Dastur haqida
“Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi 1929-yilda tashkil etilgan. Kafedra 1929-1940 yillarada “Qurilish san’ati”, 1947-1992 yillarda “Sanoat va fuqoro binolari arxitekturasi” deb yuritiligan. 1992-2020 yillardan boshlab esa "Bino va inshootlar” 2020 yildan boshlab esa "Bino va inshootlarni loyihalash” kafedrasi deb nomlandi.2023 -2024 yillar “Qurilish muhandisligi texnologiyasi” kafedrasi, 2024-yildan “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi deb nomlandi.
Kafedra tashkil etilgandan boshlab t.f.n. dotsent, L.E.Folkman, t.f.n. dotsent G.G. Martirosyans, arx.f.n. dotsent K.I.Abdurasulov, t.f.n. professor K.K.Kazakbaev, t.f.n. dos. F.N.Narzullaev, arx f.n.dos. I.S. Suxanov keyinchalik 1979 yildan t.f.d prof. X.N.Nuretdinov, dos. R.A.Kuchkarov, dos. R.X.Pirmatov, dos. S.Sayfid-dinov, 2016- yildan dos. U.T.Yusupov, 2017-2020-yillarda dos. S.M.Maxmudov, kafedra mudiri lavozimlarida ishlashgan, 2020-yildan PhD dos. Sh.X.Baymatov “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedra Jahonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari-Moskva Davlat qurilish universiteti, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat universiteti hamda Belorussiya Milliy texnika universitetlari professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda o‘quv va ilmiy tadqiqod ishlarini olib bormoqda.
Hozirgi vaqtda kafedraning bosh ilmiy mavzusi “Zamonaviy bino va inshootlarni loyihalash, qurish, energiya samaradorligini oshirish hamda seysmik ustuvorligini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari” asosida 1 ta DSc doktorant va 20 ta PhD tayanch doktorantlar ilmiy ishlar olib olmoqdalar.
“Bino va inshootlar qurilishi” kafedra “Zamin va poydevorlar” MCHJ bilan xo’jalik shartnomasi tuzilgan va “Yangi zamon bino” MCHJ, “ToshuyjoyLITI” AJ, “Toshkentboshplanliti” DUK, “O’zog’irsanoatloyiha” AJ, “12- TREST”, “Tashgipragor” AJ loyiha institutlari bilan korparativ hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan.
O'xshash dasturlar
Andijon davlat texnika instituti
Qurilish muhandisligi
9 700 000 so'm
yiliga · ≈ $824
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Bino va inshootlar arxitekturasi
22 500 000 so'm
yiliga · ≈ $1,911
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Qurilish muhandisligi
22 500 000 so'm
yiliga · ≈ $1,911
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
Qurilish muhandisligi
9 700 000 so'm
yiliga · ≈ $824
Samarqand davlat texnika universiteti
Arxitektura tarixi va nazariyasi
15 600 000 so'm
yiliga · ≈ $1,325
Andijon davlat texnika instituti
Qurilish materiallari texnologiyalari
—