Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Mexatronika va robototexnika
Dastur haqida
60711500 – Mexatronika va robototexnika ta’lim yo‘nalishi – “Muhandislik ishi” ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u zamonaviy mikroelektronika, elektrotexnika, programma ta’minot va kompyuter texnikalarini aniq mexanika fanlari bilan birlashtirilgan fan sohasidan iborat bo‘lib u sifat jihatdan yangi injenerlik modullarini, intellektual boshqariladigan va tegishli murakkab funksiyalarni bajara oladigan mashinalar sistemasini ishlab chiqish va loyihalash kabi vazifalarni ta’minlaydi. Robototexnika esa o‘z navbatida fan va texnikaning bir bo‘limi bo‘lib, u murakkab texnologik jarayonlar va operatsiyalarni kompyuterlashtirish uchun yo‘naltirilgan robotlar va robotexnik sistemalarni loyihalash, yaratish va ishlab chiqishga yo‘naltirilgan kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi. Ular sanoatning barcha tarmoqlari hamda qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarish tarmoqlarida joriy etilayotgan zamonaviy mexatron va robototexnik kompyuterlashtirilgan sistemalarni joriy etish, mikro va makro o‘lchamlarga ega bo‘lgan turli ish jarayonlarini bajaruvchi mashinalar hamda agregatlarni boshqarish, ishlab chiqarish korxonalarda og‘ir va xavfli ish jarayonlarini boshqarish uchun mexatron va robototexnik sistemalarni loyihalash, meva –sabzovatlar hosilini yig‘ishtirish, qayta ishlash sanoatida sortlarga ajratish va qadoqlash jarayonlarida barcha vazifalarni bajarish hamda o‘rganish uchun yo‘naltirilgan kompleks masalalar bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
O'xshash dasturlar
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Gidrotexnika qurilishi (turlari bo‘yicha)
18 980 000 so'm
yiliga · ≈ $1,612
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (qurilish)
18 980 000 so'm
yiliga · ≈ $1,612
Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish
12 600 000 so'm
yiliga · ≈ $1,070
Guliston davlat universiteti
Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik
7 400 000 so'm
yiliga · ≈ $629
Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Suv xo‘jaligi va melioratsiya
12 600 000 so'm
yiliga · ≈ $1,070
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Dasturiy injiniring
18 980 000 so'm
yiliga · ≈ $1,612