmoqda.

Qulay yashash va o'qish sharoitlari: Universitetda chet ellik talabalarga qulay yashash imkoniyatlarini ta'minlash, o'qish va yashashga qulay sharoitlar yaratish maqsadida universitetning talabalar turar joyida alohida xorijiy talabalar uchun xonalar ajratilgan. 

Undan tashqari mazkur talabalar uchun:
Rivojlanib borayotgan IT sohalarida o'z bilim va ko'nikmalarini uzluksiz oshirib borishlari uchun kompyuter zallari;
Sog'lom turmush tarzini tadbiq etish va o'zlarining yoqtirgan sport turi bo'yicha shug'illanish uchun sport zallari;
Imiy va umumiy ma'lumotlar bo'yicha keng qamrovli manbalar, o'qish, tadqiqot qilish, ma'lumot olish va yangi xilma-xil bilimlarni egallashlari uchun kutubxonalar;
Amaliy bilimlarni o'rganish, nazariy bilimlarni amalga oshirish va ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim o'quv va ilmiy laboratoriyalar;
Xorijiy va mahallaiy talabalarning o'zaro aloqa muhitini yaxshilash, ularning darslardan bo'sh vaqtlarida mazmunli dam olishlari uchun bam olish maskanlari universitet hududida joylashgan yashil bog' tun-u kun xizmat ko'rsatib kelmoqda. 

O'zbekistonga vizaviy jarayon haqida ma'lumot:

🟢 **Vizasiz kirish**  
2025-yil may oyidan boshlab O'zbekiston 90 dan ortiq mamlakat fuqarolariga 30 kungacha vizasiz kirish imkoniyatini beradi, jumladan:

* Rossiya  
* Yevropa Ittifoqi davlatlari  
* Buyuk Britaniya  
* Kanada  
* Avstraliya  
* Janubiy Koreya  
* Yaponiya va boshqalar  

Iltimos, mamlakatlar ro'yhati yangilanib turishi mumkinligi sababli, hozirgi ro'yxatni tekshirib oling.

🟡 **Elektron visa (e-visa)**  
Agar siz vizasiz mamlakat fuqarisi bo'lmasangiz, elektron visa uchun ariza topshirishingiz mumkin:

* Veb-sayt: [https://e-visa.gov.uz](https://e-visa.gov.uz)  
* Visa turlari: turistik, biznes, tranzit  
* Amal qilish muddati: 30 kun (bir marta, ikki marta yoki uch marta kirish)  
* O'zlashtirish muddati: 3 ish kunigacha  
* Narxi: kirishlar soniga qarab \$20 dan \$60 gacha  

**Kerakli hujjatlar:**  

* Pasport (kamida 6 oy muddati bor)  
* Raqamli fotosurat  
* Turistik marshrut yoki mehmonxona broni (ba'zan talab qilinadi)  

🔴 **Oddiy visa (elchixona orqali)**  
Agar siz elektron visa uchun huquqga ega bo'lmasangiz yoki uzoqroq vaqt qolmoqchi bo'lsangiz (masalan, o'qish yoki ish uchun), O'zbekiston elchixonasi yoki konsulligi orqali ariza topshirishingiz kerak.  

**Kerakli hujjatlar:**  

* To'ldirilgan ariza shakli  
* Pasport  
* 3.5×4.5 sm o'lchamdagi fotosurat  
* Taklifnoma (agar talab qilinsa, O'zbekiston fuqarosi, tashkiloti yoki universitetidan)  
* Visa to'lovi  

TDTU ma'muriyati chet ellik talabalarga hujjatlar topshirish jarayonida qisman yordam ko'rsatadi. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun elektron pochta orqali biz bilan bog'laning.  

---

 

TDTUga qabul uchun zarur hujjatlar

Bakalavriat:

  • 3×4 sm o‘lchamdagi fotosurat

  • Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi attestat

  • Pasport nusxasi (skan nusxa)

Qabul TDTU tomonidan o‘tkaziladigan kirish imtihonlari asosida amalga oshiriladi.

