Termiz shahri
Surxondaryo viloyati
182,801
Aholi
6
Universitetlar
4
Muzeylar
5
Kutubxonalar
1
Aeroportlar
1
Temir yo'l vokzallari
O'zbekistonning eng Janubiy shahrida ko'plab noyob yodgorliklar va qiziqarli joylar saqlanib qolgan. Termiz shahrida, albatta, tashrif buyuring:
Arxeologik topilmalar, arab va yunon manbalarida keltirilgan ma'lumotlar Termizning Sharqdagi qad. shaharlardan biri ekanligidan dalolat beradi. Shaharning qulay geografik o'rni, strategik ahamiyatga molik joyda bo'lganligi, sharqni g'arb, jan.ni shimol bilan bog'lovchi savdo chorrahasida barpo etilishi, uning tez sur'atlar bilan rivojlanishiga zamin yaratgan. Buyuk ipak yo'lining muhim bir tarmog'i ham Termiz orqali o'tgan.
Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining shakllanishida Termizning o'ziga xos o'rni bor. Ko'xna Termizning qal'a qismida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalari va yozma manbalarning tahliliga ko'ra shaharga mil. av. 1ming yillikning o'rtalarida asos solingan. T. Sug'diyona, Xorazm, Marg'iyona va Parfiya davlatlari bilan madaniy va savdo aloqalarini o'rnatgan. Topilmalarga qaraganda shaharning Hindiston bilan madaniy va savdo aloqalari ham juda faol va uzviy bo'lgan.
Mil. av. 4-3-asrlarda 10 ga maydonni egallagan Termizning qad. qal'asi o'rnida aholi manzili bo'lgan. Hofizi Abruyning yozishicha, shahar nomi „Taramastxa“ (baqtriycha „narigi sohildagi manzil“) so'zidan olingan bo'lib, asrlar davomida turlicha atalib kelgan (mas., Antioxiya, Demetrias, Tarmid, Tarmiz, Tami, Tamo), 10-asrdan Termiz deb atala boshlagan.
Termiz mil. av. 3-2-asrlarga kelib Baqtriyaning eng rivojlangan, siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga aylandi. Ashyoviy dalillarga ko'ra bu davrlarda shaharda me'morlik va hunarmandchilikning bir qancha sohalari (kulolchilik, degrezlik va metallsozlik, shishasozlik), Salavkiylar, YunonBaqtriya shohlari tovarpul muomalasi Movarounnahrning boshqa shaharlariga qaraganda ancha oldin rivojlanganligidan dalolat beradi.
Termizda 6 ta OTM, akademik litsey, 2 ta musiqa maktabi, fizika-matematika fanlariga ixtisoslashgan maktab-internat bor. Shaharda 21 ta umumiy ta'lim maktablari va bir qancha bolalar bog'chalari faoliyat yuritadi.
O'quvchilar saroyi, bolalar va o'smirlar sport maktabi faoliyat ko'rsatadi. Viloyat o'lkashunoslik muzeyi, Hakim at Termiziy me'moriy majmuasidagi „Meros“ tarmoq muzeyi bor. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning loyihasi va tashabbusi bilan Termizning 2500-yilligini aks ettiruvchi Surxondaryo arxeologiya muzeyi bunyod etildi; viloyat musiqali drama, qo'g'irchoq teatrlari ishlab turibdi. 4 shahar kutubxonasi hamda 2 tarmoq kutubxonasi mavjud. Hayvonot bog'i bor.
Universitetlar
Termiz davlat pedagogika instituti
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
Termiz davlat universiteti