WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Dastur haqida

60530400 – Geografiya

Tavsif:

Ushbu ta'lim dasturi orqali siz tabiiy-ilmiy fanlardan biri bo'lgan “Geografiya” yo'nalishi bo'yicha bilim va malakalarga ega bo'lasiz. “Geografiya” ta'lim yo'nalishi ilm-fan va tabiatshunoslik sohasidagi yo'nalish bo'lib, Yer haqidagi bilimlar bilan aloqador bo'lgan loyihalash, ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot, ma'muriy boshqaruv  va pedagogik ishlar majmuasini qamrab oladi.

Siz 4 yil davomida lokal, regional, milliy va global tabiiy, antropogen, tabiiy-xo'jalik, ekologik-iqtisodiy, ijtimoiy va ishlab-chiqarish sistemalari, barcha turdagi xo'jalik faoliyati, ekologik tarkibiy qismlarining boshqarilishi, nazorati, monitoring, ta'lim, maorif va aholi salomatligi, demografik jarayonlar, barcha darajadagi barqaror rivojlanish dasturlari, tabiatni muhofaza qilish muammolari bo'yicha kasbiy kompetensiyalarga ega bo'lasiz. Eng yangi va zarur bo'lgan fanlarni o'zlashtirasiz. Biz bilan ta'lim oling va albatta ko'zlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta'lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240 kredit to'plashingiz zarur bo'ladi. Jami o'quv yuklama 6120 soatni tashkil etadi. Jumladan:

Auditoriya soati: 2730 soat

Mustaqil ta'lim: 3390 soat

Malakaviy amaliyot: 630 soat

Ixtisoslik fanlardan davlat attestatsiyasi yoki bitiruv malakaviy ishi: 450 soat

 

O'quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestrlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta'lim

105

1 – 7

Davlat attestatsiyasi yoki bitiruv malakaviy ishini himoya qilish

Malakaviy amaliyot

21

2,4,6,8

Attestatsiya

14

1 – 7

Yakuniy davlat attestatsiyalari

3

8

Ta'tillar

54

1 – 8

Kredit ta'lim tizimiga kirish

4

1 – 8

GPA ko'rsatkichlarini hisoblash

3

2,4,6

Jami

204

 

 

Qo'shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi;
  • Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta'minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o'tkaziladi;
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.

O'xshash dasturlar