Magistratura:

  • Akademik baholar varaqasi (transkript)

  • 3×4 sm o‘lchamdagi fotosurat

  • Bakalavr diplomi

  • Pasport nusxasi (skan nusxa)

Qabul TDTU tomonidan o‘tkaziladigan kirish imtihonlari asosida amalga oshiriladi.

Doktorantura:

  • Akademik baholar varaqasi (transkript)

  • 3×4 sm o‘lchamdagi fotosurat

  • Bakalavr va magistr darajasidagi diplomlar

  • Pasport nusxasi (skan nusxa)

Qabul TDTU tomonidan o‘tkaziladigan kirish imtihonlari asosida amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun iltimos, biz bilan elektron pochta orqali bog‘laning.

Xalqaro hamkorlik

Universitetning xalqaro hamkorlik qilishi uni o'quvchilarga, o'qituvchilarga va ilmiy xodimlarga dunyo bo'ylab bo'lgan o'quv, tadqiqot va boshqa faoliyatlar uchun imkoniyatlarni kengaytirishni o'z ichiga olgan. Universitetda esa bu hamkorlikning bir nechta muhim ko'rinishlari mavjud:

  1. Akademik Almashinuv: Universitetning xalqaro hamkorliklari o'quv jarayonini o'zida kuchaytiradi. Bu masofaviy o'quvchilarga akademik almashish, ko'nikmalar almashish, birgalikda tadqiqotlar olib borish va ko'p yillar davomida davom ettirish imkoniyatlarini ta'minlaydi.

  2. Ilmiy Tadqiqotlar: Xalqaro hamkorliklar ilmiy tadqiqotlar uchun juda muhimdir. Shu bois universitetlar dunyo bo'ylab boshqa OTM lar, institutlar va laboratoriyalar bilan birgalikda ilmiy ko'rgazmalar, loyihalar yaratish, shu jumladan ilmiy maqolalar yozishni ko'rib chiqish imkoniyatlarini amalga oshirishadi.

  3. Talabalar almashinuvi: Talabalar almashinuv dasturlari va o'quv dasturlarini taklif etishga imkon beradi. Bu, o'quvchilarga turli mamlakatlar va madaniyatlar bilan tanishish va ularga chet elda o'qish va stajjar yuritish uchun imkoniyatlar ochadi.

Shuningdek universitet Osiyo, Yevropa, Amerika qit'asining nufuzli OTM lari bilan o'zaro ikki tomonlama shartnomlar imzolagan bo'lib. Unga asosan hozirda Talabalar alamashinuvi dasturi bo'yicha har yili yuzlab talabalar o'qishga yuboriladi.
      Universitetning xalqaro miqyosidagi o'rnini mustahkamlash va yukasltirish maqsadida YevropaIttifoqi tomonidan tashkil etilgan Erasmus+ dasturiga a'zo hisoblanadi.
Mazkur dastur asosida hozirgi kunda bir qator loyihalar ustida o'zaro xorijiy OTM lar bilan o'zaro hamkorlik aloqalariham yo'lga qo'yilgan

Til kurslari

{Rus tili, Ingliz tili, Yapon tili}

Video va rasmlar

2

Fakultetlar

5

Elektr energetikasi fakulteti 1920-yilda Turkiston davlat universiteti tarkibida tashkil topgan bo’lib, 1923-yilda birinchi injener-elektrik mutaxassislar tayyorlangan. Energetika fakultetining tashkil etilishida asos solgan va energetik injener kadrlarni tayyorlashda jonbozlik ko’rsatgan olim akademik A.G.Aleksandrov bo`lgan.

       Energetika fakultetining kengayishi va rivojlanishida dekanlar: professor G.F.Grushkin, A.V.Sorokin, dotsentlar N.I. Toperverx, P.V.Karpenko, M.L.Aronov, X.M.Asimov, professorlar: B.U.Umarov, A.S.Karimov, T.M.Kodirov, K.R.Allayev, O.O.Xoshimov, B.X. Yunusov, A.A. Alimov, T.Sh. Gayibov va boshqalar katta xizmat ko`rsatishgan. 2015-yildan professor J.B. Toshov fakultet dekani sifatida boshqarib kelmoqda.

