Dastur haqida
61010400 - Logistika
Bilim sohasi: Xizmatlar
Ta’lim sohasi: Xizmat koʻrsatish sohasi
Ta’lim yo‘nalishi: Logistika
ECTS kreditlari: 240
Qisqacha tavsif:
Dasturning maqsadi – logistika sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, biznesning turli sohalarida moddiy, moliyaviy, axborot va servis oqimlari hamda resurslarni boshqarish va optimallashtirishni amalga oshira oladigan, logistika sohasida samarali qarorlarni qabul qila oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. Bitiruvchilar turli mulk shakllariga tegishli korxona va kompaniyalarning moddiy ishlab chiqarish, tovar aylanmasi va xizmat ko‘rsatish sohasida logistika tizimlari faoliyatini tashkil etish, tahlil qilish va takomillashtirish qobiliyatiga ega bo‘ladilar.
Amaliyot: Talabalar 4-kursning 8-semestrida 15 hafta davomida (30 kredit) mahalliy davlat va xususiy sektor korxonalari, kompaniya va tashkilotlarida amaliyotni o‘taydi.
Karyera istiqbollari:
Bitiruvchilar turli mulk shaklidagi iqtisodiyot tarmoq va sohalaridagi biznes subyektlarining logistika faoliyatini tashkil etish va boshqarish, ishlab chiqarish, transport, ombor xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritishlari mumkin. Dastur magistratura (MSc) va keyinchalik doktorantura (PhD) bosqichlarida o‘qishni davom ettirish uchun zarur nazariy asosni beradi.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,189
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,189
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga · ≈ $5,346
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga · ≈ $3,398
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Buxgalteriya hisobi
16 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,359
Buxoro innovatsiyalar universiteti
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
16 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,359