Termiz davlat universiteti
Termiz shahri, Barkamol avlod ko'chasi, 43-uy
$382
Eng arzon kontrakt, yiliga
17,530
Talabalar
22
Xorijiy talabalar
690
O'qituvchilar
12
Fakultetlar
46
Kafedralar
Dasturlar
1481 USD = 12 002.93 so'm
Kimyo (turlari bo'yicha)
8 140 000 so'm
yiliga · ≈ $678
Iqtisodiyot
$1,200
yiliga · ≈ 14 404 000 so'm
Turizm va mehmondo'stlik
8 140 000 so'm
yiliga · ≈ $678
Tarix
9 485 300 so'm
yiliga · ≈ $790
Tarix
8 140 000 so'm
yiliga · ≈ $678
Amaliy matematika (sohalar bo'yicha)
6 165 500 so'm
yiliga · ≈ $514
Lingvistika (ingliz tili)
11 155 000 so'm
yiliga · ≈ $929
Lingvistika (rus tili)
10 185 000 so'm
yiliga · ≈ $849
Menejment
7 124 500 so'm
yiliga · ≈ $594
Arxeologiya
7 770 000 so'm
yiliga · ≈ $647
Sanoat chiqindilarini tozalash (rekuperatsiya)
9 416 400 so'm
yiliga · ≈ $785
Filologiya va tillarni o'qitish: Xitoy tili
9 780 000 so'm
yiliga · ≈ $815
Xorijiy talabalar uchun
Hozirgi kunda Termiz davlat universitetida turli millat vakillari ta’lim olib kelmoqda. Jumladan, Turkiya, Rosssiya, Afg‘oniston, Tojikiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlar shular jumlasidandir. Ushbu xorijiy talabalar uchun universitetda ta’lim olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bularga:
1. Internet tarmog‘i;
2. Kutubxona;
3. IT park;
4. Sport zallari;
5. Talabalar uchun oshxona;
6. Talabalarni dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish uchun har hafta shanba va yakshanba kunlari turli xil madaniy tadbirlar;
7. Xorijiy til kurslari;
8. Talabalar duch keladigan turli xil qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun universitet tomonidan alohida tyutor va professor-o‘qituvchilar biriktirilgan.
9. Bitiruvchilarni O‘zbekistonda ish bilan ta’minlash yoki keyingi ta’limga tayyorgarlik ko‘rish yoki kirish uchun universitet tomonidan amaliy yordam berish ham yo‘lga qo‘yilgan.
Chet ellik talabalarni qabul qilish tartibi.
Chet ellik talabalar onlayn tarzda ariza topshirishadi. Talab etilgan hujjatlar ko'rib chiqilgandan so'ng talaba suhbatga taklif etiladi. Suhbat talaba tanlagan soha bo'yicha mutaxassis tomonidan olib boriladi. Suhbat natijasiga ko'ra talaba o'qishga qabul qilinadi.
Viza olish tartibi.
Chet ellik talabalar uchun viza olish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
- Talaba o'qishga qabul qilinganidan keyin buyruq rasmiylashtiriladi;
- Buyruq rasmiylashtirilganidan keyin Tashqi Ishlar Vazirligiga viza olish bo'yicha anketa universitet tomonidan to'ldiriladi;
- Anketa ko'rib chiqilganidan keyin talabaga viza beriladi;
- Shundan so'ng talaba O'zbekiston Respublikasi hududida o'qish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Xalqaro hamkorlik
Hozirda TerDU dunyoning turli mamlakatlaridagi 100 dan ortiq nufuzli universitet va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan faol hamkorlik olib bormoqda. Ular qatoriga Jiangsu universiteti va Northwest universiteti (Xitoy), Salento universiteti (Italiya), Poitiers universiteti (Fransiya), Kaliforniya shtati universiteti (AQSH), London universitet kolleji va Kardiff universiteti (Buyuk Britaniya), Universiti Utara Malaysia, Universiti Malaysia Perlis va Universiti Malaysia Terengganu (Malayziya), Aligarh musulmon universiteti va Mumbay texnologiya universiteti (Hindiston), Charles universiteti (Chexiya), Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti, Auezov Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti va L.N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti (Qozog‘iston), shuningdek, Gedik universiteti, Istanbul universiteti va Ege universiteti (Turkiya) kiradi. Universitet ushbu hamkorliklar doirasida qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy-tadqiqot loyihalari, o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, hamda ikki diplomli ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, global integratsiyalashgan akademik muhitni shakllantirmoqda. Masalan, TerDU Jiangsu universiteti (Xitoy), Vladimir davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi) va Polotsk davlat universiteti (Belarus) bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘ygan.
Talabalar uchun imkoniyatlar
Termiz davlat universitetida yetuk yutuqlarga erishgan talabalar tahsil olishgan va olishmoqda. Universitet talabalari xalqaro va respublikaning turli xil fan olimpiadalari va sport musobaqalarida yutuqli o'rinlarni egallashmoqda. Akademik mobillik bo'yicha Germaniya, AQSH, Slovakiya, Chexiya va boshqa davlatlar OTMlarida tahsil olishmoqda. Universitet bitiruvchilari nufuzli joylarda ishlashmoqda.
Video va rasmlar
17Fakultetlar
12Axborot texnologiyalari fakultetida hozirda 7 ta ta’lim yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular:
5110100-Matematika va informatika
60540201-Amaliy matematika
606110100-Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
60610500-Kompyuter injiniringi
60610600-Dasturiy injiniringi
60610100-Axborot tizimlari va texnologiyalari
60112400-Professional ta'lim: axborot tizimlari va texnologiyalari
Fakultetda 3 ta kafedra mavjud ular:
Amaliy matematika kafedrasi mudiri
Kompyuter va dasturiy injiniringi
Matematik madellashtirish va kompyuter ilmlari
2020-yil Axborot texnologiyalari fakulteti tashkil qilingan.
2023-yil 26 avgustdagi universitet kengashi qarori bilan Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti nomiga o’zgartirilgan
2024-yil 30 avgustdagi universitet kuzatuv kengashi qarori bilan Axborot texnologiyalari fakulteti fakulteti nomiga o’zgartirilgan.
Xorijiy filologiya (avvalgi Chet tillar) fakulteti 1991 yilda Tarix-filologiya fakultetidan ajralib chiqqan. 2008-2015 yillarda Filologiya fakulteti tarkibida, 2017 yilda universitet tuzilmasiga kiritilgan o‘zgartirishdan so‘ng sobiq chet tillar fakulteti Xorijiy filologiya va rus filologiyasi fakultetlariga ajralgan.
2017 yildan Xorijiy filologiya fakulteti nomi bilan faoliyat ko‘rsatmoqda. Fakultetda 4 ta bakalavriat ta`lim yo`nalishi, 2 mutaxasisilik bo`yicha magistrlar tayyorlanadi:
- 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili,
- 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili,
- 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili,
- 61010500–Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar hamda
- 70230101 – Lingvistika (ingliz tili)
-70230101 – Lingvistika (nemis tili).
Ayni paytda filologiya fakulteti tarkibida 4 ta kafedra mavjud:
- Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi;
- Roman-german tillari kafedrasi;
- Fakultetlararo chet tillar kafedrasi;
- Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi.
Termiz davlat pedagogika instituti qoshida fizika va matematika fanlaridan mutaxassis kadrlar tayyorlash 1967 yilda Tabiiy fanlar fakulteti qoshida fizika va matematika bo‘limlari ochilishi bilan boshlangan. 1971 yilda Fizika-matematika fakulteti tashkil etilagan.
Fakultetda 4 ta kafedra mavjud. Ular:
Matematik analiz kafedrasi
Algebra va geometriya kafedrasi
Umumiy fizika kafedrasi
Nazariy fizika kafedrasi
1992-yil Iqtisodiyot mutaxassisligi geografiya mutaxassisligi bilan birlashtirilib, Iqtisodiyot-geografiya fakulteti tashkil etildi.