      Energetika sohasining rivojlanishida va malakali energetik-muxandislar tayyorlashda akademiklar: X.F.Fozilov, M.Z.Xamudxonov, T.X.Nosirov, R.A.Zoxidov, muxbir-a'zo G.R.Raximov, professorlar: K.R.Allayev, B.U.Umarov O.O.Xoshimov, T.M. Kodirov, X.G. Karimov, N.X.Bozorov, M.Muxammadiyev, D.N.Muxiddinov, M.I.Ibodullayev, dotsent B.X.Yunusov va boshqalarning hissasi katta.

      80-yillarga kelib mamlakatimiz xalq xo’jaligi uchun energetik-muhandis mutaxassislarga bo’lgan ehtiyoj oshishi munosabati bilan 1983-yilda Energetika fakulteti asosida: Elektroenergetika va Sanoat energetikasi fakultetlari tashkil etildi. 1993 yilda esa shu fakultetlar negizida Energetika markazi tashkil etilib, markaz prorektori etib prof. K.R.Allayev tayinlandi.

      2005-yilda Energetika fakulteti O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishiga asosan qayta tashkil etildi. Hozirda fakultet tarkibi, 4 ta yo’nalish bo’yicha bakalavrlar va 9 ta mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.

      Institut qoshida DAK "O’zbekenergo" va boshqa yirik korxona, tashkilot rahbarlari va injener-texnik xodimlarining malakasini oshirish kurslari tashkil etildi.

      Energetika fakultetida ilmiy-tadqiqot ishlari davlat grantlari va korxonalar bilan tuzilgan xo’jalik shartnomalar asosida olib boriladi. Fakultetda barcha doktorant, magistratura hamda bakalavriat ta'lim yo’nalishlarida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalar davlat grantlari va xo’jalik shartnomalari asosida bajariladigan ilmiy ishlarga jalb etilgan.

      Fakultetimiz yotoqxonasida talabalarning yashashi va dam olishlari uchun ham barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Talabalar turar joyida muntazam ravishda ma'naviyat xonasi faoliyat ko’rsatadi. U yerda doimo yangi gazeta-jurnallar mavjud. Ma'naviyat xonasida tez-tez turli davra suhbatlari, tadbirlar, uchrashuvlar o’tkazilib boriladi. Fakultetimizda taniqli olimlar, fan arboblari, professorlar, kafedra mudirlari va dekanat xodimlari bilan davra suhbat o’tkazilib boriladi. Bundan tashqari yotoqxonada yashayotgan talabalar bilan huquq targ’ibot organlari xodimlari va universitetning raxbariyati bilan uchrashuvlar o’tkaziladi.

1921-yil professor M.M. Protodyakonov tashabbusi Turkiston davlat universitetining texnika fakulteti tarkibida konchilik bo‘limi ochilib, Markaziy Osiyoda ilk bor konchi muhandislar tayyorlashga asos solindi.

1930- yilda O‘rta Osiyo davlat universitetining konchilik-geologiya bo‘limlari va kafedralari zaminida O‘rta Osiyo geologiya-qidiruv instituti tashkil etilib, 1931-yilda u O‘rta Osiyo konchilik institutiga aylantirildi. 1933- yilda u qurilish va energetika institutlari bilan birlashib, O‘rta Osiyo industrial institutining dastlabki uchta: konchiiik-geologiya, qurulish va energetika fakultetlarini tashkil etildi.

Konchilik fakulteti 1952-yilga qadar O‘rta Osiyo politexnika instituti tarkibida konchilik va geologiya-qidiruv muhandislari tayyorlash bo‘yicha faoliyat olib borib, shu yili u konchilik va geologiya-qidiruv fakultetlariga ajratildi. Bu ikki fakultet 1996-yilga qadar mustaqil faoliyat olib bordilar va shu yili yagona-konchilik-geologiya fakulteti maqomida birlashtirildi.

