Dastur haqida
| 60811900 ─ Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil. 60811900 ─ Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik ta’lim yo‘nalishi ─ Qishloq xo‘jaligi ta’lim sohasiga oid yo‘nalishi bo‘lib, yer, suv, energetik va moddiy ─ texnika resurslaridan samarali foydalanishni oshirish maqsadida sabzavot, poliz va kartoshka mahsulotlarini mavsumda ishlab chiqarish va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish; ─ mahsulotlar hosildorligi va sifatini oshirish, kasbiy faoliyatida texnik vositalardan oqilona foydalanish usul va uslublari majmuasini o‘z ichiga oladi. 60811900 ─ Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari: ─ yer, suv, energetik va moddiy ─ texnika resurslari, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari, qo‘shimcha kimyoviy va biologik vositalar; ─ texnik asbob ─ uskunalari; ─ qishloq xo‘jalik tizimidagi ishlab chiqarish jarayonlari; ─ sabzavotchilik xo‘jaliklarida qo‘llaniladigan yetishtirish texnologiyasi va ishlab chiqarish jarayonlari; ─ ilmiy tadqiqot jarayonlari; ─ sabzavotchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarining boshqaruv tizimlari; ─ kasallik va zararkunandalar bilan zararlangan issiqxona xo‘jaligi ekinlari. |
O'xshash dasturlar
Buxoro davlat texnika universiteti
Gidrologiya
14 400 012 so'm
yiliga · ≈ $1,223
Buxoro davlat texnika universiteti
Suv ta'minoti muhandislik tizimlari
14 400 000 so'm
yiliga · ≈ $1,223
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi.
15 252 000 so'm
yiliga · ≈ $1,296
Qarshi davlat universiteti
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik
14 400 000 so'm
yiliga · ≈ $1,223
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Veterinariya meditsinasi
7 400 000 so'm
yiliga · ≈ $629
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish
7 400 000 so'm
yiliga · ≈ $629