O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Toshkent sh. 100173, Uchtepa tumani, G-(a mavzesi, Kichik Xalqa yo'li ko'chasdi, 21asd
$833
Eng arzon kontrakt, yiliga
23,000
Talabalar
300
Xorijiy talabalar
1,315
O'qituvchilar
10
Fakultetlar
48
Kafedralar
Dasturlar
311 USD = 12 002.93 so'm
Ingliz filologiyasi
$1,000
yiliga · ≈ 12 003 000 so'm
Lingvistika (koreys tili)
14 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,166
Lingvistika (Xitoy tili)
14 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,166
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati:Ingliz tili
$1,000
yiliga · ≈ 12 003 000 so'm
Jurnalistika
16 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,333
Filologiya va tillarni o'qitish: Turk tili
—
Filologiya va tillarni o'qitish: Fransuz tili
—
Siyosatshunoslik
$1,000
yiliga · ≈ 12 003 000 so'm
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
$1,000
yiliga · ≈ 12 003 000 so'm
Lingvistika (ingliz tili)
14 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,166
Xorijiy til va adabiyoti(tillar bo'yicha)
—
Jurnalistika
16 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,333
Universitet haqida
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti haqida
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) 1949-yilda Toshkent chet tillari pedagogika instituti nomi bilan faoliyatini boshlagan. Universitet 70 yillik tarixga ega.
1992-yil 12-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-401-sonli Farmoni bilan Toshkent chet tillari pedagogika instituti hamda Respublika Rus tili va adabiyoti instituti birlashib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti maqomiga ega bo‘ldi.
Bugungi kunda universitetda 23 168 nafar talaba 20 ga yaqin xorijiy tilni jahon ta’lim standartlari asosida o‘rganmoqda. Har yili universitetda 27 ta ta’lim yo‘nalishida bakalavr, 19 ta ta’lim yo‘nalishida magistrlik darajasiga ega mutaxassislar tayyorlanadi.
Universitet talabalari chuqur bilim va ko‘nikmalar asosida til o‘rganish, o‘qitish, tarjima va talqin qilish malakalariga ega bo‘lmoqda. Kun sayin rivojlanib borayotgan tezkor zamonda ta’lim tizimi ham o‘zgarmoqda. Oliy ta’lim muassasasida til va madaniyat o‘rtasidagi aloqa ta’lim tizimining asosiy tamoyili hisoblanadi.
Ingliz tili birinchi, ikkinchi va uchinchi fakultetlari, Roman-german filologiyasi, Rus filologiyasi, Ingliz filologiyasi, Sharq filologiyasi fakultetlarida bo‘lajak pedagoglar til o‘qitishning sir-asrorlarini o‘rganmoqdalar. Tarjimonlik fakultetida esa ingliz, nemis, koreys, yapon, xitoy tili yo‘nalishlarida tarjima mahoratidan tahsil olmoqdalar. Xalqaro jurnalistika fakultetida esa mahoratli jurnalistlar yetishib chiqmoqda.
Aynan universitetda bir qator xorijiy tillar bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lgan talabalar bugungi kunda xalqaro miqyosda turli jabhalarda faoliyat yuritishmoqda. Universitet bitiruvchilaridan yetuk tarjimonlar, chet tili o‘qituvchilari, siyosatchilar, xalqaro tashkilotlar va turli qo‘shma korxonalarda faoliyat olib borayotgan yetakchi mutaxassislarning borligi universitet nufuzi naqadar yuqori ekanligini ifodalaydi.
2018-yilda AQSHning Vebster universiteti bilan imzolangan kelishuv asosida bir yillik magistratura akademik dasturi tashkil etildi. Mazkur magistratura dasturi Markaziy Osiyoda yagona hisoblanib, bu maskanda butun dunyo yoshlari tahsil olishlari mumkin.
Mamlakatda yagona hisoblangan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi chet tillarni o‘qitish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Bugungi kundagi ta’lim jarayoni jahon hamjamiyati talablariga javob beradigan tilshunoslar va tarjimonlar tayyorlashga qaratilgan. Binobarin, til xalqlar va elatlarni bir-biriga yaqinlashtiradigan, ular o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantiradigan yagona vositadir.
Hozirgi kunda Universitet jahonning 190 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Ular AQSH, Yevropa, G’arb, Arab, Afrika va MDH davlatlarining oliy ta’lim muasasalaridir. Ular orasida dunyoning TOP universitetlari, jumladan, Arizona Universiteti, Vebster Universiteti, Perdyu Universiteti (AQSH), Sank-Peterburg Davlat Universiteti, Moskva Davlat lingvistika Universiteti, Qozon Federal Universiteti (Rossiya), Sorbonna universiteti, Parij 2 universiteti (Fransiya), Gumboldt universiteti, Heidelberg universiteti, Bochum-Rur universiteti (Germaniya), Sevilya universiteti, Jaen universiteti, Kadis universiteti (Ispaniya), Reading universiteti, Portsmut universiteti (Buyuk Britaniya), Sulton Qabus universiteti (O'mon Sultonligi), Pekin xorijiy tillar universiteti, Shanxay xorijiy tillar universiteti, Tyanjin xorijiy tillar universiteti, Pekin tillar va madaniyat universiteti (Xitoy), Toyo universiteti, Tsukuba universiteti, Wakayama universiteti, Yaponiya raqamli universiteti, Tokio onlayn universiteti (Yaponiya), Soongsil universiteti, Pusan xorijiy tillar universiteti (Koreya), Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti, Xalqlar do‘stligi universiteti (Qozog‘iston) va boshqalar.