2016-yilda fakultet Muhandislik geologiyasi va konchlik ishi fakultetiga aylantirildi. 2018- yilda mazkur fakultet bazasida 2 ta yangi fakultet : konchilik ishi va metallurgiya hamda geologiya-qidiruv fakultetlari tashkil etildi.

Konchilik fakultetining dekani lavozimida turli yillarda A.S. Uklonskiy, S.V. Grigoryans, N.F. Bezobrazova, G‘.O. Mavlonov, L.G. Gertman, V.L. Dmitriyev, N.V. Mishchenko, X.M. Maqsudov, U.A. Isamuxamedov, I.I. Inog‘amov, O.D. Rusanova, V.R. Raximov, X.X. Shomirzayev , G.M.Mirsaidov, X.S.Xodjayaev, F.Y.Umarov, O‘.F. Nosirov va boshqalar ishlab keldilar.

Hozirgi kunda PhD. dot. S.B Gaibnazarov Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib bormoqda.

1978 yil Toshkent politexnika instituti tarkibida “Neft va gaz” fakulteti tashkil etilgan. 1978-1988 yillar g.-m.f.d., professor Z.S. Ibragimov birinchi bo’lib fakultetga rahbarlik qilgan. 1988-1994 yillar esa t.f.n., dotsent M.S. Mirzaraximov fakultetga rahbarlik qilgan. 1994-1999 yillar g.-m.f.n., dotsent I. Xolismatov fakultetga rahbarlik qilgan. 1999-2001 yillar t.f.n., dotsent A.M. Aminov fakultetga rahbarlik qilgan. 2001-2005 yillar t.f.n., dotsent M.S. Mirzaraximov fakultetga rahbarlik qilgan. 2005-2008 yillar t.f.d., professor B.A. Aliyev fakultetga rahbarlik qilgan. 2008-2009 yillar t.f.n., dotsent A.M. Aminov fakultetga rahbarlik qilgan. 2009-2010 yillar t.f.n., professor N. Zayniddinov fakultetga rahbarlik qilgan. 2010-2011 yillar t.f.n., dotsent N.N. Mahmudov fakultetga rahbarlik qilgan. 2011-2016 yillar t.f.n., dotsent M.N. Musaev fakultetga rahbarlik qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 maydagi OTM faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori bilan TDTUning Neft va gaz fakulteti talabalar kontingenti Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahri filialiga o‘tkazildi va fakultet faoliyati yakunlandi.

Oradan 5 yil muddat o’tgandan so’ng ya’ni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 iyundagi “2021/2022 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida o’qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to’g’risida” PQ-5157 son qarori, 2021 yil 26-avgust kuni ToshDTU kengashining 1-son qarori va universitetning 31.08.2021 yil №10/9-05-626 buyrug’i bilan “Neft va gaz” fakulteti tashkil etilgan.

“Neft va gaz” fakulteti 2021 yil avgust oyida qayta tashkil etilgan so’ng texnika fanlari doktori, professor O’rinov Ulug’bek Komiljonovich dekan sifatida faoliyat olib bormoqda.

Hozirgi kunda fakultetda jami asosiy shtatda 43 nafar professor-o’qituvchilar, jumladan 3 nafar fan doktorlari, professorlar, 14 nafar fan nomzodlari, dotsentlar va 8 nafar katta o’qituvchi va 18 assistentlar faoliyat olib bormoqdalar. Ilmiy salohiyat – 40 %.

Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti Elektronika va avtomatika fakulteti 1962 yil Toshkent politexnika institutining “Injiner fizika” fakulteti sifatida tashkil etilgan. 1972 yil fakultetdan “Avtomatlashtirilgan tizimlarini boshqarish” fakulteti ajralib chiqqan. Bu fakultetlarni tashkil etilishi, rivojlanishida hamda elektronika va kibernetika sohasidagi oliy ma’lumotli injiner kadrlarni tayyorlashda taniqli akademiklardan U.A.Aripov, S.V.Starodubtsov, M.Z.Xamudxonov, V.K.Kabulov, G.R. Rahimov va professor B.U. Umarovlar xizmat ko‘rsatgan.“Injener fizika” fakulteti ni turli yillarda taniqli professorlar B.U.Umarov, G.R.Rahimov, A.K.Shakirov, X.Sh.Sharipov, I.R. Rashidov, akademik X.Z.Igamberdiyev, professorlar N.F.Zikrillayev, A.Nazarov, B.E.Umurzoqov, A.O‘.Mirisayev, O.O.Zaripov, dotsent Q.Abidov, M.Tursunovlar boshqarib kelgan.“Avtomatlashtirilgan tizimlarini boshqarish” fakultetini turli yillarda dotsent   G.N. Raximov, akademik N.R.Yusupbekov, dotsent V.N.Kogay,  professorlar P.F.Xasanov va S.S.Qosimovlar boshqarib kelgan.  2017 fakultetga boshlab yildanfizika-matematika fanlari nomzodi X.F.Zikrillayev rahbarlik qilmoqda.

Bugungi kunda fakultetda 9 ta ta’lim yo‘nalishi va 12 ta magisturatura mutaxasisligi bo‘yicha jami 1824 nafar talaba,  shulardan, 1745 nafar bakalavriat, 81 nafari magistratura bosqichida hamda 20 dan ortiq doktorantlar tahsil olmoqda.2018-2019 o‘quv yilida 3 nafar talaba “Beruniy” stipendiyasiga sazovor bo‘ldi. Fakultetda jami 8 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularda 100 dan ortiq professor-o‘qituvchilar ta’lim beradi. Ulardan 3 nafari O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi akademiklari (o‘zlarining ilmiy maktabiga ega bo‘lgan akademik N.R Yusupbekov, akademik M.K.Baxadirxanov,   akademik  X.Z.Igamberdiyev), 20 nafari fan doktori, 22 nafari fan nomzodlaridir. Elektronika va avtomatika fakulteti Respublikaning “O‘zbekkimyo” AJ, “Foton” AJ, “Artel” AJ, “Biokimyo” AJ, “Maxam Chirchik” AJ, “Maxam Ammofos” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “Farg‘ona Azot”AJ, “NavoiAzot”AJ, “Olmaliq tog‘- metallurgiya kombinati” AJ, Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlari,  Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, Sho‘rtan, Muborak, Ustyurt gazni qayta ishlash zavodlari, Dexqonobodkaliy o‘g‘itlari zavodi, Ustyurt soda zavodi, “Ximavtomatika” AJ, «Eriel» QK,  “Intel Engineering” AJ QK  va iqtisodiyotning turli sanoat korxonalari uchun elektronika va kibernetika sohasidagi mutaxasislar tayyorlab beradi.Dunyoning yetakchi davlatlari Germaniya Federetiv Respublikasi, Yaponiya, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Koreya Respublikasi va ko‘pgina MDH davlatlarining yetakchi universitetlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan fa’ol hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

 

Hozirda fakultetda asosiy shtatda 142 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar, shundan 16 nafar fan doktorlari, professorlar, 39 nafar fan nomzodlari, dotsentlar.  Ilmiy salohiyat  39 %.

Fakultetda 7 ta bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi: Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi; Metallar texnologiyalari(metallarga bosim bilan ishlov berish); Metallar texnologiyalari(prokatlash texnologiyasi); Metallar texnologiyalari(quymakorlik texnologiyalari); Texnologik mashinalar va jihozlar (sovutish mashinasozligi); Tеxnоlоgik mаshinаlаr vа jihоzlаr (mаishiy tеxnikа vа jihоzlаrini ishlаb chiqаrish); Payvandlash texnologiyasi va jihozlari bo‘yicha bakalavrlar va 9 ta magistratura mutaxassisligi: Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi; Metallurgiya mashinalari va jihozlari(ta’mirlash ishlab chiqarish); Metallurgiya mashinalari va jihozlari(quymakorlikda); Metallarga bosim bilan ishlov berish (metallarni prokatli ishlab chiqarish); Metallarga bosim bilan ishlov berish(metallarga ishlov berish); Sovutish, kriogen texnikasi va mo‘ta’dillash tizimlari mashinalari hamda agregatlari; Quymakorlik ishlab chiqarishi texnologiyasi; Kukunli metallurgiya, kompozitsion materiallar, qoplamalar; Payvandlash ishlab chiqarish texnologiyasi va jihozlari bo‘yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.  