1993-1994 o‘quv yilida Moliya - kredit mutaxassisligi ochilib, mazkur fakultet talabalar soni ko‘paydi. 1995-yil Iqtisodiyot-geografiya fakultetidan Moliya-menejment fakulteti ajralib chiqdi. Shu yildan Iqtisodiyot fakulteti ham alohida fakultet sifatida faoliyat yurita boshladi. 2004 yil ikkita fakultet birlashtirilib, Iqtisodiyot-moliya fakulteti tashkil etildi. 2007 yil Iqtisodiyot-moliya fakultetining nomi Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetiga o‘zgartirildi. 2010 yil Iqtisodiyot fakulteti deb nomlandi. 2015 yil sentabr oyidan boshlab, fakultetning nomi Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet bo‘lib o‘zgargan. 2018 yil sentyabr oyidan boshlab fakultetning nomi Iqtisodiyot va turizm fakulteti deb atala boshlandi.
Fakultetda 5 ta kafedra mavjud ular:
Iqtisodiyot kafedrasi
Raqamli iqtisodiyot, biznes boshqaruvi va ekonometrika kafedrasi
Moliya kafedrasi
Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi
Turizm va mehmonxona xo'jaligi kafedrasi
“Tabiiy fanlar” fakulteti 1965 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bu fakultet bazasida 1971 yilda “Fizika-matematika”, 1988 yilda “Pedagogika va psixologiya”, 1992 yilda “Iqtisodiyot”, “Ximiya”, 1995 yilda “Jismoniy madaniyat” fakultetlari ajralib chiqdi.
1996 yili “Geografiya” ta’lim yo‘nalishining qayta qo‘shilishi tufayli “Tabiiyot – geografiya”, keyinchalik Tabiiy fanlar fakulteti deb nomlana boshlandi.
Fakultetda 4 ta kafedra mavjud. Ular:
Botanika kafedrasi
Zoologiya kafedrasi
Geografiya kafedrasi
Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi
Universitetda ko‘p yillardan buyon malakali tarix mutaxassislari tayyorlanmoqda. 1967—1968 o‘quv yilidan boshlab tarix-geografiya bo‘limi tashkil etilib, talabalar soni 50 nafar bo‘lgan. 1977—1978 o‘quv yilida talabalarning soni orta borishi munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti rektorining maxsus buyrug‘i bilan tarix va xorijiy tillar fakulteti tashkil qilindi.
Fakultetda 4 ta kafedra mavjud:
Jahon tarixi kafedrasi
O'zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi
Arxeologiya kafedrasi
Falsafa kafedrasi
2018-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning farmoni bilan Respublika oliy ta’lim muassasalarida San’atshunoslik fakultetlari tashkil etildi.
2021-yil sentabr oyidan Universitet rektori A.R.Maraximovning buyrug‘i asosida Miliy libos va dizayn hunarmandchilik va kulolchilik hamda san’atshunoslik fakultetlari qo‘shilib ‘‘Milliy libos va san’at’’ fakulteti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Fakultetda 4 ta kafedra mavjud. Ular:
Musiqa ta’limi kafedrasi
Badiiy grafika va dizayn kafedrasi
Texnologik ta’lim kafedrasi
Milliy libos va kashtachilik to‘qimachilik kafedrasi
1965 yilda Termiz davlat pedagogika instituti tashkil etildi va unda dastlab jismoniy tarbiya, pedagogika va psixologiya qo‘shma kafedrasi nomi bilan o‘z faoliyatini boshlagan.
1967 yildan boshlab institutda mustaqil jismoniy tarbiya kafedrasi faoliyat yurita boshlagan. 1969 yili institutda “Jismoniy tarbiya bo‘limi” ochildi.
2015 yili kafedraning nomi “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”dan “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” deb nomlandi.
Fakultetda 2 ta kafedra mavjud:
Sport boshqaruvi kafedrasi
Jismoniy tarbiya va sport o'yinlari kafedrasi
O‘zbek filologiyasi fakulteti 2015-yilda Filologiya fakultetidan (xorijiy filologiya, rus filologiyasi, o‘zbek filologiyasi) ajralib, alohida fakultet sifatida tashkil etilgan. Hozirda fakultetda 52 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib, ularning 3 nafari fan doktori, 14 nafari fan nomzodi va PhD hisoblanadi. Fakultet professor-o‘qituvchilaridan 7 nafari dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lsa, 16 nafari katta o‘qituvchi va 22 nafari o‘qituvchi sanaladi.