Hamkorlikning asosiy yo'nalishlari talabalar, ilmiy xodimlar, o'qituvchilar va ma'muriy xodimlar almashinuvi, qo'shma va xalqaro ta'lim va ilmiy loyihalar, o'quv-uslubiy adabiyotlar va ilmiy maqolalar chop ettirish, xalqaro konferensiyalar, forumlar, simpoziumlar, seminarlar, vebinarlar, o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash faoliyati, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, qishki va yozgi maktablar tashkil qilish va boshqalar.
Joriy o'quv yilida 200 ga yaqin professor-o'qituvchi va 200 dan ortiq talaba (bakalavr, magistr, doktorant) hamkor universitetlarga o'qish, malaka oshirish kurslarida qatnashish, xalqaro konferensiyalar, seminarlar, vebinarlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Universitetning rasmiy delegatsiya a’zolari xorijiy mamlakatlar universitetlariga hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun tashrif buyurdilar.
Hamkor universitetlar, elchixonalar, AQSH elchixonasi, KOICA, JICA, TIKA va shu kabi xalqaro tashkilotlar universitet talabalari va o'qituvchilari uchun ma'ruzalar o'qish, amaliy mashg'ulotlar va mahorat darslarini o'tkazish uchun ko'ngilli o'qituvchilarni universitetimizga yubormoqda.
Universitet har yili xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari, xalqaro tashkilotlar va universitetlar bilan hamkorlikda xalqaro konferensiyalar tashkil etadi. Jumladan, AQSHning O'zbekistondagi elchixonasi har yili mamlakatimizda ingliz tilini o'qitishni rivojlantirish bo'yicha xalqaro konferensiya o'tkazishga moliyaviy ko'mak beradi. Britaniya Kengashining O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda PRESETT loyihasi bo'yicha xalqaro konferensiya tashkil qilinadi. Toshkentdagi arab davlatlarining elchixonalari har yili dekabr oyida BMT tomonidan e’lon qilingan “Xalqaro arab tili kuni”ga bag‘ishlangan yillik xalqaro konferensiyani qo‘llab-quvvatlamoqda.
Universitet talabalari, tadqiqotchilari va o'qituvchilari hamkorlar tomonidan kelishilgan shartlar va qoidalar asosida malaka oshirish kurslari, ilmiy loyihalar, xalqaro konferentsiyalar va seminarlarda ishtirok etish uchun hamkor universitetlarga tashrif buyurishadi. O'z navbatida hamkor universitetlar vakillari o'zaro hamkorlik asosida universitetga tashrif buyuradi.
Hozirgi kunda universitet Yaponiya raqamli universiteti, Moskva davlat lingvistika universiteti va Rossiyaning Adigey davlat universiteti bilan qoshma ta’lim dasturini amalga oshirib kelmoqda. Hozirgi kunda Xitoy, Rossiya va Turkiya universitetlari bilan qo'sh diplom dasturlarini joriy etish ustida ish olib borilmoqda.
Ta’lim xizmatini ko‘rsatish borasida O‘zDJTU oldida turgan bosh vazifalar quyidagilar:
• davlat ta’lim standartlariga muvofiq ilg‘or, zamonaviy ta’lim va kasb-hunar dasturlari asosida yuqori saviyali o‘qitishni tashkil qilish va malakali kadrlar yetishtirishni ta’minlash;
• yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi hamda umuminsoniy qadriyatlarni bilish, Vatan, oila, tabiatga mehr va insonparvarlik ruhida tarbiyalash;
• rivojlangan mamlakatlarning yutuqlaridan foydalanib, BMTning rasmiy tillari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning yangi konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
• barcha ta’lim tizimlari uchun chet tili mutaxassislarini, o‘qituvchilarini, tarjimonlarni tayyorlash;
• turli tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan o‘qitishning kompyuter texnikasi va audiovizual vositalarini qo‘llagan holda chet tillarni jadal o‘rgatish usullarini joriy etish;
• yuqori malakali xalqaro jurnalistlarni tayyorlash;
• tegishli sohadagi xorijiy ta’lim muassasalari bilan bevosita aloqalar o‘rnatish, ular bilan hamkorlik to‘g‘risida qisqa va uzoq muddatli shartnomalar tuzish;
• o‘zining intellektual imkoniyatlaridan foydalanish hisobiga valuta mablag‘lari jamg‘armasini tuzish;
• universitetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uning mulkini ko‘paytirish;
• xorijiy davlatlarda tashkil etilgan malaka oshirish, tajriba almashish o‘quv kurslarida professor-o‘qituvchi va talabalar ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish;
• xalqaro aloqalar asosida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
• xorijiy universitetlar bilan qo‘shma o‘quv dasturlar, qo‘shma diplom dasturlarini ishlab chiqish;
• xorijiy tajribadan foydalangan holda universitetda yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalar, dasturlar yaratish nazarda tutilgan.
