O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti
Toshkent shahar, Shayxontohur tuman, Botir Zakirov ko'chasi 1
$3,310
Eng arzon kontrakt, yiliga
548
Talabalar
6
Xorijiy talabalar
71
O'qituvchilar
2
Fakultetlar
19
Kafedralar
Dasturlar
181 USD = 12 002.93 so'm
Bastakorlik san'ati ta'lim
43 341 192 so'm
yiliga · ≈ $3,611
Musiqa san'ati
43 960 000 so'm
yiliga · ≈ $3,662
Bastakorlik san'ati
39 729 426 so'm
yiliga · ≈ $3,310
Vokal san'ati: estrada xonandaligi
43 341 192 so'm
yiliga · ≈ $3,611
Cholg'u ijrochiligi: estrada cholg'ulari (saksofon)
39 729 426 so'm
yiliga · ≈ $3,310
Cholg'u ijrochiligi: estrada cholg'ulari (fleyta, goboy)
39 729 426 so'm
yiliga · ≈ $3,310
Vokal san'ati: estrada xonandaligi
39 729 426 so'm
yiliga · ≈ $3,310
Cholg'u ijrochiligi: estrada cholg'ulari (truba)
39 729 426 so'm
yiliga · ≈ $3,310
Cholg'u ijrochiligi: estrada cholg'ulari (gitara)
39 729 426 so'm
yiliga · ≈ $3,310
Cholg'u ijrochiligi: estrada cholg'ulari (fortepiano)
39 729 426 so'm
yiliga · ≈ $3,310
Cholg'u ijrochiligi: estrada cholg'ulari (trombon)
39 729 426 so'm
yiliga · ≈ $3,310
Cholg'u ijrochiligi: estrada cholg'ulari: (skripka, alt)
39 729 426 so'm
yiliga · ≈ $3,310
Universitet haqida
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tarixi.
O'zbek estrada musiqasi nisbatan navqironligiga qaramay, muayyan tarixiy asosga ega. Uning shakllanishi va dastlabki davr taraqqiyotida hal qiluvchi ulushlarini qo'shgan ilk estrada san'atkorlarining yorqin ijrochilik salohiyati, boy va sermahsul faoliyat qamrovi zamonaviy o'zbek qo'shiqchiligining asos-zaminini tashkil etib, mazkur ommaviy san'at qatlamining XX asrning yangi va ommaviy san'ati sifatida kamol topishida muhim omillarga aylandi. XX asr jahon estradasi yulduzi, atoqli san'atkor, serqirra ijodkor Botir Zokirov (1936.26.04.-1985.23.1) aynan shunday shaxslar qatoriga kirgan. Uning ijodiy fenomeni tom ma'noda XX asr zamonaviy o'zbek musiqa madaniyati va san'atini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarishga sabab bo'ldi. Botir Zokirov xalqimiz orasida avvalambor yetuk estrada xonandasi sifatida tanilgan. Biroq, uning qisqa hayoti (49 yosh) davomida dramaturgiya, rejissura, kino, proza, tasviriy san'atda yozib qoldirgan asarlarida ham katta iste'dod tamg'asi bosilgan edi. B.Zokirov istedodining o'ziga xosligi, yorqin va betakror estrada talqin maktabi shakllanishiga, shuningdek, murakkabligi jihatidan nafaqat respublikamizda, balki Osiyoda yagona “Myuzik-xoll” kabi yetuk estrada jamoasining tug'ilishiga asos bo'lgan. Xonandaning estrada qo'shiqchiligida yaratgan betakror talqin va ijro uslubi Sharq va G'arb qo'shiqchilik an'analarining mushtarakligi. Estrada janridagi dastlabki tajribalari uchun Botir Zokirov Yevropa va sobiq SSSR estrada qo'shiqchiligida orttirilgan ko'nikmalarni Sharq ijrochiligining badiiy uslublari, ularning umumiy va individual xususiyatlari, o'xshash va farqli jihatlarini qiyoslash va omuxtaligini topish kabi “murakkab yo'l” orqali birinchilar qatorida o'zbek estradasini shakllanish pallasida uning milliy qiyofasini topishga harakat qilgan. Ko'p yillik tinimsiz mehnati, o'z ustida ishlashi, ansambl va estrada simfonik orkestrda olib borgan ijodiy faoliyati davomida erishgan natijalar zamirida Botir Zokirovga o'zi xos “shaxsiy” ijro uslubi yaratildi. Xonanda sahnada talqin etgan har bir asari qalban his etilib, “dardli” ovozda samimiy ifodasini topgan. Yagona ohang, muayyan kuy chizgisi orqali qo'shiqlarni sahnalashtira olish qobiliyatiga ega bo'lgan xonanda, orkestr bilan uyg'unlashib, yumshoq tenor ovozining tembr ranglariga monand sayqal etilgan. Botir Zokirov ijro uslubining muhim tomoni yuksak badiiy did va madaniyati bilan farqlanib, talqin nuqtai nazaridan xalqaro miqyosda mutaxasisslar e'tirofiga sazovor bo'lgan. O'zbekiston Respublika Prezidentining 26-avgustdagi farmoni bilan taniqli san'at arbobi, O'zbekiston xalq artisti Botir Zokirov (1936−1985) «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi. «O'zining buyuk iste'dodi, noyob va betakror ijodi bilan o'zbek estrada san'atiga asos solib, milliy madaniyatni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari o'rtasida keng targ'ib etishga qo'shgan beqiyos hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi unutilmas xizmatlarini inobatga olib