Fakultetda 3 ta kafedra mavjud. Ular:
O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
Ijtimoiy fanlar fakulteti 1988-yilda Tabiiyot fakulteti tarkibidan “Pedagogika va psixologiya” nomi bilan alohida fakultet sifatida ajralib chiqdi, Ayni paytda, fakultet tarkibidagi 4 ta kafedrada 61 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan 1 nafar fan doktori, professor, 20 nafari fan nomzodi, falsafa doktori PhD, 8 nafar katta o‘qituvchi, 18 nafar o‘qituvchi, 14 nafar stajyor-o‘qituvchi.
Fakultetda 4 ta kafedra mavjud. Ular:
Psixologiya kafedrasi
Pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi
Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi
Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi
Termiz davlat universitetining yangi tuzilmasiga asosan 2021 yilning 26 avgustida tashkil etilgan bo‘lib, fakultetda 46 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Fakultet professor-o‘qituvchilaridan: 4 nafari kimyo va texnika fanlari doktorlari, professorlar, 8 nafari fan nomzodlari, dotsentlar, 5 nafari kimyo va texnika fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktorlari, 9 nafari katta o‘qituvchilar va 20 nafari o‘qituvchilardir. So‘nggi ikki yilda fakultetda 2 ta doktorlik dissertatsiyasi va 7 ta kimyo va texnika fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktorlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Fakultetda 4 ta kafedra mavjud ular:
- Noorganik kimyo kafedrasi
- Analitik kimyo kafedrasi
- Organik kimyo kafedrasi
- Fizikaviy kimyo kafedrasi
Termiz davlat universitetida Yuridik fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-sonli “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni asosida 2020-yilning avgust oyida tashkil etilgan.
Fakultetda jinoyat huquqi va fuqarolik jarayoni kafedrasi mavjud
Ta'lim yo'nalishlari
145-
Adabiyotshunoslik: o'zbek adabiyoti 702230104Magistr
-
Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti 70230104Magistr
-
Amaliy filologiya 60230700Bakalavr
-
Amaliy matematika 60540200Bakalavr
-
Amaliy matematika (sohalar bo'yicha) 70540201Magistr
-
Amaliy san'at (badiiy kulolchilik) 60210800Bakalavr
-
Amaliy san'at (turlari bo'yicha) 60210800Bakalavr
-
Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo) 70530104Bakalavr
-
Arxeologiya 70220401Magistr
-
Arxeologiya 60220400Bakalavr Magistr
-
Arxitektura 60730100Bakalavr
-
Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100Bakalavr
-
Bank ishi 60410600Bakalavr
-
Bino va inshootlar qurilishi (inshootlar turi bo'yicha) 70730301Magistr
-
Biologiya 60510100Bakalavr
-
Biologiya (fan yo'nalishi bo'yicha) 70510101Magistr
-
Biologiya (turlari bo'yicha) 60510100Bakalavr
-
Biznesni boshqarish 60410900Bakalavr
-
Boshlang'ich ta'lim 60110400Bakalavr
-
Buxgalteriya hisobi 60410200Bakalavr
-
Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) 70410101Magistr
-
Cholg'u ijrochiligi (an'anaviy cholg'ular) 60211501Bakalavr
-
Cholg'u ijrochiligi (xalq cholg'ulari) 60211500Bakalavr
-
Cholg'u ijrochiligi: estrada cholg'ulari (zarbli cholg'ular) 60211500Bakalavr
-
Dasturiy injiniring 60610400Bakalavr
-
Davlat boshqaruvi huquqi 70420106Magistr
-
Davlat va jamiyat boshqaruvi 60420200Bakalavr
-
Dizayn (kostyum dizayni) 70210401Magistr
-
Dizayn (kostyum) 60210400Bakalavr
-
Dizayn (sanoat dizayni) 60210403Bakalavr
-
Dizayn: kompyuter grafikasi va badiiy foto 60210400Bakalavr