Xorijiy talabalar uchun
O 'zDJTU har yili butun dunyo bo'ylab eng iqtidorli talabalarni qabul qiladi.
1. O‘zbekiston vizasiga ega bo'lish
Agar Siz O'zbekiston fuqarosi bo'lmasangiz, O 'zDJTUda to'liq kunlik kursda qatnashish uchun Sizga talabalik vizasi kerak bo'ladi. O'zbekistonga sayohat qilishdan oldin o'z mamlakatingizda ushbu vizani olish uchun ariza topshirishingiz va vizaning ko'rib chiqilishi uchun yetarli vaqt ajratishingiz kerak. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun viza va immigratsiya bo'yicha markazlarga murojaat qiling.
2. Turar joy
Bakalavr bosqichi talabalariga yotoqxonadan joy kafolatlanadi. Yotoqxonada yashash uchun ariza topshirish haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun O 'zDJ TU Xalqaro hamkorlik bo`limi bilan bog'laning.
3. Respublika Til o'qitish markazi:
O‘zbek yoki rus tillarini bilmaydigan abituriyentlar uchun universitet huzurida Til o‘rganish markazi faoliyat yuritadi. Ushbu markazda abituriyentlar o‘zbek va rus tillarini o‘rganish imkoniyatiga ega.
4. Universitet bilan tanishuv
Birinchi kurs xorijiy talabalar uchun moslashish tadbirlari mahalliy talabalar bilan bir vaqtda bo'lib o'tadi. Bunda siz universitetning barcha xizmatlari maslahatchilari bilan suhbatlashishingiz mumkin. Shuningdek, siz universitetning akademik va ijtimoiy hayoti haqida ham ma'lumot olasiz.
5. Toshkent aeroportidan universitetga borish
Universitetga borish yo'riqnomasi universitetga aeroport va temir yo'l vokzalidan yetib borish haqida ma'lumot beradi. Universitet xodimlariga kelish vaqtingiz haqida xabar berishingiz kerak bo'ladi.
6. O‘zbekiston turmush tarziga moslashish
Boshqa davlatga o'qishga kelish hayotingizdagi katta o'zgarishdir. Esda tutingki, bu o'tish davri hisoblanadi. Sababi boshqa madaniyatdagi hayotga moslashish uchun vaqt kerak bo'lishi tabiiy. Bu yerdagi madaniyat bilan tanishish imkoniyatidan foydalaning. Xuddi shu madaniyatga ega bo'lgan odam bilan vaqt o'tkazish ham jarayonga moslashishingizga yordam beradi.
7. Ro'yxatdan o'tish jarayoni
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga o‘qishga kirishni istagan nomzodlar ta’lim tili sifatida o‘zbek yoki rus tilini bilishlari lozim. Hujjatlar qabul qilish muddati har yili 22-iyundan 20-avgustgacha hamda 25-dekabrdan 20-yanvargacha davom etadi.
Quyidagi hujjatlar onlayn tarzda «» veb-portali yoki https://uzswlu.uz/en sayti orqali) yoki universitetning Xalqaro aloqalar bo‘limiga shaxsan tashrif buyurib topshirilishi kerak:
- Pasport nusxasi;
- Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi attestat yoki kollej/universitet diplomi;
- Rezyume (CV);
- 3,5 × 4,5 o‘lchamdagi fotosurat.
Xalqaro hamkorlik
Til kurslari
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha mamlakatdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biridir.
Universitetda quyidagi tillar o‘qitiladi:
- Ingliz tili
- Nemis tili
- Fransuz tili
- Ispan tili
- Italyan tili
- Xitoy tili
- Yapon tili
- Koreys tili
- Arab tili
- Rus tili
- Turk tili va boshqa xorijiy tillar
Shuningdek, universitet huzuridagi Til markazida xorijiy fuqarolar uchun o‘zbek va rus tillari bo‘yicha tayyorlov hamda intensiv kurslar tashkil etiladi.
Kurslar turli darajalarda (boshlang‘ich, o‘rta va ilg‘or) olib boriladi hamda tinglovchilarga kundalik va akademik muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.
Talabalar uchun imkoniyatlar
{}dfgd
Video va rasmlar
9Fakultetlar
10Ingliz tili birinchi fakulteti
Fakultet tarixi:
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning 2012-yil 10-dekabrdagi №1875-sonli “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish
chora tadbirlari to‘g’risida”gi va 2013-yil 23-maydagi №1971-sonli “O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq Birinchi va Ikkinchi ingliz filologiyasi fakultetlari negizida Ingliz tili birinchi, Ingliz tili ikkinchi, Ingliz tili uchinchi fakultetlar tashkil topdi. Hozirda fakultetda 4 ta mutaxassislik kafedralari va 2 ta nomutaxassislik kafedralari mavjud bo‘lib, ularda 174 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda.
