Dastur haqida
Umumiy tavsif
70610301 – Kompyuter injiniringi yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar kunduzgi ta’lim shaklida tayyorlanadi. Barcha ta’lim shakllarida o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi.
Magistraturaning kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishning me’yoriy muddati — 2 yil.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda yangilash, shuningdek o‘quv jarayonini samarali tashkil etish oliy ta’lim muassasasining rahbariyati — rektor, prorektorlar, o‘quv bo‘limi boshlig‘i, dekanlar va kafedra mudirlari hamda malaka talablariga javob beradigan bitiruvchilarni tayyorlashni ta’minlovchi professor-o‘qituvchilar tarkibi zimmasiga yuklatiladi.
Umumiy talablar
Magistraturaga qabul tegishli ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega bo‘lgan, shuningdek Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarini tamomlagan shaxslar orasida tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ingliz tili bo‘yicha talablar
Xalqaro miqyosda tan olingan chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat talab etiladi: TOEFL bo‘yicha kamida 72 ball, IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF — TDN3 darajasi yoki CEFR bo‘yicha B2 darajasi. Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan berilgan B2 yoki C1 darajasidagi sertifikat ham qabul qilinadi.
Chet tilini bilish bo‘yicha sertifikat taqdim etmagan abituriyentlar chet tili fanidan imtihon topshiradilar. Minimal ijobiy ball — 60 balldan 100 ballgacha. Bunday holatda o‘qishga qabul qilingan talaba magistraturaning birinchi o‘quv yili yakuniga qadar chet tilini bilish bo‘yicha tegishli sertifikatni taqdim etishi shart.
O'xshash dasturlar
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Dasturiy injiniring
32 512 040 so'm
yiliga · ≈ $2,762
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Kiberxavfsizlik ixtisosligi bo'yicha Kompyuter fanlari muhandisligi
32 512 040 so'm
yiliga · ≈ $2,762
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Sun'iy intelekt
32 512 040 so'm
yiliga · ≈ $2,762
Jizzax shahridagi Qozon federal universitetining filiali
Axborot tizimlari va texnologiyalari
21 607 000 so'm
yiliga · ≈ $1,835
Yangi Oʻzbekiston universiteti
Sun’iy intellekt va mashinali o‘qitish
78 382 525 so'm
yiliga · ≈ $6,658
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Sun'iy intelekt
20 212 915 so'm
yiliga · ≈ $1,717