WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent shahri Davlat Tashkil etilgan: 2020

Yunus rajabiy nomidagi o'zbek milliy musiqa san'ati instituti

Toshkent. Mustaqillik 31

$746

Eng arzon kontrakt, yiliga

964

Talabalar

3

Xorijiy talabalar

141

O'qituvchilar

2

Fakultetlar

27

Kafedralar

Dasturlar

18
Barcha dasturlar

1 USD = 12 002.93 so'm

Universitet haqida

O`ZBEK MILLIY MUSIQA VA SAN'AT INSTITUTI

Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 2-sentabrdagi 536-sonli “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tegishli ta’lim yo‘nalishlari negizida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti tashkil etildi. U maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Xorijiy talabalar uchun

STD .Talabalar kirish vizasi (oliy ta’lim muassasalararo almashish asosida — vaqtincha ta’lim olish davriga)

O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatda (oliy ta’lim muassasalararo almashishga binoan yoki oliy ta’lim muassasalararo o‘zaro aloqalar doirasida vaqtincha asosda) ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi.

O‘quv kirish vizasi (doimiy asosda — ta’lim davriga)

O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi.

Xalqaro hamkorlik

Zamonaviy musiqa yo‘nalishida xalqaro hamkorlikning yangi istiqbollari

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori Eldor Shermanov hamda Rossiya kompozitorlari uyushmasi Oltoy hududiy bo‘limi raisi, Sibir xalqaro zamonaviy musiqa san’ati markazi a’zosi, xalqaro tanlovlar sovrindori, taniqli kompozitor Olga Dyujina o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida ikki tomonlama madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash, zamonaviy musiqa yo‘nalishida tajriba almashish, qo‘shma ijodiy loyihalarni amalga oshirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida xalqaro seminar-treninglar, mahorat darslari va ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shu bilan birga, Olga Dyujina xonim o‘zining ijodiy faoliyati, zamonaviy kompozitorlik maktabidagi tendensiyalar, Sibir mintaqasida musiqiy ta’lim va san’atni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, u institutimizda olib borilayotgan islohotlar, milliy musiqa merosini asrab-avaylash va uni zamonaviy talqinlarda targ‘ib etish borasidagi ishlarni yuksak baholab, kelgusida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolash, qo‘shma konsert dasturlari va ijodiy uchrashuvlar tashkil etish, shuningdek, iqtidorli talabalar uchun xalqaro grant va tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishdilar. Bunday uchrashuvlar mamlakatimizda musiqa san’ati va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, milliy san’atimizni jahon miqyosida munosib targ‘ib etish hamda yosh avlodning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Baekseok universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutiga Janubiy Koreyaning Baekseok universiteti prezidentining Xalqaro ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, professor Beom Joon Kim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Muloqot davomida instituti rektori Eldor Shermanov hamda xorijiy delegatsiya a'zolari tomonidan ikki oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoni, ilmiy faoliyati, ijodiy yo‘nalishlari, xalqaro tajribalari hamda rivojlanish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Tomonlar musiqiy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv, qo‘shma xalqaro loyihalar hamda madaniy tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Uchrashuv yakunida ikkala oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanib, kelgusida qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy-amaliy loyihalar va ijodiy tashabbuslarni amalga oshirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

 

Video va rasmlar

1

Fakultetlar

2

Fakultet – o‘zbek milliy musiqa san’ati jumladan, maqom cholg‘u ijrochiligi san’ati bo‘yicha ijrochilar, o‘zbek milliy bastakorligi bo‘yicha bo‘lajak bastakor kadrlar tayyorlashni hamda baxshichilik va dostonchilik yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy salohiyatni yuksaltirish ishlari shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Fakultetning ko‘p qirrali faoliyati o‘zbek milliy musiqa san’ati shuningdek, milliy maqom ijrochiligi bo‘yicha ta’lim berish hamda uni rivojlantirish bilan birga, o‘zbek milliy musiqa merosi durdona asarlarini Vatanimizda va xorijda targ‘ib etishga yo‘naltirilgan.