Mexanika fakultetida ilmiy-tadqiqot ishlar davlat grantlari va korxonalar bilan tuzilgan xo‘jalik shartnomalar asosida olib boriladi. Fakultetda barcha doktorant, magistratura mutaxassisliklari hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalar davlat grantlari va xo‘jalik shartnomalari asosida bajariladigan ilmiy ishlarga jalb etilgan.

Fakultetda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida taniqli olimlar, fan arboblari, professorlar, kafedra mudirlari va dekanat xodimlari bilan davra suhbatlari o‘tkazilib boriladi.

Fakultetga qarashli 56-Talabalar turar joyida talabalarning yashashi va dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Talabalar turar joyida muntazam ravishda ma’naviyat xonasi faoliyat ko‘rsatadi. Ma’naviyat xonasida turli davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy dam olish tadbirlari, uchrashuvlar o‘tkazilib boriladi. Bundan tashqari talabalar turar joyida yashayotgan talabalar bilan IIB xodimlari va universitet rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazilib boriladi.

Ta'lim yo'nalishlari

35
  • Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100
    Bakalavr
  • Barqaror transport 60711900
    Bakalavr
  • Biotexnologiya 60710200
    Bakalavr
  • Biotexnologiya 70710201
    Magistr
  • Biotibbiyot muhandisligi 60711100
    Bakalavr
  • Dizayn 60210400
    Bakalavr
  • Dizayn (mediadizayn) 70210401.
    Magistr
  • Dizayn: sanoat dizayni
    Bakalavr
  • Elektr izolatsiyali va kabelli texnika 70710502
    Magistr
  • Elektr ta'minoti 70710407
    Magistr
  • Elektr ta'minoti 70710407
    Magistr
  • Elektronika va asbobsozlik 60710700
    Bakalavr
  • Gidroenergetika 60710600
    Bakalavr
  • Iqtisodiyot 60410100
    Bakalavr
  • Iqtisodiyot 60410100
    Bakalavr
  • Korporativ boshqaruv 70410804
    Magistr
  • Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi 61020200
    Bakalavr
  • Menejment 60410800
    Bakalavr
  • Neft va gaz ishi 60721100
    Bakalavr
  • Neft va gaz konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi 70720902
    Maktab Kollej Bakalavr Magistr Tayyorlov dasturi
  • Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
    Bakalavr
  • Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi 60720600
    Bakalavr
  • Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
    Bakalavr
  • Qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. 60810700
    Bakalavr
  • Qurilish muhandisligi 60730300
    Bakalavr
  • Radioelektron qurilmalar va tizimlar
    Bakalavr
  • Robototexnika 70711002
    Magistr
  • Sun'iy intellekt 60610500
    Bakalavr
  • Sun'iy intellekt 70610501
    Magistr
  • Sun'iy intellekt 60610500
    Bakalavr
  • Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish 60710900
    Bakalavr
  • Texnologik mashinalar va jihozlar 60720400
    Bakalavr
  • Texnologik mashinalar va jihozlar 60720400
    Bakalavr
  • Transport vositalari muhandisligi 60711400
    Bakalavr
  • Transport vositalari muhandisligi. 70711401
    Magistr

