Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili
Dastur haqida
FILOLOGIYA FAKULTETI
60230100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (oʻzbek tili)
Bu yo‘nalishda tahsil olganlar oʻzbek tili va adabiyotini mukammal o‘rganadi. Qo‘shimcha tarzda ingliz, nemis yoki fransuz tillaridan birini tanlov asosida o‘rganishlari mumkin.
|
Kredit |
Jami soat |
Auditoriya soati |
Kurs ishi |
Malakaviy amaliyot |
Mustaqil ta’lim |
||||
|
Jami |
Ma’ruza |
amaliy |
Laboratoriya |
seminar |
|||||
|
240 |
7200 |
2670 |
1136 |
974 |
0 |
560 |
|
480 |
4050 |
1-bosqichda - Axborot texnologiyalari, Davlat tilida ish yuritish, Tilshunoslik nazariyasi, Sharq (arab, fors) tillari, Oʻzbek folklori, Adabiyot nazariyasi, O‘zbekistonning eng yangi tarixi. Samarqand tamadduni tarixi, Falsafa, Jahon adabiyoti, Hozirgi adabiy jarayon, Dinshunoslik fanlari o‘tiladi va Oʻzbek folklori fanidan malakaviy dala amaliyotini oʻtaydilar.
2-bosqichdan boshlab talabalar oʻzlari qiziqqan kafedra fanlarini tanlaydilar.
2,3,4-bosqichda Hozirgi oʻzbek adabiy tili, Oʻzbek adabiyoti tarixi, Kompyuter lingvistikasi, Oʻzbek dialektologiyasi, Navoiyshunoslik, Umumiy pedagogika. Umumiy psixologiya, Oʻzbek tili tarixi, Yangi oʻzbek adabiyoti, Oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish metodikasi, Qiyosiy adabiyotshunoslik, Oʻzbek tilshunosligi tarixi fanlari oʻtiladi va uchinchi semestrdan boshlab har semestrda tanlov fanlarini oʻqiydilar, shunigdek, har kursning soʻgida malakaviy amaliyotga jalb qilinadi.
4 yillik o‘qish (bakalavr)ni muvaffaqiyatli bitirgandan so‘ng filolog-pedagog maqomi beriladi.
1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
GPA ko‘rsatkichi har yili avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.
O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 % gacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.
O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta'lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta'minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta'lim soatlari hisobidan I kredit asosida bajariladi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestr |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
105 |
1-7 |
|
Attestatsiyalar |
21 |
1-7 |
|
Fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish |
4 |
1,3,5,7 |
|
Amaliyot |
25 |
2,4,6,8 |
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
4 |
8 |
|
Ta’til haftalari |
42 |
1-8 |
|
GPA ko‘rsatkichini hisoblash |
3 |
2,4,6 |
|
Jami |
204 |
|
TA’TIL VAQTI:
- 1-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 2-haftasiga qadar;
- iyun oyining 4-haftasidan sentabr oyigacha.
- 2-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 2-haftasiga qadar;
- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha.
- 3-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 2-haftasiga qadar;
- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha
- 4-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 2-haftasiga qadar;
- iyun oyining 3-haftasidan.
FANLAR
- Axborot texnologiyalari;
- Davlat tilida ish yuritish;
- Tilshunoslik nazariyasi;
- Sharq (arab, fors) tillari;
- Oʻzbek folklori;
- Adabiyot nazariyasi;
- O‘zbekistonning eng yangi tarixi. Samarqand tamadduni tarixi;
- Falsafa;
- Jahon adabiyoti;
- Hozirgi adabiy jarayon;
- Dinshunoslik;
- Hozirgi oʻzbek adabiy tili;
- Oʻzbek adabiyoti tarixi;
- Kompyuter lingvistikasi;
- Oʻzbek dialektologiyasi;
- Navoiyshunoslik;
- Umumiy pedagogika. Umumiy psixologiya;
- Oʻzbek tili tarixi;
- Yangi oʻzbek adabiyoti;
- Oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish metodikasi;
- Qiyosiy adabiyotshunoslik;
22.Oʻzbek tilshunosligi tarixi.
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga · ≈ $5,346
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim
18 959 766 so'm
yiliga · ≈ $1,610
Termiz davlat pedagogika instituti
O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili
14 542 740 so'm
yiliga · ≈ $1,235
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
10 792 920 so'm
yiliga · ≈ $917
Buxoro davlat pedagogika instituti
Biologiya
12 627 170 so'm
yiliga · ≈ $1,073