Fakultet tasarrufidagi kafedralar :
Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi
Ingliz tilining integrallashgan kursi №1 kafedrasi
Ingliz tili nazariy aspektlari №1 kafedrasi
Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1 kafedrasi
Pedagogika va psixologiya kafedrasi
Umumiy tilshunoslik kafedrasi
Fakultet yutuqlari :
- Joriy yilning 14-martida Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi va Ingliz tili integrallashgan kursi 1 kafedrasi bilan hamkorlikda “Til va til ta’limini tadqiqining metodologik asoslari” mavzusida Respublika ilmiy amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
- Navro‘z – xalqimizning azaliy qadriyatlari, ezgu orzu-intilishlarini mujassam etgan, ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan qadimiy bayram hisoblanadi. Shu munosabat bilan fakultetimizda ham bir qator tadbirlar tashkil etildi va universitet miqyosida o‘tkazilgan tadbirlarda qatnashildi. Navruz bayrami 18 – mart sanasida nishonlandi va fakultetimiz o‘ziga biriktirilgan hududda sayl tashkil etdi. Saylda talabalarning faol ishtiroki ta’minlandi, 1-bosqich tyuterlari bilan hamkorlikda ishlar bajarildi. 1 fakultetga chekiga tushgan Samarqand viloyatining milliy taom va urf odatlarini namoyishi yuqori darajada va ko‘tarinki ruhda tashkillashtirildi.
Xalqaro hamkorliklar:
1.Ruminiya “Alba Iuliya” universiteti
2.Shvetsiyaning “Lund” universiteti
3. Turkiyaning “Burdur Mehmet Akif Ersoy” universiteti
INGLIZ TILI IKKINCHI FAKULTETI
Fakultet tarixi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 23-maydagi PQ-1971 sonli qaroriga asosan O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarkibida Ingliz tili uchinchi fakulteti tashkil etildi. 2019 yil 28 avgustdagi Universitet kengashi qarori bilan Ingliz tili ikkinchi fakultetiga o’zgartirildi.
Ingliz tili № 2 fakulteti tarkibida 6 ta kafedra ya’ni 4 ta mutaxassislik va 2 ta nomutaxassislik kafedralar (Ingliz tili amaliy fanlar №2, Ingliz tili integrallashgan kursi №2, Ingliz tili nazariy aspektlari №2, Ingliz tilini o'qitish metodikasi №2, O'zbek tili va adabiyoti, Jismoniy madaniyat va sport) faoliyat olib bormoqda.
Ingliz tili ikkinchi fakultetda AQSHning Indiana universiteti, Yaponiya Dokkyo, Osaka universitetlari, Pekin chet tillar universiteti, Turkiyaning Ankara, Istanbul, Gazi, Karabyuk universitetlari, Rossiya davlat gumanitar universiteti, Rossiyaning Moskva davlat lingvistika universiteti, Qozon federal universiteti, Qozog’iztonning Al Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetlari, Turkmanistonning Turkmaniston Milliy xorijiy tillar instituti bilan xalqaro hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi №1875-sonli “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi va 2013-yil 23-maydagi №1971-sonli “O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlariga muvofiq 2021 yil Universitet tasarrufida Ingliz tili uchinchi fakulteti tashkil etildi. Hozirda Ingliz tili uchinchi fakultetida 4 ta mutaxassislik kafedralari mavjud bo‘lib, ularda 100 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Ulardan 8 nafari fan nomzodi (PhD) ilmiy darajalariga ega. Talabalarning mustaqil ta’lim ko’nikmalarini shaklantirishlari uchun fakultetda internet tarmog’iga ulangan 6 ta kompyuter xonalari hamda axborot resurs markazi faoliyat yuritmoqda. Fakultetda tahsil olayotgan talabalarga zamonaviy bilimlarni berish uchun quyidagi kafedralar tashkil qilingan. Fakultet tasarrufidagi kafedralar: Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi Ingliz tilining integrallashgan kursi №3 kafedrasi Ingliz tili nazariy aspektlari №3 kafedrasi Ingliz tilini o’qitish metodikasi №3 kafedrasi
Ingliz filologiyasi fakulteti O'zbеkiston davlat jahon tillari Ingliz filologiyasi fakulteti 2019 yilda tashkil etilgan. Fakultetda ayni paytda 4 mingdan ziyod talaba , kunduzgi va kеchki shaklda tahsil olmoqda. Fakultetda ilmiy daraja va unvon hamda xorijiy til sеrtifikatiga ega bo'lgan 118 nafar profеssor-o'qituvchi saboq bеrib kelmoqda. Ulardan 4 nafari filologiya fanlari doktori, 14 nafari PhD ilmiy darajasiga ega. Ingliz filologiyasi fakulteti tarkibidagi kafedralar: 1.Ingliz tili funksional leksika kafedrasi; 2.Ingliz tili amaliy aspektalari kafedra; 3. Ingliz tilini o'qitish va ta'lim texnologiyalari; 4. Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi.
