Dastur haqida
60111800-Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili ta'lim yo'nalishi boʻyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:
- umumiy oʻrta ta'lim maktab o'qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy oʻrta taʼlimda nemis tili fani oʻqituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
- oʻrta maxsus va professional ta'limda nemis fani o'qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
-tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shugʻullanish;
-umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta'lim muassasasini boshqarish;
- umumiy o'rta ta'lim maktabi, professional ta'lim muassasalari, oliy ta'lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.
1.2.2. 60111800-Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili ta'lim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob'ektlari:
- umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional ta'lim muassasalarida; -Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
- davlat boshqaruv organlari, oʻrta, oʻrta maxsus kasbiy ta'limning davlat va nodavlat muassasalarida;
60111800-Xorijiy til va adabiyoti (Nemis tili) ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavriat bitiruvchilari oʻqishni tamomlagandan so'ng, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional ta'lim muassasalarida, ta'limiy-madaniy xizmat ko'rsatuvchi xususiy madaniy markazlari va nodavlat xalqaro tashkilotlarda maslahatchi, menedjer, gid-tarjimon, ekskursovod, koʻrgazma tashkilotchisi, jurnalist, publitsist sifatida faoliyat olib borishi hamda maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida nemis tili fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish huquqiga ega boʻladi.
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga · ≈ $5,346
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim
18 959 766 so'm
yiliga · ≈ $1,610
Termiz davlat pedagogika instituti
O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili
14 542 740 so'm
yiliga · ≈ $1,235
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
10 792 920 so'm
yiliga · ≈ $917
Buxoro davlat pedagogika instituti
Biologiya
12 627 170 so'm
yiliga · ≈ $1,073