mukofotlansin», deyiladi hujjatda. Institut О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-oktyabrdagi № 5261 sonli qaroriga asosan milliy estrada ijrochilik maktablarini yaratish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy salohiyatdan samarali foydalangan holda milliy estrada san'atini jadal rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-dekabrdagi «O'zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85-yilligini keng nishonlash to'g'risida»gi PQ-4908-son qaroriga muvofiq, O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi milliy estrada san’ati instituti nomi bilan tashkil etilgan. Botir Zokirov nomidagi milliy estrada san’ati instituti professional ta’lim sohasida faoliyat kо‘rsatuvchi, bitiruvchilarga oliy ta’limning 2 bosqichi (bakalavriat va magistratura) bо‘yicha davlat namunasidagi diplom beradigan davlat tasarrufidagi oliy о‘quv yurtidir. Institut milliy estrada yo'nalishi bo'yicha malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ularning ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug'ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va milliy estrada san’ati sohasiga bevosita aloqador bо‘lgan bir qancha tor mutaxassislik yо‘nalishlari bо‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi о‘ziga xos oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. О‘quv yurtida ta’lim berish jarayonida fan va san’at, ijodiy faoliyat va amaliy texnologiyalar uyg‘unlashgan holda olib boriladi. Institutning 2 fakulteti va 9 kafedrasida talabalar ta’limning 6 ta yо‘nalishi va 5 ixtisosligi bо‘yicha о‘zbek va rus tillarida tahsil oladilar. Institut musiqashunoslik, kompozitirlik va aranjirovka, estrada cholg’u ijrochiligi, estrada xonandaligi, musiqa ovoz rejissyorligi, estrada ijrochiligi pedagoglarini tayyorlash kabi soha mutaxassislarini tayyorlaydi. Bugungi kunda institutda 470 dan ortiq talaba bakalavr ta’lim yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha tahsil olyapti. Ularga amalda me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida stipendiyalar beriladi, ijtimoiy yordam kо‘rsatiladi. Bugungi kunda institutda faoliyat yuritayotgan 97 nafar professor-о‘qituvchining 1 nafari fan doktori, 5 nafari fan nomzodi, 9 nafar professor, 11 nafar dotsent hamda faxriy unvonlar bilan taqdirlangan 70 dan ortiq pedagoglar ta’limning yuqori darajada bо‘lishini ta’minlab kelmoqda.
Xorijiy talabalar uchun
O‘zDK huzuridagi MESIda o‘qish istagini bildirgan xorijiy fuqarolarga Xalqaro aloqalar bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Bakalavriat bosqichida tahsil olish to‘lov-shartnoma asosida bo‘lib, 1-yilga 3300 AQSh dollari etib tayinlangan. Yotoqhona bilan ta’minlanasiz. Yotoqhona uchun 1 oyga 500000 so‘m etib tayinlangan.
Magistraturada tahsil olish to‘lov-shartnoma asosida bo‘lib, 1-yilga 3600 AQSh dollari etib tayinlangan. Bakalavriat va Magistratura bosqichida kutubxona va fonotekadan bepul foydalashingiz mumkin. Ta’lim o‘zbek va rus tillarda olib boriladi. Bakalavriat va Magistratura bosqichlarini muvaffaqiyatli tugatganingizdan so‘ng Sizga o‘zbek, rus va ingliz tillarida diplom beriladi. Har yilning 25-iyundan 5-iyulgacha Bakalavriat bosqichiga xujjatlar topshishingiz hamda qabul imtihonlarini topshirish mumkin.
Magistraturaga xujjatlar 1-iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasi Sizga 1 oy muddatga beriladi, shu vaqt mobaynida imtihon topshirib, shartnoma tuzilib hujjatlar rasmiylashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasini olishingiz uchun O‘zDK huzuridagi MESI manziliga (rus yoki o‘zbek tiliga o‘girilgan va davlat notarial idorasida tasdiqlangan) quyidagi hujjatlarni yuborishingiz lozim:
Milliy pasport nusxasi
Diplom nusxasi
Rasm ¾ - 10 dona
Ish joyingizdan ma’lumotnoma
Tibbiy ma’lumotnoma
Rezume
Xalqaro hamkorlik
Institut dunyoning yetakchi musiqa va san’at oliy ta’lim muassasalari, xususan, Rossiya, Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarining nufuzli konservatoriyalari hamda akademiyalari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Ushbu hamkorlik doirasida mahorat darslari, tajriba almashinuvi va madaniy loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, Gnesin nomidagi Rossiya musiqa akademiyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolangan.