Sharq filologiyasi fakulteti Fakultet tarixi: Sharq filologiyasi fakulteti O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2021-yil 29-iyuldagi 318-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan. Hozirda kunda fakultetda 3 ta mutaxassislik kafedralari va 1 ta nomutaxassislik kafedralari mavjud bo’lib, ularda 130 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedralar soni: 4 ta 1.Xitoy filologiyasi kafedrasi; 2. Koreys filologiyasi kafedrasi; 3. Yapon filologiyasi kafedrasi; 4. Zamonaviy axborot tehnologiyalari kafedrasi; Bizning hamkorlarimiz: Yapon tili 1. O‘zbekiston-Yaponiya elchixonasi, 2. JICA halqaro hamkorlik agentligi, 3. Yaponiya raqamli universiteti, 4. Yaponiya Tachibana universiteti, 5. Yaponiyaning Tsukuba universiteti, 6. Yaponiyaning Soka universiteti, 7. Yaponiyaning Bunkyo Gakuin universiteti, 8. Yaponiyaning Vakayama universiteti, 9. Yaponiyaning Toyo universiteti, 10. Yaponiyaning Kobe shahar chet tillar universiteti, 11. Yaponiyaning Xokkaydo-Higasikava til maktabi, 12. Yaponiyaning Hokkaido HUMEN UP loyihasi Koreys tili Koreyaning Seul milliy universiteti, Yevxa, Sunchon, Pusan chet tillar, Chung Ang, Doksong, Tongmyong universitetlari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Kafedraning xalqaro hamkorligi: 1. Seul milliy universiteti 2. Jungbu universitet 3. Chung-Ang universitet 4. Sun Kyung Kvan universitet 5. KOICA tashkiloti 6. KOREA Foundation 7. Soongsil universiteti 8. Sunchin universiteti 9. Semyung universiteti 10. Busan chet tillari universiteti Xitoy tili Xitoy Xalq Respublikasining Pekin chet tillari universiteti, Pekin tillar va madaniyat universiteti, Tyanszin chet tillari universiteti, Shanxay chet tillari universiteti, Shenyan pedagogika universiteti, Sharqiy Liaodong universiteti, Dalian politexnika universiteti, Shanxay pedagogika universiteti, Sinjiang pedagogika universiteti, Nankin politexnika instituti bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Roman-german filologiyasi fakulteti Fakultet tarixi: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g’risida”gi PQ-1875 sonli qarori hamda 2013 yil 23 maydagi “O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g’risida” gi PQ–1971 sonli qarori asosida nemis, fransuz, ispan filologiyasi fakultetlari negizida roman-german filologiyasi fakulteti tashkil etildi. 2017 yil 2- sentabrdan filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili yo’nalishi, 2023-yil 27-oktabr sanasidan boshlab esa ta’limning kechki shaklida tahsil oluvchi filologiya va tillarni o’qitish (nemis,fransuz va ispan tili) ta’lim yo’nalishi ham fakultet tarkibiga kiritildi. Hozirda fakultetda 6 ta kafedra faoliyat olib boradi: 1. Nemis tili nazariy fanlar 2. Nemis tili amaliy fanlar 3. Fransuz tili nazariy fanlar 4. Fransuz tili amaliy fanlar 5. Ispan tili nazariy fanlar 6. Ispan tili amaliy fanlar Fakulteting xalqaro hamkor universitetlari: Roman-german filologiyasi fakulteti quyidagi xalqaro e’tirof etilgan reytingi yuqori xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan:
1. Buenos Aires universiteti (Argentina),
2. Mar de Plata (Argentina),
3. UAEMex universiteti (Meksika),
4. Pontificia Bolivariana universiteti (Kolumbiya),
5. University of Sao Paulu USP (Braziliya),
6. University of Campinas UniCamp (Braziliya)
7. Universidad Federal de Paraná (Braziliya)
8. Castilla la Mancha universiteti (Ispaniya),
9. Complutense de Madrid universiteti (Ispaniya),
10. Malaga universiteti (Ispaniya),
11. Granada universiteti (Ispaniya),
12. Almeriya universiteti (Ispaniya),
13. Valladolid universiteti (Ispaniya)
14. Granada universiteti (Ispaniya)
15.Salamanka universiteti(Ispaniya)
16.Leon universiteti(Ispaniya)
17.Saragosa universiteti(Ispaniya)
18.Rioxa universiteti(Ispaniya)
19.Xaen universiteti(Ispaniya)
20.Sevilya universiteti(Ispaniya)
21.Uelva universiteti(Ispaniya)
22.Kordoba universiteti(Ispaniya)
23.Kadis universiteti(Ispaniya)
24. Alikante universiteti(Ispaniya)
25. Mursiya universiteti(Ispaniya)
26. Mayns universiteti(Germaniya)
27. Boxum Rur universiteti(Germaniya)
28. Frayburg universiteti(Germaniya)
29. Xaydelberg pedagogika universiteti(Germaniya)
30. Mannxaym Nemis tili instituti(Germaniya)
31. Gyote instituti(Germaniya)
32. Versal Akademiyasi Cyerji-Pontuaz universiteti(Fransiya)
33. Sent-Mart-Shavan ta’lim kompleksi(Fransiya)
34. Shimoliy Sorbonna universiteti (Fransiya)
35. Puatye universiteti (Fransiya)
36. STRALANG xususiy instituti (Fransiya)
Fakultet yutuqlari: Erasmus+ (Credit Mobility) - Kredit almashinuv dasturi bo'yicha xalqaro hamkor universitetlar bilan 9 ta loyiha mavjud: Kordoba universiteti, Rioxa universiteti, Xaen universiteti, Kadis universiteti, Alikante universiteti, Sevilya universiteti, Mursiya universiteti, Castilla la Mancha, Puatye universiteti. Ushbu loyihalar doirasida fakultetning professor-o'qituvchilari hamda talabalari nufuzli oliy talim muassasalarida malaka oshirib kelmoqda..
