WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Diplomatic Academy under the University of World Economy and Diplomacy

Diplomatic and consular service

Master's Full-time 1 year

About the programme

70310202 – “Diplomatik va konsullik xizmati” magistratura mutaxassisligi diplomatik va konsullik xizmati, tashqi siyosati hamda xalqaro munosabatlar sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan.

Mutaxassislik doirasida zamonaviy jahon siyosati, siyosiy tahlil va prognozlash, tashqi siyosat, zamonaviy diplomatik va konsullik xizmati, diplomatik va konsullik huquqi, raqamli diplomatiya,  bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar shakllantiriladi.

Magistrlar xalqaro munosabatlarda yuz berayotgan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnologik, harbiy-siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-gumanitar va madaniy jarayonlarni tahlil qilish, shuningdek, mintaqaviy va milliy xavfsizlik masalalarini o‘rganish bo‘yicha kompetensiyalarga ega bo‘ladilar.

Ta’lim jarayonida talabalar  tashqi siyosat, diplomatiyas va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida amaliy va ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish, xalqaro jarayonlarni tahlil qilish, diplomatik muzokaralarda ishtirok etish hamda zamonaviy diplomatik vositalardan, jumladan, raqamli diplomatiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini egallaydilar.

Mutaxassislik bo‘yicha magistrlarning kasbiy faoliyat mazmuni fan va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, xalqaro munosabatlar sohasidagi yangi tendensiyalar hamda kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlari asosida takomillashtirilishi va yangilanib borishi mumkin.

Similar programmes