WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Savol-javob

Ko'p beriladigan savollarga javoblar.

O‘zbekistonda ta’lim olish talabalarga xalqaro standartlarga mos sifatli ta’lim, zamonaviy o‘quv dasturlari va malakali professor-o‘qituvchilar bilan ishlash imkoniyatini yaratadi. Mamlakatda o‘qish va yashash xarajatlari ko‘plab davlatlarga nisbatan arzon bo‘lib, xavfsiz va mehmondo‘st muhit taqdim etiladi. Shuningdek, talabalar boy tarixiy-madaniy merosga ega mamlakatda tahsil olib, xalqaro diplom va yangi kasbiy imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.
Ha. Oʻzbekistondagi koʻplab universitetlarda bakalavriat va magistratura bosqichlarida ingliz tilida oʻqitiladigan taʼlim dasturlari mavjud. Ayniqsa, xalqaro va xorijiy universitetlar filiallari, shuningdek qator davlat universitetlari ingliz tilidagi dasturlarni taklif etadi. Bu esa xorijiy talabalar uchun xalqaro standartlarga mos taʼlim olish imkoniyatini yaratadi.
Oʻzbekistonda yashash xarajatlari ko‘plab davlatlarga nisbatan ancha arzon bo‘lib, talabalar turar joy, oziq-ovqat va transport xizmatlaridan maqbul narxlarda foydalanishlari mumkin. Siz O'zbekistondagi hududlardagi yashash xarajatlarini o'zingizni sarf xarajatingizdan kelib chiqib o'rtacha qiymat chiqarishingiz mumkin. Buning uchun siz platformadagi yashash xarajatlarini hisoblash kalyulyatoridan foydalanishingiz mumkin. Kalkulyator xizmati havolasi
O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz va barqaror davlatlardan biri bo‘lib, xalqaro talabalar uchun qulay yashash va ta’lim muhitini taqdim etadi. Mamlakatda jamoat xavfsizligi yuqori darajada ta’minlangan, shuningdek, xorijiy talabalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha turli xizmatlar mavjud. Mehmondo‘st muhit va do‘stona jamiyat xorijiy talabalarning tez moslashishiga yordam beradi.
19. STD. Talabalar kirish vizasi (oliy ta’lim muassasalararo almashish asosida — vaqtincha ta’lim olish davriga) O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatda (oliy ta’lim muassasalararo almashishga binoan yoki oliy ta’lim muassasalararo o‘zaro aloqalar doirasida vaqtincha asosda) ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi. 20. А-1. O‘quv kirish vizasi (doimiy asosda — ta’lim davriga) O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi.
Xorijiy fuqarolarni O'zbekistondagi oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga kirishi uchun ular dastlab platformasi orqali ro'yxatdan o'tishadi. Keyingi qadamda universitet tomonidan hujjatlar ko'rib chiqiladi va suxbatga taklif etiladi. Suxbatdan muvaffaqiyatli o'tkan xorijiy fuqarolar O'zbekistondagi oliy ta'lim tashkilotiga o'qishga kirishga tavsiya etiladi.
Xorijiy fuqarolarni O'zbekistondagi oliy ta'lim tashkilotlariga magistraturaga o'qishga kirishi uchun ular dastlabplatformasi orqali ro'yxatdan o'tishadi. Keyingi qadamda universitet tomonidan hujjatlar ko'rib chiqiladi va suxbatga taklif etiladi. Suxbatdan muvaffaqiyatli o'tkan xorijiy fuqarolar O'zbekistondagi oliy ta'lim tashkilotiga o'qishga kirishga tavsiya etiladi.
Xorijiy fuqorolarni O’zbekistondagi oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish platformasi orqali amalga oshiriladi. Bunda xorijiy fuqaro platformadan ro’yxatdan o’tib, ta’lim dasturi va universitet tanlaydi hamda ariza yuboradi.
Platformasi tashrif buyurgan holda ro'yxatdan o'tish “sahifasiga” o'tasiz. Ro'yxatdan o'tishda siz o'zingizni haqiqiy fotosuratingizni, familiya, ism, jins, tug'ilgan sana, fuqarolik, pasport elektron shakli, o'zingizga tegishli bo'lgan elektron manzil va telefon raqam, Hozirdagi ta'lim darajangizni tanlaysiz(misol uchun maktab bitiruvchisi, kollej bitiruvchisi, bakalavr yoki magistr), ta'lim muassasi nomi, ushbu ta'lim muassasasi joylashgan davlat, o'qishga kirgan yili, tamomlagan yili, Tugatgan ta'lim muassasasi hujjati tasdiqlangan shakli, Tilni bilish darajasi va sertifikati(agar mavjud bo'lsa), Motivatsiya xatingizni kiriting, parol o'ylab toping va uni qayta kiriting foydalanish shartlarini qabul qiling va yakunda ro'yxatdan o'tishni yakunlang. Keyigi qadamda email manzilingizni hisoni tasdiqlash kodi keladi, kodni kiritgan holda hisobni aktivlashtirasiz, Endi siz O'zbekistondagi barcha oliy ta'lim tshkilotlariga hujjat topshirishingiz mumkin.