Dastur haqida
60720100-Oziq-ovqat texnologiyasi ta’lim yo’nalishi ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi zarur. O‘qish muddati 4 yil bo‘lib, talaba dastur yakunlangan kunga qadar 240 kredit to’plashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan –40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.
60720100-Oziq-ovqat texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi–umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, fan va ishlab chiqarish, korxona va tashkilotlar, davlat boshqaruvi organlari, bojxona xizmati laboratoriyalari, davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
O'xshash dasturlar
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Konchilik ishi
8 838 000 so'm
yiliga · ≈ $751
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi
8 838 000 so'm
yiliga · ≈ $751
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Materialshunoslik
9 469 000 so'm
yiliga · ≈ $804
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik
10 049 550 so'm
yiliga · ≈ $854
Andijon davlat texnika instituti
Mexatronika va robototexnika
7 400 000 so'm
yiliga · ≈ $629
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
15 252 000 so'm
yiliga · ≈ $1,296