Rus filologiyasi fakulteti Fakultet tarixi: 1992-yilda Toshkent chet tillar pedagogika instituti va Respublika rus tili va adabiyoti instituti birlashgandan so‘ng O‘zDJTU tashkil etildi, uning tarkibida rus filologiyasi fakulteti faoliyat ko‘rsata boshladi. Fakultet tashkil topgandan buyon oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va umumiy o‘rta ta’lim tizimi hamda jamiyatning boshqa sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim o‘rin tutib kelmoqda. Fakultet rus filologiyasi sohasida mutaxassislar tayyorlash an’analarini davom ettirmoqda, ko‘p yillik tajribani zamonaviy o‘qitish usullari va ilmiy tadqiqotlar bilan uyg‘unlashtirmoqda. Fakultetda “Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)”, “Ozga tilli guruhlarda (rus tili)”, “Ona tili va adabiyoti (rus tili)”, “Lingvistika”, “Adabiyotshunoslik”, “Ona tili va adabiyoti” mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanadi. Rus filologiyasi fakulteti tarkibidagi kafedralar: Rus adabiyoti va o‘qitish metodikasi kafedrasi; 2. Rus tili va o‘qitish metodikasi kafedrasi; 3. Hozirgi zamon rus tili kafedrasi. Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida fakultetda 2023—2024-yillar davomida xalqaro oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi. Ushbu oliy o'quv yurtlari orasida O'sh davlat universiteti (Qirg'iz Respublikasi), Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti (Qozog'iston Respublikasi), M.V. Lomonosov nomidagi Shimoliy (Arktika) federal universiteti (Rossiya Federatsiyasi), Belarus davlat universiteti (Belarus Respublikasi) hamda M.A. Auezov nomidagi Janubiy Qozog'iston davlat universiteti (Qozog'iston Respublikasi) bor.
Xalqaro jurnalistika fakulteti Fakultet tarixi: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-fevraldagi qaroriga asosan O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida Xalqaro jurnalistika fakulteti tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-fevralda qabul qilingan “Jurnalist kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarkibida Xalqaro jurnalistika fakulteti tashkil etildi. Dastlabki yillarda professor G’.Salomov, dotsent S.Umirov, A.Nurmatov, H.Saidov, T.Qahhor, Y.Mamatova, I.Ismailova, Sh.Xolmatova, N.Nomozova, F.Mo‘minov, X.Do‘stmuhammad, H.Akbarov, S.Sodiq, M.Sa’diy, N.Toshpolatov, A.Karimov, X.Maxamadaliyev, N.Qosimova, T.Eshbek, I.Abduxoliqov kabi tajribali pedagoglar fanning turli sohalaridan saboq berishdi. Akademik B.Nazarov, xalq yozuvchisi O.Xoshimov, fan doktori F.Mominova, fan nomzodlari O.Toshboyev, O.Osarov, I.Rahmatullayeva, P.Allamberganova, sport sharhlovchisi A.Imomxojayev, Tajribali publitsist E.Shukur, Sh.Ubaydullayev va boshqalar garchi qisqa muddat-yarim, chorak hajmda, soatbay asosda ishlasalar ham mazmundor saboqlari, kitob maola, eshittirish, korstuvlari bilan o‘zlaridan yaxshi iz qoldirishdi. Dastlabki yillarda amerikalik olimlardan Nikolas Daniloff, Richard Sheyfer, Erik Fridman, Alfred Kupers va boshqalar jurnalistikaning turli sohalaridan ma’ruzalar o‘qishdi. AQSHning Boston shahridagi Nordistern universiteti fakultet kutubxonasiga 100ga yaqin kitob sovg‘a qildi. Bir guruh olimlarimiz Boston shahriga borib malaka oshirib qaytishgan. Xalqaro jurnalistika fakulteti tarkibidagi kafedralar: 1. Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar; 2. Medialingvistika va kommunikatsiya; 3. Ijtimoiy fanlar; 4. Siyosiy fanlar; 5. Lingvistika va ingliz adabiyoti. Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar bakalavriat yо‘nalishida quyidagi fanlar o‘qitiladi: Jurnalistika tarixi, Jamoatchilik bilan aloqalar asoslari, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya asoslari, Jurnalistikada mediasavodxonlik va fakt cheking, Kreativ va tanqidiy fikrlash, Jurnalistika etikasi va huquqi, Kopirayting va zamonaviy matnlar, Media bilan ishlash, Audiovizual jurnalistika: radiojurnalistika, Tahliliy jurnalistika , Ixtisoslashgan jurnalistika, Axborot xizmati va internet, Inqirozli vaziyatlarda PR, PR matnlar yaratish mahorati, Raqamli mediatexnalogiya, Reklama nazariyasi va amaliyoti, Tarmoqli PR, Diplomatiya asoslari va xalqaro munosabatlar, OAV sotsiologiyasi va psixologiyasi, Axborot xizmatida interteyment, Siyosiy PR, Media bilan ishlash, Xalqaro jurnalistika tizimi, Jurnalistikada media savodxonlik va fakt checking, Davlat boshqaruv organlar bilan aloqalar, Marketing kommunikatsiyalarida PR, Internet PR, Kreativ va tanqidiy