专业介绍
TARJIMA NAZARIYASI VA AMALIYOTI FAKULTETI
Fakultet O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4797-son Farmoni asosida tashkil etilgan.
Fakultetga tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili, tarjima nazariyasi va amaliyoti: rus tili, tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili, tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili kabi ta’lim yo‘nalishlari, sinxron tarjima (ingliz tili), badiiy tarjima (ingliz tili), ilmiy-texnik tarjima (ingliz tili), qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili) mutaxassisliklarida mutaxassislar tayyorlaydi.
Ushbu mutaxassislar ilmiy, badiiy va boshqa sohalardagi adabiyotlarni o‘zbek tilidan ingliz va boshqa xorijiy tillarga, shuningdek, jahon tillaridan ona tilimizga yuksak sifat va mahorat bilan tarjima qilish, xalqaro anjuman va forumlarda sinxron, vizual, ketma-ket tarjima qiladigan tarjimonlar tayyorlash, o‘zbek tili va dunyodagi yetakchi xorijiy tillar asosida tarjima dasturlari va lug‘atlar, elektron darsliklar yaratish bilan bog‘liq ilmiy-metodik ishlanmalar, amaliy tavsiyalar tayyorlash va bu borada erishilgan natijalarni amaliyotga keng tatbiq etish borasida izlanishlar olib boradi.
Fakultet dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlaridagi 40 ga yaqin universitetlari, xususan, Qozog‘istonning Shakarim universiteti, London Metropoliten universiteti, Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti, Vengriyaning Etvos universiteti, Norvegiyaning Bergen universiteti, Berlinning Gumboldt universiteti, Parij universiteti va boshqalar bilan hamkorlik o‘rnatgan. Mazkur hamkorlik asosida 4 ta yirik xalqaro loyihalar amalga oshirilayotganini alohida qayd etish lozim. Xususan, Erasmus+ programmasida (2021-2027), shuningdek, Vengriyaning Etvos universiteti bilan hamkorlikda Erasmus + KA107 2020-2024 yillar uchun Erasmus International + Credit Mobility Programme (Erasmus Xalqaro almashinuv dasturi)ga taqdim etilgan "Alisher Navoiy asarlarining dunyo tillariga tarjima qilinishi va ularning xorijda o'qitilishi" nomli loyihada ishtirok etmoqda. Qolaversa, “Stand against drugs”, “Pathway of Empowerment Gender based violence” singari yirik xalqaro loyihalar fakultet jamoasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
相似专业
Innovatsion texnologiyalar universiteti
历史
14 400 000 so'm
每年 · ≈ $1,221
Samarkand Institute of Economics and Service
Taxes and taxation
16 000 000 so'm
每年 · ≈ $1,357
塔什干经济与教育大学
O‘zbek tili va adabiyoti
14 000 000 so'm
每年 · ≈ $1,187
Namangan State Institute of Foreign Languages named after Iskhokhon Ibrat
语言文学与语言教学(法语)
10 462 000 so'm
每年 · ≈ $887
塔什干完美大学
语言学与语言教学:德语
24 000 000 so'm
每年 · ≈ $2,035
俄罗斯国立赫尔岑师范大学塔什干分校 (Èluósī guólì hè'ěrcén shīfàn dàxué tǎshígàn fēnxiào)
44.03.01 教师教育。外语
24 000 000 so'm
每年 · ≈ $2,035