-
Dizayn: libos va gazlamalar 60210400Bakalavr
-
Ekologiya 70520202Magistr
-
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi 60520200Bakalavr
-
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) 60710400Bakalavr
-
Etnografiya, etnologiya va antropologiya. 70220601Magistr
-
Filologiya va tillarni o'qitish: Fransuz tili 60230100Bakalavr
-
Filologiya va tillarni o'qitish: Ingliz tili 60230100Bakalavr
-
Filologiya va tillarni o'qitish: Nemis tili 60230100Bakalavr
-
Filologiya va tillarni o'qitish: Rus tili 60230100Bakalavr
-
Filologiya va tillarni o'qitish: Xitoy tili 60230100Bakalavr
-
Filologiya va tillarni o'qitish: fors tili 60230100Bakalavr
-
Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili 60230100Bakalavr
-
Filologiya va tillarni o'qitish: pushtu tili 60230100Bakalavr
-
Filologiya va tillarni o'qitish: yapon tili 60230100Bakalavr
-
Fizika 70530501Magistr
-
Fizika 60530500Bakalavr
-
Fizika (yo'nalishlar bo'yicha) 70530501Magistr
-
Geografiya 70530201Magistr
-
Geografiya 60530200Bakalavr
-
Ijtimoiy ish 60920100Bakalavr
-
Inson resurslarini boshqarish 60411000Bakalavr
-
Iqtisodiyot 60410100Bakalavr
-
Iqtisodiyot 70410102Magistr
-
Jismoniy madaniyat 60112200Bakalavr
-
Jurnalistika 60320100Bakalavr
-
Kimyo (fan yo'nalishi bo'yicha) 70530101Magistr
-
Kimyo (turlari bo'yicha) 60530100Bakalavr
-
Kimyo muhandisligi 60710100Magistr
-
Kimyo muhandisligi 60710100Bakalavr
-
Kompyuter grafikasi va dizayn 70210402Bakalavr Magistr
-
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo'nalishlar bo'yicha) 60610100Bakalavr
-
Kompyuter injiniringi 60610300Bakalavr
-
Kompyuter lingvistikasi 70230801Magistr
-
Kompyuter lingvistikasi 60230400Bakalavr
-
Kompyuter lingvistikasi 70230401Magistr
-
Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti 70610201Magistr
-
Konchilik ishi 60720800Bakalavr
-
Kutubxona axborot faoliyati 60320400Bakalavr
-
Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha) 60320400Bakalavr
-
Lingvistika (ingliz tili) 70230101Magistr
-
Lingvistika (nemis tili) 70230101Magistr
-
Lingvistika (rus tili) 70230101Magistr
-
Lingvistika: o'zbek tili 70230101Magistr
-
Logistika 61010400Bakalavr
-
Madaniyatshunoslik 60211800Bakalavr
-
Maktabgacha ta'lim 60110200Bakalavr
-
Maktabgacha ta'lim psixologiyasi va pedagogikasi 60110300Bakalavr
-
Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda jismoniy tarbiya va sport 60111900Bakalavr
-
Matematika 60540100Bakalavr
-
Matematika (yo'nalishlar bo'yicha) 70540101Magistr
-
Matematika va informatika 60110600Bakalavr
-
Materialshunoslik 60720300Bakalavr
-
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: o'zbek tili 70230105Magistr
-
Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va boshqarish 61010100Bakalavr
-
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi 61020200Bakalavr
-
Menejment 60410800Bakalavr
-
Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi 60111100Bakalavr
-
Moliya 70410501Magistr
-
Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500Bakalavr
-
Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish 70310107Magistr
-
Musiqa ta'limi 60110600Bakalavr
-
Muzeyshunoslik (turlari bo'yicha) 60212100Bakalavr
-
Neft va gaz kimyosi 60530200Bakalavr
-
Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi 70530103Magistr
-
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 60720600Bakalavr Magistr