O‘zbek milliy musiqa san’ati jumladan, milliy maqom ijrochiligini keng targ‘ib etish va talaba yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash fakultetning ustuvor vazifalaridan sanaladi.

Fakultet – o‘zbek milliy musiqa san’ati jumladan, maqom xonandaligi va cholg‘u ijrochiligi san’ati bo‘yicha professional ijrochi va pedagoglar tayyorlashni, ilmiy tadqiqot ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Fakultetning ko‘p qirrali faoliyati o‘zbek milliy musiqa san’ati shuningdek, milliy maqom ijrochiligi bo‘yicha ta’lim berish hamda uni rivojlantirish bilan birga, o‘zbek milliy musiqa merosi durdona asarlarini Vatanimizda va xorijda targ‘ib etishga yo‘naltirilgan.

O‘zbek milliy musiqa san’ati jumladan, milliy maqom ijrochiligini keng targ‘ib etish va talaba yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash fakultetning ustuvor vazifalaridan sanaladi.

Ta'lim yo'nalishlari

19
  • Aktyorlik san'ati (turlari bo'yicha) 60211100
    Bakalavr
  • Aktyorlik san'ati: musiqali teatr aktyorligi 60211100
    Bakalavr
  • Amaliy san'at (turlari bo'yicha) 60210800
    Bakalavr
  • Bastakorlik san'ati 60210900
    Bakalavr
  • Bastakorlik san'ati ta'lim 70210901
    Magistr
  • Cholg'u ijrochiligi (an'anaviy cholg'ular) 60211501
    Bakalavr Magistr
  • Cholg'u ijrochiligi (xalq cholg'ulari) 60211500
    Bakalavr
  • Menejment 60410800
    Bakalavr Magistr
  • Musiqa san'ati 70211002
    Magistr
  • Musiqa ta'limi 60110600
    Bakalavr
  • San'atshunoslik (musiqashunoslik) 60211000
    Bakalavr
  • San'atshunoslik: teatrshunoslik 6021100
    Bakalavr
  • Texnogen san'at (turlari bo'yicha) 60210100
    Bakalavr
  • Turizm va mehmondo'stlik 61010100
    Bakalavr
  • Vokal san'ati (An'anaviy xonandalik) 60211400
    Bakalavr Magistr
  • Vokal san'ati (turlari bo'yicha) 60211400
    Bakalavr
  • Xalq ijodiyoti 60211700
    Bakalavr
  • Xalq ijodiyoti (Folklor va etnografiya) 60211900
    Bakalavr
  • Xalq ijodiyoti (baxshichilik va dostonchilik) 6021190
    Magistr

Hech narsa topilmadi

Mashhur bitiruvchilar

12

YORIYEV SHOXIJAHON O'TKIR O'G'LI

► "MARD O'G'LON" Davlat mukofoti sohibi; ► “Yosh ijrochilar” Respublika tanlovi 2-o'rin. ► Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” tanlovi 1-o'rin; ► Boku, Ozarbayjon – “Mug'om olami” Xalqaro tanlov super finali 2-o'rin; ► II-Xalqaro Maqom Anjumani “Eng yaxshi maqom sozandasi”; ► “Milliy maqom san'ati” Respublika tanlovi 1-o'rin; ► Samarqand – “Sharq taronalari” Xalqaro tanlovi Respublika bosqichi 2-o'rin.

JOVLIYEVA SEVINCH FAXRIDDIN QIZI

► “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan; ► “Yuksak xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan; ► MDH davlatlari “Олимпийские игры” xalqaro tanlovi – 1-o'rin; ► Qirg'iziston – xalqaro tanlov – 2-o'rin; ► Ozarbayjon – “Uch olov” yosh maqom ijrochilari tanlovi – 1-o'rin; ► “Ohanglarim yetib borsin dillaringizga” tanlovi – 1-o'rin; ► Qoraqalpog'iston – “Yoshlar ovozi” Bo'zotov Fest – 1-o'rin; ► “Kaleidoskop shahrizoda” tanlovi – 1-o'rin; ► Respublika “Yosh ijrochilar” tanlovi – 1-o'rin; ► Xalqaro “Gajayiplar Olami” tanlovi – Gran-Pri; ► Xalqaro “Talent Kazaxstana” tanlovi – 1-o'rin.

