专业介绍
70310202 – “Diplomatik va konsullik xizmati” magistratura mutaxassisligi diplomatik va konsullik xizmati, tashqi siyosati hamda xalqaro munosabatlar sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan.
Mutaxassislik doirasida zamonaviy jahon siyosati, siyosiy tahlil va prognozlash, tashqi siyosat, zamonaviy diplomatik va konsullik xizmati, diplomatik va konsullik huquqi, raqamli diplomatiya, bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar shakllantiriladi.
Magistrlar xalqaro munosabatlarda yuz berayotgan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnologik, harbiy-siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-gumanitar va madaniy jarayonlarni tahlil qilish, shuningdek, mintaqaviy va milliy xavfsizlik masalalarini o‘rganish bo‘yicha kompetensiyalarga ega bo‘ladilar.
Ta’lim jarayonida talabalar tashqi siyosat, diplomatiyas va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida amaliy va ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish, xalqaro jarayonlarni tahlil qilish, diplomatik muzokaralarda ishtirok etish hamda zamonaviy diplomatik vositalardan, jumladan, raqamli diplomatiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini egallaydilar.
Mutaxassislik bo‘yicha magistrlarning kasbiy faoliyat mazmuni fan va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, xalqaro munosabatlar sohasidagi yangi tendensiyalar hamda kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlari asosida takomillashtirilishi va yangilanib borishi mumkin.
相似专业
费尔干纳国立大学
文学研究:乌兹别克文学
9 480 949 so'm
每年 · ≈ $790
Kimyo International University in Tashkent
语言学(俄语)
29 556 400 so'm
每年 · ≈ $2,462
Bukhara State Pedagogical Institute
社会人文学科教学法(精神基础)
—
乌兹别克斯坦米尔佐·乌鲁格别克国立大学
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: o'zbek tili
19 023 920 so'm
每年 · ≈ $1,585
世界经济与外交大学外交学院
Diplomatic and consular service
$3,500
每年 · ≈ 42 016 000 so'm
世界经济与外交大学外交学院
管理学
42 000 000 so'm
每年 · ≈ $3,499