WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
9 Sentabr 2026 16 ko'rishlar

Katta orzular sari qadam

Bugun Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida “Katta orzular sari yo’l” deb nomlangan bitiruvchi talabalarga tantanali diplom topshirish bo‘lib o‘tdi.

Bugun Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida “Katta orzular sari yo’l” deb nomlangan bitiruvchi talabalarga tantanali diplom topshirish bo‘lib o‘tdi.

🎓 Unda bakalavriat va magistraturada tahsil olgan 430 nafar bitiruvchi talabarga faxriy mehmonlar tomonidan mutaxassislik diplomlari tantanali ravishda topshirildi.

“Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod etaylik” shiori ostida tashkil
etilgan mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlandi.

Unda Belarus Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aleksandr Sergeevich Ogorodnikov, Islom Karimov nomidagi TDTU rektori, akademik Sadritdin Turabjanov, Oliy Majlis palatasi deputatlari, Qibray tumani hokimligi vakillari hamda institut professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.

Ayniqsa, taniqli davlat va jamoat arbobi, ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo’shgan yirik olim, “ O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiyi, akademik Salimov Oqil Umrzoqovichning tadbirga tashrifi tadbir ishtirokchilari va bitiruvchilarning ilmga bo’lgan intilishi, shijoatini yanada oshirib, tadbirga fayz bag’ishladi.

Boshqa yangiliklar