КАRIMOV DAVRON KAMOLIDDIN O'G'LI

► "MARD O'G'LON" Davlat mukofoti sohibi 2025-yil; ► "Yil talabasi 2021" ko'rik-tanlovining "Yilning eng ijodkor talabasi" nominatsiyasi bo'yicha Respublika bosqichi sovrindori; ► Rossiya federatsiyasining Moskva shahrida o'tkazilgan "Твори! Участвуй! Побеждай!" Xalqaro ko'rik-tanlovining 1-o'rin g'olibi; ► "Yangi yulduzlar" Xalqaro musiqa va san'at tanlovining Gran-pri sohibi; ► "Besh tashabbus harakati" Respublika yoshlar festivali doirasida o'tkazilgan "Tashkent voice fest" ko'rik-tanlovining yakuniy final bosqichi sovrindori. 2021-yil; ► "Muammo, yechim, natija" Notiqlik teletanlovining Respublika (Final) bosqichi g'olibi. 2021-yil; ► "Yoshlar kelajak bunyodkorlari" IV Xalqaro ekologiya va turizm qurultoyi g'olibi. 2025-yil; ► Qozog'iston Respublikasining Olmaota shahrida TURKSOY tashabbusi bilan o'tkazilgan "I Turk dunyosi yoshlar forumi" da ishtirok etib, tashakkurnoma bilan taqdirlangan. 2024-yil.

MAMADALIYEVA HADICHA MANSURJON QIZI

► Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi sohibasi; ► “LIDER SNG” xalqaro ilmiy ishlar tanlovi ko'krak nishoni bilan taqdirlangan; ► “Besh tashabbus” doirasidagi sport musobaqalarida 2-o'rin, diplom va esdalik sovg'alari sohibasi; ► “Yangi konstitutsiya – taraqqiyot qomusi” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida “Eng yaxshi maqola” tanlovi 1-o'rin; ► “Yosh maqomshunoslar minbari” konferensiyasida eng yaxshi maqola nominatsiyasi g'olibi; ► “Talaba–yoshlar ijodiyoti” ko'rik-festivalida “Yilning eng yaxshi musiqashunosi” nominatsiyasi g'olibi.

SAPARBAEVA RAUSHAN PERDEBAY QIZI

► “Islom Karimov” nomli davlat stipendiyasi sohibi; ►Xalqaro “Радуга талантов” konkurs-festivalining 1-o'rin g'olibi; ►“Super Star” xalqaro konkurs-festivalida 1-o'rin g'olibi; ►“Вокруг света” III Xalqaro ko'rik-tanlov Gran-pri sohibi; ►O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Baxshichilik-yoshlar ijodida” nomli onlayn ko'rik-tanlov 1-o'rin g'olibi.

QARLIBAEVA AZADA KENESBAY QIZI

► O'zbekiston qahramoni Munojot Yo'lchiyeva nomidagi stipendiya sohibi; ► “Музыкальное искусство” VII Xalqaro ko'rik-tanlov 1-o'rin g'olibi; ► “Страна талантов” VII Xalqaro ko'rik-tanlov 1-o'rin g'olibi; ► “Млечный путь” Xalqaro ko'rik-tanlov 1-o'rin g'olibi; ► IV xalqaro musiqa festivalining “Nota” ko'rik-tanlov 1-o'rin g'olibi.