-
O'zga tilli guruhlarda o'zbek tili 70111601Bakalavr
-
Professional ta'lim (yo'nalishlar bo'yicha) 60112400Bakalavr
-
Professional ta'lim nazariyasi va metodikasi (mutaxassisliklar bo'yicha) 70112401Magistr
-
Psixologiya 70310301Magistr
-
Psixologiya 60310300Bakalavr
-
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 60712100Magistr
-
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik. 70230201Magistr
-
Qo'shma ta'lim dasturi 60610500Bakalavr
-
Qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari 70730309Magistr
-
Rangtasvir (dastgohli) 60210500Bakalavr
-
Rangtasvir (turlari bo'yicha) 60210500Bakalavr
-
Sanoat chiqindilarini tozalash (rekuperatsiya) 70710403Magistr
-
Soliqlar va soliqqa tortish 60410300Bakalavr
-
Sotsiologiya 60310400Bakalavr
-
Sport faoliyati 71010201Magistr
-
Sport faoliyati (basketbol) 61010201Bakalavr
-
Sport faoliyati (boks) 61010200Bakalavr
-
Sport faoliyati (dzyudo) 61010200Bakalavr
-
Sport faoliyati (kurash) 61010200Bakalavr
-
Sport faoliyati (voleybol) 61010200Bakalavr
-
Sport faoliyati (yengil atletika) 61010200Bakalavr
-
Sport faoliyati: erkin kurash 61010200Bakalavr
-
Sport faoliyati: futbol 61010200Bakalavr
-
Sport faoliyati: mini futbol 61010200Bakalavr
-
Sport faoliyati: qo'l to'pi 61010213Bakalavr
-
Sport faoliyati: taekvondo (WTF) 61010214Bakalavr
-
Sun'iy intellekt 60610500Bakalavr
-
Sun'iy intellekt 60610500Bakalavr
-
Ta'lim muassasalarining boshqaruvi 70110103Magistr
-
Tarix 60220300Bakalavr
-
Tarix 70220301Magistr
-
Tarix (mamlakatlar va yo'nalishlar bo'yicha) 60220300Bakalavr
-
Tarix (yo'nalishlar va faoliyat turi bo'yicha) 70220301Magistr
-
Tarjima nazariyasi va amaliyotii: Ingliz tili / Rus tili / Nemis tili 60230200Bakalavr
-
Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi 60110500Bakalavr
-
Texnologik ta'lim 60111300Bakalavr
-
Transport logistikasi (transport turlari bo'yicha) 61040100Bakalavr
-
Tuproqshunoslik 60530700Bakalavr
-
Turizm va mehmondo'stlik 71010101Magistr
-
Turizm va mehmondo'stlik 61010100Bakalavr Magistr
-
Turizm va mehmondo'stlik 71010101Bakalavr
-
Vokal san'ati (An'anaviy xonandalik) 60211400Bakalavr
-
Vokal san'ati: estrada xonandaligi 60211400Bakalavr
-
Xalq ijodiyoti 60211700Bakalavr
-
Xalq ijodiyoti (Folklor va etnografiya) 60211900Bakalavr
-
Xalqaro munosabatlar 60310200Bakalavr
-
Yarim o'tkazgichlar fizikasi 70530905Magistr
-
Yurisprudensiya 60420100Bakalavr
-
Yurisprudensiya: (faolioyat turlari bo'yicha) 60420100Bakalavr
Hech narsa topilmadi
Mashhur bitiruvchilar
7
Toshqulov Abduqodir Hamidovich
Kichkilov Sherxon Xamzayevich
Ahmedov O'ral Choriyevich
Normamatov Xudoyberdi Pormanovich
To'xtayev Azamat Berdimurodovich
Tog'ayev G'afur Erkin o'g'li
Abdulatif Jumazoda
Talabalar fikri
3Termiz davlat universitetida Ingliz tili lingvistikasi yo'nalishi bo'yicha doktoranturada tahsil olish men uchun nihoyatda foydali va boy tajriba bo'ldi. Mening ushbu oliy ta'lim muassasasidagi ilmiy yo'lim ancha ilgari, 2021–2022 yillarda ingliz tili lingvistikasi bo'yicha magistratura bosqichida boshlangan bo'lib, u davrda talaffuzdagi muammolarni chuqur o'rgangan edim. O'sha vaqt davomida ilmiy rahbarim PhD Xudayqulov A.E. bilan yaqindan ishlash baxtiga muyassar bo'ldim, u kishining dono maslahatlari hozirgi ilmiy faoliyatim uchun mustahkam poydevor yaratdi. Hozirda mening doktorlik dissertatsiyam ingliz va dariy tillari