Dastur haqida
5061001 – B.Tech IT Axborot texnologiyalari muxandisligi bakalavriat ta’lim yo’nalishi – fan va texnika sohasidagi yo’nalishlar bo’lib, ishlab chiqarish tizimlarini loyihalash usullarini tadqiq qilish, kompyuter va kommunikatsion texnikaning ishlash tartibi va qoidalarini o’rganish, loyihalash jarayonlarini tahlil qilish, sintezlash va optimallash usullarini qo’llash, kompyuter va kommunikatsion texnikada kechadigan fizik jarayonlarni matematik modellarini ishlab chiqish, kompyuter tizimlarining samaradorligi va ishonchliligini baholash algoritmlarini va amaliy dasturlarini ishlab chiqish, apparat-dasturiy tizimlarni loyihalash va ishlab chiqish hamda integratsiyalash bilan bog’liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining ishlab chiqarish sohalarida informatika va axborot texnologiyalariga oid jarayonlar, axborot-kommunikatsiya tizimlariga tegishli dasturlar, ularning matematik, axborot va algoritmik-dasturiy ta’minoti, ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari, sanoat ishlab chiqarishida axborotni qayta ishlash, mikroprotsessorli tizimlarning dasturiy ta’minoti, dasturiy mahsulotlar va hisoblash texnikasini apparat vositalarini ishlab chiqishga joriy etish va foydalanishning samarali jarayonlari, axborot-boshqaruv tizimlari va texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalarini loyihalash, sozlash, ishlab chiqarish va amaliyotga tatbiq qilish jarayonlari kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug’ullanadi.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Texnologik mashinalar va jihozlar
13 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,104
Al-Xorazmiy universiteti
Axborot xavfsizligi
50 000 000 so'm
yiliga · ≈ $4,247
DIGITAL UNIVERSITY
Ma'lumot ilmi
18 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,529
Toshkent shahridagi “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi Filiali
Dasturlash va axborot texnologiyalar
—
Yangi asr universiteti
Dasturiy ta’minot
18 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,529
Yangi asr universiteti
Dasturiy ta’minot
20 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,699