Hech narsa topilmadi

Mashhur bitiruvchilar

6

Islom Abdug'aniyevich Karimov

O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov1955 yilda O'rta Osiyo politexnika instituti(hozir Toshkent Davlat Texnika universiteti)ga o'qishga kirgan va mazkur oliygohni 1960 yilda “muhandis-mexanik” mutaxassisligi bo'yicha tahsil olgan. Islom Abdug'aniyevich o'ndan ortiq xorijiy mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, professor hamda akademikligiga saylangan. U 10lab ilmiy, siyosiy,ma'anviy kitoblar muallifi hisoblanadi. Faoliyati davomida dunyodagi 100dan ortiq davlatlarga tashriflar amalga oshirgan va o'zaro hamkorlik strategik sheriklik va shu kabi munosabatlarni mustahkamlash uchun suhbatlar o'tkazgan. Davlatning rivojiga qo'shgan ulkan hissasi uchun Islom Karimov "O'zbekiston Qahramoni“ unvoni, „Mustaqillik“ ordeni mukofoti va "Amir Temur" ordeni 60dan ortiq chet davlatlarida mukofotlar hamda faxriy unvonlar bilan mukofotlangan.

Botir Erkinovich Zokirov

Botir Erkinovich Zokirov Botir Irkinovich Zokirov 1963 yil 28-iyul Toshkent shahrida tavallud topgan 2016 yildan O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi raisi. 2008 yildan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a'zosi. Shuningdek, u O'zbekiston Respublikasi Kommunal xo'jaligi, transport, kapital qurilish va qurilish sanoati masalalari majmuasi rahbari hisoblanadi. Botir Erkinovich Zokirov 1963 yil 28 iyul Toshkent shahrida tavallud topgan. Toshkent politexnika institutini (Hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) quruvchi-muhandis mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan. 2019-yildan – hozirgi vaqtgacha O'zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri lavozimida faloiyat yuritib kelmoqda

Sherzod Xotamovich Shermatov

Sherzod Xotamovich Shermatov 1977-yil 7-aprelda Toshkent shahrida tug'ilgan Ma'lumoti oliy. 1993—1998-yillarda Toshkent davlat texnika universitetini, 1998—2000-yillarda Аmerika Qo'shma Shtatlari Yale universitetini tamomlagan 2018—2021-yillarda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri, 2021-yil 17-noyabrdan 2022-yil 30-dekabrgacha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri sifatida faoliyat olib borgan. 2022-yil 30-dekabrdan O'zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri lavozimiga tayinlangan

Narimon Majitovich Umarov

Narimon Majitovich Umarov — O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud-huquq masalalari qo'mitasi raisi (2020-yildan), O'zbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi (2015-2020), partiyadan prezidentlikka nomzod bo'lgan 1974-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — muhandis-gidrogeolog. Geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.

Sardor Rahimxon

Asl ismi sharifi: Sanjar Mirahmedovich Rahimov; 1981-yil 3-sentabr, Toshkent, O'zbekiston SSR) – taniqli o'zbek qo'shiqchisi, radio boshlovchi (2002—2005). Shou-biznes sohasida faoliyat yuritgan (2005—2018). Nihol mukofoti sovrindori (2006). O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist 2019-yildan xayriya-insonparvarlik ishlariga boshchilik qilib kelmoqda. Uning boshchiligida „Yurak amri“ insonparvarlik loyihasi tashkil etilgan. 2020-yilda „Mehr-saxovat“ ko'krak nishoni bilan taqdirlangan. 2023-yil 1-noyabrda „Vaqf“ xayriya jamoat fondi rahbari o'rinbosari – xayriya ishlari bo'yicha direktori etib tayinlandi.

Ulug'bek Ilyosovich Inoyatov

1985-yilda Toshkent politexnika institutini tugatgan, 1998-yilda Toshkent moliya institutini tugatgan. 1985—1993-yillarda Toshkent politexnika institutida assistent, aspirant vazifalarida faoliyat yuritgan. 2019-yildan O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi hamda 2020-yildan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o'rinbosari. 2019-yildagi saylov kompaniyasi davrida deputatlikka nomzod

Talabalar fikri

1
Men 2022-2023 yillarda TDTU magistratura talabasi bo'ldim, ilmiy va o'quv sohasida faolligim meni Khalifa universitetiga grant asosida talabalar almshinuv loyihasiga qatnashishga imkon berdi, bu dasturda va TDTU talabasi bo'lganimdan faxirlanaman
Y Yigitaliyev Jaloliddin