fikrlash, Rekreativ jurnalistika, Mediadizayn asoslari, Ijtimoiy loyihalar yaratish texnologiyalari, Diplomatiya asoslari va xalqaro munosabatlar, Parlament jurnalistikasi, Media huquqi va etikasi Siyosatshunoslik, Xalqaro munosabatlar va Sotsiologiya bakalavriat yо‘nalishida quyidagi fanlar o‘qitiladi: “Siyosatshunoslikka kirish”, “Siyosiy ta’limotlar tarixi”, “Siyosiy madaniyat, mafkura va antropologiya”, “Qiyosiy konstitutsiya”, “Davlat va huquq nazariyasi”, “Konstitutsiyaviy huquq”, “Davlat xizmati va personal boshqaruv”, “Amaliy siyosatshunoslik”, “Siyosiy sotsiologiya”, “Kratologiya”, “Partologiya”, “Geosiyosat”, “Fuqarolik jamiyati asoslari’, “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati”, “Jahon siyosati”, “Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi”, “Sotsiologiya tarixi”, “Umumiy sotsiologiya”, “Oila va gender sotsiologiyasi”, “Davlat xizmatchisi etikasi va imidji”, “Ijtimoiy siyosat”, “Ijtimoiy statistika”, “Mehnat va bamdlik sotsiologiyasi”, “Sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi, metodi va texnikasi”, “Ta’lim sotsiologiyasi”, “Shaxs sotsiologiyasi va deviant hulq-atvor’, “Diplomatiya asoslari”, “Xalqaro munosabatlar tarixi”, “O‘zbekiston tashqi munosabatining huquqiy asoslari’, “Xalqaro mintaqashunoslik”, “Diplomatik xizmat, protokol va etiket”.
Fakultet tarixi: Tarjimonlik fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1992 yil 12 maydagi 401-sonli farmoniga asosan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tashkil qilinganligi hamda xalq xo‘jaligining turli sohalarida xalqaro aloqalarning kengayib borayotganligi va bunda malakali tarjimonlarga talab ortganligini inobadga olib O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1994 yil 24 oktyabrdagi 93-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan va unga universitetning barcha fakultetlaridan iqtidorli talabalar suhbat asosida tarjimonlik yo‘nalishiga o‘qishga tanlab olingan. Fakultetda 5 ta mutaxassislik va 2 ta fakultetlararo kafedralar mavjud: Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi Fakultetdagi mavjud yo’nalish va mutaxassisliklar Fakultetda bakalavr bosqichida tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz, fransuz, nemis, arab, italyan, turk tillari) hamda gid hamroxligi va tarjomonlik faoliyati (ingliz tili) yo’nalishlari hamda magistratura bosqichida sinxron tarjima (ingliz tili) va qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz, italyan tillari) mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlanadi. Bakalavr ta’lim yo’nalishlari: Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) Tarjima nazariyasi va amaliyoti (fransuz tili) Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili) Tarjima nazariyasi va amaliyoti (italyan tili) Tarjima nazariyasi va amaliyoti (arab tili) Tarjima nazariyasi va amaliyoti (turk tili) Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili) Magistratura mutaxassisliklari: Sinxron tarjima (ingliz tili) Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili) Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (italyan tili) Fakultetning xalqaro xamkor oliy ta’lim muassasalari Germaniya oliy ta’lim muassasalari: Bohum Ruhr universiteti, Myunhen til va tarjima instituti, Haydelberg univsersiteti, Mayns yoxanes Gutenberg universiteti, Magdeburg universiteti Italya oliy ta’lim muassasalari: Milan IULM universiteti Venetsiya universiteti Urbino universiteti Perudja xorijliklar universiteti Siena xorijliklar universiteti Jazior Xalq Demakratik Respublikasi oliy ta’lim muassasalari: Al-Wadiy universiteti Jazior – 2 universitet Varaqla universiteti Biskra universiteti Pedagogika oliy maktabi Bundan tashqari, Tarjimonlik fakuleteti Turkiyaning Anqara universiteti, Omon sultonligining Nizva universiteti, Xindistonning Banastali Vidyapitx universitetilari bilan xalqaro aloqalar o’rnatgan bo’lib, barcha universitetlar bilan akademik almashinuv, professor-o’qituvchilarni malaka oshirishi, hammualliflikda darslik va o’quv qo’llanmalar tayyorlash, hamkorlida o’quv dasturlarini tuzish kabi yo’nalishlarda ishlab kelmoqda.
Kechki ta'lim fakulteti 2024-yildan buyon faoliyat olib boradi. Talabalar soni 1607 tani tashkil etadi. Fakultetda malakali professor-o'qituvchilar faolioyat olib boradi. Bitiruvchilar umumta'lim maktablari, oliy ta'lim muassasalari davlat organlari hamda turli xalqaro diplomatik vakolatxonalar va tashkilotlarda faoliyat olib boradi.