TOSHBOYEVA MADINA ABDUGAFFOR QIZI

► O'zbekiston qahramoni Munojot Yo'lchiyeva nomidagi stipendiya sohibi; ► “Yil talabasi - 2025” respublika tanlovining “Yilning eng faol ijodkor talabasi” yo'nalishi 3-o'rin sohibi; ► "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi "Milliy va zamonaviy cholg'u ijrochiligi" tanlovida faxrli 3-o'rin; ► Rossiyada bo'lib o'tgan xalqaro "Mузыкаьное Исскуство" tanlovida Laureat 1-o'rin sohibi; ► Инструменталное творчество" VII xalqaro tanlovida 1-o'rin g'olibi; ► "Страна талантов" nomli VII-xalqaro tanlovda 1-o'rin.

LAMINOVA TURSUNOY DODO QIZI

► Rossiya Federatsiya o'tkazilgan xalqaro “КОНКУРС -КИДС” musiqa festivali 1-o'rin g'olibi; ► Milliy va zamonaviy cholg'u 16-22 yosh toifasi bo'yicha Respublika ko'rik-tanlovi “Dutor cholg'usi” yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin g'olibi; ► Yoshlar ishlar agentligi “Milliy va zamonaviy cholg'u ijrochiligi” “An'anaviy ijrochilik” dutor yo'nalishida 1-o'rin g'olibi; ► An'anaviy cholg'u ijrochiligi dutor-tanbur yo'nalishi bo'yicha “Yosh maqom ijrochiligi” tanlovi uchun 1-o'rin g'olibi; ► “Kaltim xalqaro musiqa festivali-2024” da Grant pri sohibi.

MIRZALIYEVA MUMTOZBEGIM MIRZOHIDJON QIZI

► “Jahon yoshlar san'ati – World Youth Art” xalqaro tanlovi 1-o'rin g'olibi; ► “Tashkent Music Festival” doirasida o'tkazilgan xalqaro ko'rik-tanlov 1-o'rin g'olibi; ► “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Milliy va zamonaviy cholg'u ijrochiligi” tanlovi 3-o'rin g'olibi; ► “Navro'z taronalari” V Xalqaro milliy cholg'u ijrochiligi ko'rik-tanlovi 1-o'rin g'olibi.

QURBONOVA RUXSHONA XUSANBAYEVNA

► “Фестиваль Талантов” VII xalqaro bolalar va yoshlar ijodiy tanlovida Gran Pri sohibi; ► “Музыка жизни” xalqaro ko'p janrli bolalar va yoshlar ijodiy tanlovi 1-o'rin g'olibi; ► “O'zLiDePning Yoshlar Ovozi” loyihasi: “Behbudiy izdoshlari” Xalqaro ilmiy tanlovda maxsus ko'krak nishoni va guvohnoma sohibasi; ► Qozog'iston Respublikasining “World Talent Union” Xalqaro uyushmasining xalqaro musiqa tanlovida “Eng yaxshi ashulachi” nominatsiyasi g'olibi.

NARZULLAYEVA DURDONA PANJI QIZI

► “Фестиваль Талантов” VII xalqaro bolalar va yoshlar ijodiy tanlovida Gran Pri sohibi; ► “Музыка жизни” xalqaro ko'p janrli bolalar va yoshlar ijodiy tanlovi 1-o'rin g'olibi; ► “O'zLiDePning Yoshlar Ovozi” loyihasi: “Behbudiy izdoshlari” Xalqaro ilmiy tanlovda maxsus ko'krak nishoni va guvohnoma sohibasi; ► Qozog'iston Respublikasining “World Talent Union” Xalqaro uyushmasining xalqaro musiqa tanlovida “Eng yaxshi ashulachi” nominatsiyasi g'olibi.

MURTOZAYEV ZIYODULLA BERDIYOR O'G'LI

► Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlab shoir g'azallari bilan ijro etiladigan “Eng yaxshi qo'shiqlar” tanlovi “ENG YOSH ISHTIROКСНІ” nominatsiyasi g'olibi. ► “Yangi O'zbekistonning Yangi taronalari' iqtidorli yoshlar respublika ko'rik-tanlovi yakuniy bosqichi g'olibi. ► “Abduhoshim Ismoilov ijodiy asarlari” xalqaro ko'rik-tanlovida “Erkak ovoz yakka ijro” yo'nalishi 3-o'rin g'olibi.