Dastur haqida
Nomi: Biologiya
Tavsif: Biologiya ta’lim yo‘nalishi - fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, mazkur yo‘nalish bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, tabiatni muhofaza qilish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda, o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va tasarrufidagi tashkilotlarda, qishloq va suv ho‘jaligi vazirligi tizimidagi idoralarda, sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi laboratoriyalarda, ishlab chiqarish korxonalarida, davlat boshqaruvi organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalar bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasi bo‘yicha faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘ladi.
Ushbu ta’lim dasturi orqali siz 4 yil davomida eng yangi va zarur bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirasiz. Pedagogik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-boshqaruv, ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yuritishda “biologiya” yo‘nalishi bo‘yicha bilim, malaka, nazariv va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.
Siz Biz bilan ta’lim oling va albatta ko’zlagan maqsadingizga erishing.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir (4 yil) davomida jami:
240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan
Jami auditoriya soati: 6120 soat
Malkaviy amaliyot: 630 soat
Bitiruv malakaviy ishi: 450 soatni tashkil etadi.
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
105 |
1 – 7 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish |
|
Malakaviy amaliyot |
16 |
2,4,6,8 |
|
|
Attestatsiya |
21 |
1 – 7 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
10 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
42 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
7 |
1 – 7 |
|
|
GPA ko’rsatkichini hisoblash |
3 |
2,4,6 |
|
|
Jami |
204 |
|
|
Qo‘shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
O'xshash dasturlar
Milliy Texnologik Tadqiqotlar Universiteti “MISIS”ning Olmaliq filiali
Metallurgiya muhandisligi
18 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,529
Yangi Oʻzbekiston universiteti
Kimyo va materiallar muhandisligi
62 706 020 so'm
yiliga · ≈ $5,326
Toshkent davlat agrar universiteti
Biologiya
11 710 000 so'm
yiliga · ≈ $995
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Fizika
17 834 925 so'm
yiliga · ≈ $1,515
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Geologiya
17 834 925 so'm
yiliga · ≈ $1,515
Guliston davlat universiteti
Biologiya
33 717 740 so'm
yiliga · ≈ $2,864