o'rtasidagi fonologik ta'sirlarni o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, bu tillarning ona tilida so'zlashuvchi jamoalardagi o'zaro ta'sirlarini tahlil qilmoqda. Ilmiy rahbarim PhD Xoshimxo'jayeva Mohiruxning doimiy qo'llab-quvvatlovi va ilhomlantiruvchi rahbarligi ostida lingvistik nozikliklarni chuqurroq tushunib yetishga muvaffaq bo'ldim. Shuningdek, universitet keng qamrovli kutubxonasi va zamonaviy ilmiy tadqiqot imkoniyatlari bilan ta'limimni katta darajada qo'llab-quvvatlamoqda. Universitet tomonidan muntazam o'tkaziladigan seminarlar, amaliy mashg'ulotlar va xalqaro konferensiyalar esa mening ilmiy tarmog'imni kengaytirib, dunyo miqyosidagi nufuzli tilshunoslar bilan aloqalar o'rnatishimga yordam berdi. Umuman olganda, Termiz davlat universitetidagi magistratura va doktorantura bosqichlaridagi tajribam barcha kutganlarimdan yuqori bo'ldi. Tilshunoslikka mehr qo'ygan va bu sohada sezilarli hissa qo'shishni istagan har bir kishiga ushbu universitetni chin dildan tavsiya qilaman. Muhammad Aref Ansari
Muhammad Aref Ansari
Mening ismim Muslih Ahmad Shikib. Men O'zbek filologiyasi fakulteti o'qituvchisiman va Termiz Davlat Universitetining magistratura bosqichini tamomlaganman. Termiz Davlat Universiteti menga ilhomlantiruvchi akademik muhitni taqdim etdi, bu yerda ta'lim faqat auditoriya bilan cheklanib qolmasdi. Universitetga ilk qadam qo'yganimdayoq, o'zimni olimlar, ustozlar va tengdoshlar jamoasida — jonli va g'amxo'r ilmiy hamjamiyatda his qildim. Universitetning ilmiy mukammallikka bo'lgan sadoqati va talabalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashi har bir ma'ruza, seminar va ilmiy tadbirlarda yaqqol namoyon bo'ldi. Fidoyi va tajribali ustozlarim mening fikriy ufqlarimni kengaytirishda va ilmiy yo'nalishimda yo'l ko'rsatishda muhim rol o'ynadi. Ularning rag'bati va donishmand rahnamoligi meni ilmiy izlanish olib borishga, tanqidiy fikrlashga va o'rganayotgan sohamga munosib hissa qo'shishga undadi. Termiz Davlat Universitetida tahsil olgan davrimdagi eng esda qolarli jihatlardan biri — bu inklyuziv va faol talabalar hayoti bo'ldi. Turli madaniyat va kelib chiqishga ega talabalar bilan hamkorlikda ishlash, madaniy tadbirlar, ilmiy konferensiyalar va darsdan tashqari mashg'ulotlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldim. Bu tajribalar meni har tomonlama yetuk inson sifatida shakllantirishga yordam berdi. Ular menga jamoaviy ishlash, turli madaniyat vakillari bilan samarali muloqot qilish va liderlik ko'nikmalarini o'rgatdi — bu qobiliyatlar hozirda ham professional, ham shaxsiy hayotimda as qotmoqda.
Muslih Ahmad Shikib
Tarmoqli va sohalar bo'yicha iqtisodiyot" yo'nalishi bo'yicha Termiz davlat universitetida magistratura ta'limi olish men uchun nafaqat akademik, balki kasbiy jihatdan ham qimmatli bosqich bo'ldi. Ta'lim jarayonida men sohaviy va amaliy iqtisodiyot bo'yicha fundamental bilimlarga ega bo'ldim, iqtisodiy jarayonlarni makro va mikro darajada tahlil qilishni, shuningdek, olingan bilimlarni iqtisodiyotning aniq sohalarida qo'llashni o'rgandim. Fakultetning professor-o'qituvchilar jamoasiga ularning yuqori professionalligi, yordami va e'tiborli munosabati uchun alohida minnatdorlik bildiraman. Termiz davlat universitetida tahsil olish mening keyingi kasbiy o'sishim va shaxsiy rivojlanishim uchun mustahkam asos bo'ldi.
Maxdis Subxonova