Dastur haqida
Dasturiy ta'minot muhandisligi — bu zamonaviy axborot texnologiyalari doirasidagi muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, ushbu mutaxassislik bitiruvchilari axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish, texnik xizmat ko‘rsatish va yangilash bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar. Mazkur mutaxassislik bo‘yicha tahsil olgan bitiruvchilar turli xil sohalarda — IT-infratuzilma, ma’lumotlar bazalari boshqaruvi, axborot xavfsizligi, veb-ilovalar ishlab chiqish va raqamli tizimlar arxitekturasini loyihalash kabi yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritishlari mumkin. Bitiruvchilar dasturlash tillarida ishlash, ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish, mustaqil hamda jamoada ishlash, belgilangan muddatgacha sifatli natijaga erishish, mantiqiy va tizimli fikrlash, funksional va foydalanuvchiga yo‘naltirilgan ilovalarni yaratish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Mazkur yo‘nalish dasturiy injiniring, kiberxavfsizlik, multimedia texnologiyalari, sun’iy intellekt, mobil va veb-ilovalar ishlab chiqish kabi raqobatbardosh sohalarda faoliyat yuritish uchun zarur kompetensiyalarni shakllantiradi. Mutaxassislar quyidagi lavozimlarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar: ilovalar ishlab chiquvchisi, kiberxavfsizlik bo‘yicha tahlilchi, o‘yinlar dasturchisi, axborot tizimlari menejeri, IT maslahatchisi, veb-dizayner va veb-dasturchi, multimedia dasturchisi, dasturiy ta'minot muhandisi.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Texnologik mashinalar va jihozlar
13 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,104
Al-Xorazmiy universiteti
Axborot xavfsizligi
50 000 000 so'm
yiliga · ≈ $4,247
DIGITAL UNIVERSITY
Ma'lumot ilmi
18 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,529
Toshkent shahridagi “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi Filiali
Dasturlash va axborot texnologiyalar
—
Yangi asr universiteti
Dasturiy ta’minot
18 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,529
Yangi asr universiteti
Dasturiy ta’minot
20 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,699