Til kurslari
Institutda "O‘zbek tili, sport va ijtimoiy fanlar" kafedrasi tomonidan ingliz tili bo'yicha til kurslari va "speaking club" tashkil qilingan.
Talabalar uchun imkoniyatlar
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti
testtesttesttesttesttesttesttesttesttesttesttesttesttesttesttesttest
Video va rasmlar
6Fakultetlar
2Bu fakultet 2021-yili tashkil qilingan bo‘lib, "Estrada xonandaligi", "Musiqiy-nazariy,tarixiy fanlar", "O'zbek tili, sport va ijtimoiy fanlar", "Musiqiy ovoz rejissorligi" kafedralarini o‘z ichiga oladi. Fakultetda 200 dan ortiq talaba tahsil oladi. Fakultet dekani Ruslana Ruslanovna Islamova.
Mazkur fakultet ta'lim dargohidagi eng katta fakultet bo‘lib, "Kompozitorlik va aranjirovka", "Estrada orkestri dirijorligi ", "Estrada cholg'u ijrochiligi", "Estrada ijrochiligi pedagoglari tayyorlash ", "Fakultetlararo fortepiano ijrochiligi"kafedrani o‘z ichhiga oladi. Fakultetda 270 dan ortiq talaba tahsil oladi. Fakultet dekani Bobur Mansurovich Ibragimov.
Ta'lim yo'nalishlari
20-
Bastakorlik san'ati 60210900Bakalavr Magistr
-
Bastakorlik san'ati ta'lim 70210901Magistr
-
Cholg'u ijrochiligi: estrada cholg'ulari: (violonchel, kontrabas) 60211500Bakalavr
-
Cholg'u ijrochiligi: estrada cholg'ulari: (skripka, alt) 60211500Bakalavr
-
Cholg'u ijrochiligi: estrada cholg'ulari (fleyta, goboy) 60211500Bakalavr
-
Cholg'u ijrochiligi: estrada cholg'ulari (fortepiano) 60211500Bakalavr
-
Cholg'u ijrochiligi: estrada cholg'ulari (gitara bas) 60211500Bakalavr
-
Cholg'u ijrochiligi: estrada cholg'ulari (gitara) 60211500Bakalavr
-
Cholg'u ijrochiligi: estrada cholg'ulari (saksofon) 60211500Bakalavr
-
Cholg'u ijrochiligi: estrada cholg'ulari (trombon) 60211500Bakalavr
-
Cholg'u ijrochiligi: estrada cholg'ulari (truba) 60211500Bakalavr
-
Cholg'u ijrochiligi: estrada cholg'ulari (zarbli cholg'ular) 60211500Bakalavr
-
Dirijyorlik (turlari bo'yicha) 60211300Bakalavr Magistr
-
Musiqa san'ati 70211002Magistr
-
Ovoz rejissyorligi: musiqiy ovoz rejissyorligi 70210101Magistr
-
San'atshunoslik (musiqashunoslik) 60211000Bakalavr
-
Texnogen san'at: musiqiy ovoz rejissyorligi 60210100Bakalavr
-
Vokal san'ati (turlari bo'yicha) 60211400Bakalavr
-
Vokal san'ati: estrada xonandaligi 60211400Bakalavr
-
Vokal san'ati: estrada xonandaligi 70211401Magistr
Hech narsa topilmadi
Mashhur bitiruvchilar
1No name
Talabalar fikri
1Men Rakhimov Dastanbek Qozog'iston Respublikasi fuqarosiman. Hozirda O'zbekistonda O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomudagi Milliy estrada san'ati instituti "Estrada xonandaligi" yo'nalishi 3-bosqich talabasiman. Institut o'quv binosi yangidan qurilib 2023-2024 o'quv yilida foydalanishga topshirildi. Biz o'quv jarayonida foydalanayotgan o'quv jihozlari va musiqiy cholg'u asboblarining holati yangi. Bevosita ta'lim jarayoniga keladigan bo'lsak,professor-o'qituvchilar orasida yuqori pedagogik salohiyatga ega bo'libgina qolmay, bir qator xalq orasida o'z san'ati bilan obro' qozongan san'atkorlar bor. Shularningning hisobiga institutda ta'lim sifati yaxshi. Turar joy so'rab murojaat qilgan talabalarning murojaati yuz foiz qanoatlantirilgan.
Rahimov Dastanbek