Ta'lim yo'nalishlari
42-
Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti 70230104Magistr
-
Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar 60320200Bakalavr
-
Filologiya va tillarni o'qitish: Arab tili 60230100Bakalavr
-
Filologiya va tillarni o'qitish: Fransuz tili 60230100Bakalavr
-
Filologiya va tillarni o'qitish: Ingliz tili 60230100Bakalavr
-
Filologiya va tillarni o'qitish: Koreys tili 60230100Bakalavr
-
Filologiya va tillarni o'qitish: Rus tili 60230100Bakalavr
-
Filologiya va tillarni o'qitish: Turk tili 60230100Bakalavr
-
Filologiya va tillarni o'qitish: Xitoy tili 60230100Bakalavr
-
Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili 60230100Bakalavr
-
Filologiya va tillarni o'qitish: yapon tili 60230100Bakalavr
-
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati:Ingliz tili 71010501Bakalavr
-
Ingliz filologiyasi 60230101Bakalavr
-
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 60411100Bakalavr
-
Jurnalistika 60320100Bakalavr
-
Jurnalistika 70320101Magistr
-
Jurnalistika (xalqaro jurnalistika) 60320100Bakalavr
-
Kompyuter lingvistikasi 60230400Bakalavr
-
Lingvistika (Xitoy tili) 70230101Magistr
-
Lingvistika (arab tili) 70230101Magistr
-
Lingvistika (fransuz tili) 70230101Magistr
-
Lingvistika (ingliz tili) 70230101Magistr
-
Lingvistika (ispan tili) 70230101Magistr
-
Lingvistika (koreys tili) 70230101Magistr
-
Lingvistika (nemis tili) 70230101Magistr
-
Lingvistika (rus tili) 70230101Magistr
-
Lingvistika (rus tili) 70230101Magistr
-
Lingvistika: koreys tili 70230101Magistr
-
Lingvistika: xitoy tili 70230101Magistr
-
Lingvistika: yapon tili 70230101Magistr
-
Menejment 60410800Bakalavr
-
Ona tili va adabiyoti: rus tili 7010801Magistr
-
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik. 70230201Magistr
-
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili 70230201Magistr
-
Sinxron tarjima (ingliz tili) 70230202Magistr
-
Siyosatshunoslik 60310100Bakalavr
-
Sotsiologiya 60310400Bakalavr
-
Tarjima nazariyasi va amaliyoti (turk tili) 60230100Bakalavr
-
Tarjima nazariyasi va amaliyotii: Ingliz tili / Rus tili / Nemis tili 60230200Bakalavr
-
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900Bakalavr Magistr
-
Xorijiy til va adabiyoti(tillar bo'yicha) 60111800Bakalavr
-
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 70110901Magistr
Hech narsa topilmadi
Mashhur bitiruvchilar
14
Bekmurodov Bobur Mansurovich
To'xtasinov Ilxomjon Madaminovich
Kholikov Bakhodir Alikulovich
Ulug'bek Azizov
Ashurov Alisher Abdimavlonovich
Normurodova Nozliya Zarilovna
Nurmukhamedov Ulugbek
Rahmatulla Nazarov
Mirzahakim Tuxtamirzayev
Imomkhujayev Diyor
Norboyeva Dilshoda Abdunasimovna
Aloyev Bahromjon Jo'raboyevich
Muhrim A'zamxo'jayev
Aziza Qurbonova
Talabalar fikri
1O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti 1992-yilda ikki ta'lim muassasasi – Toshkent davlat chet tillar pedagogika instituti (1949-yilda tashkil etilgan) va Respublika rus tili va adabiyoti instituti (1963-yilda tashkil etilgan) qo'shilishi natijasida tashkil etilgan. U 75 yillik tarixga ega. Universitetda 23 000 dan ortiq talabalar tahsil oladi. Ularga 1000 dan ortiq professor-o'qituvchilar dars o'tib kelmoqda. Universitetning turli fakultetlarida 84 nafar chet ellik talabalar tahsil olmoqda. Ma'ruzalar o'qish, til o'rgatish, seminar va treninglar tashkil etish maqsadida xorijiy universitetlardan malakali professor-o'qituvchilar taklif etilgan. Universitet tarkibida 9 ta fakultet, 47 ta kafedra, bitta litsey, uchta kasb-hunar kolleji mavjud. Respublikamizdagi 100 ta umumta'lim maktablariga chet tillarini o'qitish bo'yicha o'quv-uslubiy yordam ko'rsatamiz. Quyidagi fakultetlar mavjud: 1) Ingliz tili fakulteti №1 2) Ingliz tili fakulteti №2 3) Ingliz tili fakulteti №3 4) Ingliz filologiyasi fakulteti 5) Roman-German filologiyasi fakulteti 6) Sharq tillari fakulteti 7) Rus filologiyasi fakulteti 8) Tarjimonlik fakulteti 9) Xalqaro jurnalistika fakulteti Universitet mamlakat yoshlari, shuningdek, chet el fuqarolari uchun bakalavr, magistratura, PhD va DS (Fan doktori) dasturlarini taklif etadi. Universitet dunyoning 130 dan ortiq universitetlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan va talabalar, o'qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvi, turli xalqaro loyihalar, jumladan, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi bo'yicha hamkorlik qilmoqda. 2020-yilda yapon hamkorlari bilan hamkorlikda ikki diplomli dasturlarni taqdim etadigan Yaponiya raqamli universitetini ochdik. Xuddi shu dasturni biz 2019-yildan buyon Moskva davlat lingvistik universiteti va Rossiyaning Adige davlat universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirmoqdamiz. Batafsil ma'lumot uchun www.uzswlu.uz saytimizga tashrif buyuring.
Yuldashev Xusanboy Ibragimovich