Farg‘ona davlat universiteti
Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
Dastur haqida
| 70540101 ─ Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlovchi kunduzgi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining meyoriy muddati 2 yil. 70540101 ─ Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi ─ “Tabiiy fanlar, matematika va statistika” sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, oliy malaka oshirish va qayta tayyorlash, o‘rta maxsus, kasb ─ hunar ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oidfanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy ─ tadqiqot institutlarida ilmiy ─ tadqiqot markazlarida, ilmiy ─ ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, matematik metodlar va kompyuter texnologiyalaridan foydalanadigan sohalarda ilmiy ─ tadqiqot faoliyati; jarayonlar va obyektlarning matematik modellaridan foydalanib turli masalalarni yechish va ularning dasturiy ta’minoti; tabiatshunoslik, texnika, iqtisod va boshqarish masalalarini yechishning effektiv matematik metodlarini yaratish; tadqiqotlar olib borish, proyekt ─ konstruktorlik faoliyatini dasturiy ─ axborot ta’minotini ta’minlash sohalarini qamrab oladi. 70540101 ─ Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining obyektlari: ─ matematik tushunchalar, gipotezalar, teoremalar, metodlar; ─ fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy ─ tekshirish institutlari hamda oliy o‘quv yurtlarining ilmiy ─ tadqiqot bo‘limlari faoliyati; ─ mos kasb ─ hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat; ─ fundamental va tadbiqiy matematika va tabiiy fanlar mazmunini tashkil etuvchi matematik modellar. 70540101 ─ Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining turlari Ilmiy ─ tadqiqot faoliyati; Tashkiliy ─ boshqaruv faoliyati; Pedagogik faoliyat; Turli xizmatlar ko‘rsatish kabilarni o‘z ichiga oladi. |
O'xshash dasturlar
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
19 023 920 so'm
yiliga · ≈ $1,616
Qarshi davlat universiteti
Matematika (fan yo'nalishlari bo'yicha)
16 800 000 so'm
yiliga · ≈ $1,427
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
19 023 920 so'm
yiliga · ≈ $1,616
Yangi Oʻzbekiston universiteti
Moliyaviy matematika
265 294 470 so'm
yiliga · ≈ $22,534
Yangi Oʻzbekiston universiteti
Hisoblash ma’lumotlari fani
39 191 262 so'm
yiliga · ≈ $3,329
Yangi Oʻzbekiston universiteti
Hisoblash fizikasi
26 529 470 so'm
yiliga · ≈ $2,253