专业介绍
60811100- Dorivor o'simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
Tavsif:
Ushbu ta’lim dasturi– dorivor, efir moyli va biologik faol o'simliklarni ilmiy asosda yetishtirish, ularni yig'ish, saqlash hamda zamonaviy texnologiyalar yordamida qayta ishlash bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydigan ta'lim yo'nalishidir. Ushbu yo'nalishda talabalar dorivor o'simliklar agrotexnologiyasi, farmatsevtik xomashyo tayyorlash, mahsulot sifatini nazorat qilish, qayta ishlash texnologiyalari va ekologik barqaror ishlab chiqarish asoslarini o'rganadilar. Bitiruvchilar farmatsevtika korxonalari, dorivor o'simliklar yetishtiruvchi xo'jaliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, laboratoriyalar hamda qayta ishlash korxonalarida samarali faoliyat yuritishlari mumkin.
Yuqоrida keltirilgan kasbiy faоliyat sоhalarining
ishlab chiqarish: dorivor, efir moyli va biologik faol o'simliklarni ilmiy asosda yetishtirish, ularni yig'ish, saqlash hamda zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlash bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydigan ta'lim yo'nalishidir. Ta'lim jarayonida talabalar dorivor o'simliklarni yetishtirish agrotexnologiyasi, farmatsevtik xomashyoni tayyorlash, qayta ishlash, mahsulot sifatini nazorat qilish;
loyiha-tahliliy: dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda yangi texnologik yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan. Ushbu faoliyat doirasida talabalar dorivor o‘simliklarni yetishtirish sharoitlarini tahlil qilish, xomashyo bazasini baholash, ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash, texnologik jarayonlarning samaradorligini hisoblash va takomillashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Shuningdek, mahsulot sifati, iqtisodiy samaradorlik, ekologik xavfsizlik va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Bitiruvchilar dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash sohasida loyiha ishlab chiqish;
ilmiy-tadqiqot: orivor o‘simliklarning biologik xususiyatlarini o‘rganish, ularni yetishtirishning samarali usullarini ishlab chiqish, yangi texnologiyalarni tadqiq etish va amaliyotga joriy qilishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalish talabalari dorivor o‘simliklarning navlari, o‘sish va rivojlanish jarayonlari, agrotexnik tadbirlarning samaradorligi, biologik faol moddalar tarkibi hamda xomashyo sifat ko‘rsatkichlarini ilmiy asosda o‘rganadilar. Ilmiy-tadqiqot faoliyati davomida tajriba ishlarini tashkil etish, laboratoriya tahlillarini olib borish, olingan natijalarni qayta ishlash va tahlil qilish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish hamda qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi. Shuningdek, ekologik xavfsiz, resurs tejamkor va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish, dorivor xomashyo sifatini oshirish hamda yangi mahsulotlar yaratish bo‘yicha tadqiqotlar amalga oshiriladi. Bitiruvchilar ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarida ilmiy izlanishlar olib borishlari mumkin.
Mazkur ta’lim dasturida siz 6 semestir(3 yil) davomida jami:
136 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.
Jami auditoriya soati: 1632 soat
Malkaviy amaliyot: 660 soat
Davlat attestatsiyasi: 150 soatni tashkil etadi.
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
81 |
1 – 6 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi |
|
Malakaviy amaliyot |
16 |
2,4,6 |
|
|
Attestatsiya |
16 |
1 – 6 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
5 |
6 |
|
|
Ta’tillar |
28 |
1 – 6 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
36 |
1,3,5 |
|
|
GPA ko’rsatgichini hisoblash |
3 |
2, 4, 6 |
|
|
Jami |
185 |
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
相似专业
塔什干国立农业大学
植物保护与检疫
12 400 000 so'm
每年 · ≈ $1,052
塔什干国立农业大学
植物保护与检疫
12 400 000 so'm
每年 · ≈ $1,052
布哈拉國立技術大學
Gidrologiya
14 400 012 so'm
每年 · ≈ $1,221
布哈拉國立技術大學
给水工程系统
14 400 000 so'm
每年 · ≈ $1,221
特尔梅兹国家工程与农业技术大学
农学
8 623 000 so'm
每年 · ≈ $731
纳曼干国立技术大学
农产品储存与加工技术(按产品类型)
13 000 000 so'm
每年 · ≈ $1,103